Published: 2025-10-04

YAPONIYADA BARQAROR TURIZM RIVOJLANISHIGA YASHIL RAQAMLASHTIRISHNING TA’SIRI

Ushbu maqolada Yaponiyada barqaror turizmni rivojlantirish jarayonida yashil raqamlashtirishning o‘rni va iqtisodiy ta’siri tahlil qilinadi. Mamlakatning demografik va ekologik muammolar fonida raqamli texnologiyalar orqali turizmni ekologik barqarorlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan strategiyalar, jumladan aqlli infratuzilmalar, raqamli yo‘nalish boshqaruvi, va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Yaponiya misolida yashil texnologiyalar orqali karbon izini kamaytirish, turistik hududlarda barqaror iste’mol madaniyatini shakllantirish va sayohatchilarning ekologik xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari baholanadi. Tahlil davomida global tajribalar bilan solishtirma yondashuv qo‘llaniladi va O‘zbekiston uchun ham mos strategik yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

OYBEK RUZIYEV, MAFTUNA SHOYDULOVA

6-15

2025-10-05

SHAXSNING HUQUQIY ONGINI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

 Ushbu maqolada yoshlarda huquqiy ongni rivojlantirish pedagogik-psixologik dolzarb muammosi sifatida talqin etilgan. Shuningdek bunda o‘quvchilarda huquqiy ongni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar (oila, jamiyat salomatligi va ta’lim muhiti) ham ilmiy jihatdan o‘rganilgan.

BEKZOD ISADJANOV

16-18

2025-10-05

YANGI O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TA’LIMNING RIVOJLANISHI (SAMARQAND VILOYATI MISOLIDA)

Ushbu ilmiy maqolada, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida mamlakatimizda raqamli ta’limni rivojlantirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari Samarqand viloyati misolida o‘rganilgan.

Xususan, 2017-yildan so‘ng mamlakatimizda raqamli ta’limni amalga oshirish borasida davlat rahbari va hukumat tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlar va ularning soha rivojidagi ahamiyati bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmonining qabul qilinishi natijasida ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida Samarqand viloyatida raqamli ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar tahlil etilgan.

SHERQO‘ZI ABDULLOYEV, UMID TADJIYEV

23-27

2025-10-05

MARKAZIY OSIYO TALABALARINING GERMANIYADA AKADEMIK MOBILLIK DASTURLARI ORQALI TIL O‘RGANISH JARAYONI: OTTO VON GUERICKE UNIVERSITETI MISOLIDA

Maqolada Markaziy Osiyo talabalarining Germaniyada akademik mobillik dasturlari orqali til o‘rganish jarayoni, xususan Otto von Guericke Universiteti misolida tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan talabalar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning nemis va ingliz tillarini egallashdagi tajribalari hamda duch kelgan qiyinchiliklari o‘rganilgan. Natijalar talabalar dastur davomida til ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshirishini, ammo dastlabki bosqichda til tayyorgarligi yetarli bo‘lmaganlarning ko‘proq qiyinchiliklarga duch kelishini ko‘rsatdi.

JAMSHID ERGASHOV

33-35

2025-10-05

DEEPFAKE TEXNOLOGIYALARI: IMKONIYATLAR VA XAVFLAR

Ushbu maqolada deepfake texnologiyalarining ta’lim, ilm-fan, kino, media, marketing va ijtimoiy sohalardagi qo‘llanish imkoniyatlari hamda ularning jamiyat uchun keltirishi mumkin bo‘lgan xavflari tahlil qilinadi. Shuningdek, dezinformatsiya, axloqiy va huquqiy muammolar hamda media savodxonlik zarurati yoritilgan. Maqola deepfake texnologiyasining ijobiy va salbiy jihatlarini muvozanatli tarzda ko‘rsatib, uni nazorat qilish va samarali foydalanish bo‘yicha xulosalar beradi.

MAFTUNA FAYZIYEVA

36-39

2025-10-05

THE LABOR MARKET READINESS SCALE: A FRAMEWORK FOR INTEGRATING PRE-PROFESSIONAL EXPERIENCE IN MARKETING EDUCATION

This study examines the Labor Market Readiness Scale (LMRS), a novel framework designed to quantify the integration of general work experience into marketing career development. Through mathematical validation and case analysis, we demonstrate how the LMRS bridges the theory-practice gap by providing a structured mechanism for valuing pre-professional experience.

FIRDAVS IBROKHIMOV ILKHOMOVICH

40-42

2025-10-05

KIBERJINOYATLARNING YOSHLAR HAYOTIGA TA’SIRI VA ULARNI OLDINI OLISH STRATEGIYALARI

Ushbu maqolada kiberjinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularning asosiy turlari hamda yoshlar hayotiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida kiberjinoyatlarning jamiyat taraqqiyotiga iqtisodiy, psixologik va ijtimoiy nuqtayi nazardan salbiy oqibatlari o‘rganildi. Shuningdek, kiberjinoyat qurboni bo‘lganda ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar, himoyalanish usullari va profilaktika tadbirlari haqida ma’lumot berilgan. Maqolada yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim tizimida axborot madaniyatini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Xulosa sifatida, kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurash faqat texnologik vositalar yordamida emas, balki ijtimoiy, huquqiy va tarbiyaviy yondashuvlarni ham o‘z ichiga olishi zarurligi ta’kidlangan.

AMINJON IMOMNAZAROV , MANUCHEHR BOBAKOV, NODIRBEK ABDULLAYEV

43-47

2025-10-05

BLOKCHEYN TEXNOLOGIYASI VA UNING SOLIQ INTIZOMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI

Raqamli iqtisodiyotning tez rivojlanishi, transchegaraviy tranzaksiyalar va kriptovalyutalarning kengayishi an’anaviy soliq nazoratini samaradorligini pasaytirmoqda, bu esa yashirin iqtisodiyotning o‘sishi va soliq tushumlarining kamayishiga olib keladi. Shu bois, blokcheyn texnologiyasini soliq ma’muriyatchiligiga joriy etish soliqdan bo‘yin tovlashni kamaytirish, shaffoflikni oshirish va soliqlarni real vaqt rejimida yig‘ish imkonini beradi. Maqolaning maqsadi – global raqamli iqtisodiyot sharoitida soliq intizomi va ma’muriyatchilikdagi muammolarni o‘rganish, blokcheyn texnologiyasining afzalliklarini tahlil qilish, rivojlangan davlatlar tajribasini ko‘rib chiqish va O‘zbekistonda uning joriy etilishining huquqiy, texnik hamda tashkiliy asoslarini ishlab chiqishdir. Tadqiqot asosiy e’tiborni soliq intizomini mustahkamlash va firibgarlikni kamaytirishda zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan blokcheynning imkoniyatlariga qaratadi.

AXMAD JURAYEV

48-57

2025-10-05

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA MADANIY MEROSNI SAQLASH: VIRTUAL RESTAVRATSIYA VA BASHORATLI MODELLASHTIRISHNING KREATIV YONDASHUVLARI

Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining madaniy merosni saqlashdagi innovatsion qo‘llanilishini tahlil qiladi. Mashinaviy o‘rganish va chuqur o‘rganish algoritmlari yordamida qadimiy yodgorliklarni raqamlashtirish, shikastlangan ob’yektlarni virtual restavratsiya qilish va kelajakdagi tahdidlarni bashoratli modellashtirish kabi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada 3D rekonstruksiya va virtual haqiqat (VR) vositalarining madaniy merosni saqlash va ommalashtirishdagi ahamiyati, shuningdek, UNESCO jahon merosi ro‘yxatidagi ob’yektlarda sun’iy intellektning qo‘llanilishiga oid misollar muhokama qilinadi. O‘zbekiston kontekstida sun’iy intellektning mahalliy loyihalardagi roli va global tajribalar bilan integratsiyasi alohida e’tibor markazida. Maqola madaniy merosni kelajak avlodlar uchun himoya qilishda sun’iy intellektning kreativ potensialini ko‘rsatadi. 

JASUR KENJAYEV

58-61

2025-10-06

YOSHLAR ONGIDA RAQAMLI XAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI

Ushbu maqolada kiberxavfsizlikning zamonaviy jamiyat, xususan yoshlar hayotidagi o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Internet va raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan yuzaga kelayotgan tahdidlar, yoshlarning raqamli savodxonligini oshirish zarurati hamda axborot makonida xavfsiz faoliyat yuritish madaniyatini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

GULARAM MASHARIPOVA

62-65

2025-10-06

SOLIQ QARZINI UNDIRISH VA HISOBLASHDA XALQARO TAJRIBANI AMALDA QO‘LLASH

 Ushbu maqolada soliq qarzlarini hisoblash va undirish jarayonida xalqaro tajribani o‘rganish hamda uni O‘zbekiston soliq tizimiga tatbiq etish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida soliq hisob-kitoblarini avtomatlashtirish, foiz va jarimalarni raqamli platformalar orqali hisoblash, shuningdek, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlilidan foydalanish kabi ilg‘or yondashuvlar samaradorlikni oshirayotgani ta’kidlanadi. Shuningdek, soliq qarzini undirishda majburiy ijro choralarini qo‘llash, restrukturizatsiya qilish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlarini yaratish xalqaro amaliyotda keng qo‘llaniladigan usullar sifatida ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston soliq tizimi misolida raqamlashtirish jarayonlari, qonunchilikni takomillashtirish, soliq to‘lovchilar uchun qulayliklarni kengaytirish, shaffoflikni ta’minlash va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarni joriy etish borasidagi chora-tadbirlar yoritiladi. Maqola yakunida xalqaro tajribaga asoslangan holda O‘zbekiston soliq tizimini yanada modernizatsiya qilish bo‘yicha xulosalar va amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

Hamid Payziyev

66-69

2025-10-06

AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA AXLOQIY TARBIYA TIZIMINING YOSHLARDA MILLIY VA MADANIY QADRIYATLARGA SODIQLIKNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

Mazkur maqolada bugungi kun yoshlari o‘zining kimligini anglash jarayonida qadriyatlar va ma’naviy yo‘nalishlarga tayanadi, chunki ular shaxsiy identitetning poydevorini tashkil etadi. Axborot asrining globallashuvi, raqamli texnologiyalarning hayotimizning barcha qatlamlariga chuqur singib borayotgani inson tafakkurining shakllanishi, ruhiy barqarorligi va ma’naviy-axloqiy mezonlariga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda. Maqolada xalqaro ilmiy yondashuvlar hamda milliy va madaniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirish bilan bog‘liq tajriba va milliy qadriyatlar uyg‘unligi mexanizmlari tahlili bayon etilgan.

SHERZODJON QURBONOV

70-75

2025-10-06

LEXICAL-SEMANTIC RELATIONS IN MEDICAL TERMINOLOGY

This article presents an analysis of lexical-semantic relationships in medical terminology. It highlights the significance of lexical-semantic analysis in studying medical terms, their evolution, the multi-layered meanings of words, and their contextual variation. The relationships among medical terms, their precise meanings, and their complexities are discussed in detail. Additionally, the paper explores the development of new terms in the medical field, as well as the interdisciplinary use of words and their meanings.

QURBONOVA SABINA NURALI QIZI

76-79

2025-10-06

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI SURXONDARYO TURIZM INDUSTRIYASIGA TA’SIRI

Mazkur tadqiqotda raqamli texnologiyalarning Surxondaryoda turizmga ta’siri, turistlar oqimini ko’paytirish yo‘llari tahlil qilinadi.

Xususan, Raqamli ma’lumot markazlari, Virtual/Augmented Reality(virtual va kengaytirilgan haqiqat), onlayn bronlash va elektron to‘lov sistemalari, marketing va kommunikatsiya, monitoring va analitika, raqamli transformatsiyani joriy etishda kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish orqali turizm xizmatlarini yanada samarali qilishda qanday yordam berishi ko‘rib chiqiladi.

SHAMSIDDIN QUTFIDDINOV

80-83

2025-10-06

ZAMONAVIY YOSHLARDA AXBOROT XURUJIGA QARSHI IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI

ushbu maqolada Globallashuv davrida yoshlarni axborot xurujlaridan asrashning psixologik mexanizmlar xaqida qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Muammoning qoʻyilishidan tortib uning echimiga qadar keltirilgan ma'lumotlar oʻquvchida iliq ta'ssurot qoldiradi.

MATLUBA SAHIEVA

84-87

2025-10-06

TURIZM SOHASIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH VA UNING O‘ZBEKISTON XALQARO IMIDJI YUKSALISHIDA TUTGAN O‘RNI

 Maqolada O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirish, mamlakatning xalqaro imidjini yuksaltirishda raqamli texnologiyalarning tutgan o‘rni masalalari tahlil qilingan. O‘zbekistonning turizm sohasidagi imkoniyatlari, turizm turlariga axborot texnologiyalarini joriy qilishning xususiyatlari ko‘rib o‘tilgan. Raqamli texnologiyalarning turizm sohasida O‘zbekistonning xalqaro imidjining yuksaishiga ko‘rsatgan ta’siri masalalari bayon etilgan.

SHERAXON XASHIMOV

88-91

2025-10-06

ВЫРАЖЕНИЕ КОЛИЧЕСТВЕННЫХ ЗНАЧЕНИЙ С ПОМОЩЬЮ ГЛАГОЛОВ

Статья посвящена исследованию глаголов как средства выражения количественных значений в русском языке. В работе рассматривается семантическая типология квантитативных глаголов, выделяются их основные группы: глаголы точного, приблизительного и неопределённого количества. Анализируется роль приставок и словообразовательных моделей в формировании количественного значения.

ХИЛОЛА ТУРАЕВА

92-94

2025-10-06

CLIMATE CHANGE AND GLOBAL ACTIONS: WHAT IS HAPPENING AND WHAT CAN BE DONE?

This article talks about climate change and why it is an important problem today. It explains how global warming is making summers hotter, storms stronger, and water more limited. It also shows what countries are doing together, for example the Paris Agreement and big climate meetings. Another part of the article focuses on Uzbekistan, where people are planting trees, building solar and wind energy projects, and looking for better ways to save water. Finally, some simple solutions like using green energy and protecting nature are suggested.

ABDULLAYEVA FERUZA HIKMATULLAYEVNA

96-98

2025-10-06

“YUQORI TO‘PALANG” MILLIY TABIAT BOG‘INING KAMYOB VA YO‘QOLIB KETISH XAVFI BO‘LGAN O‘SIMLIK TURLARI

Ushbu maqolada “Yuqori To‘palang” milliy tabiat bog‘ining o‘simliklar dunyosi o‘rganilib, kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi holda o‘suvchi o‘simlik turlariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotda ularning ilmiy nomlari, tarqalish areali, o‘sadigan maydonlari, populyatsiya zichligi hamda foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan.

JAVOHIR BARATOV

99-102

2025-10-06

JANUBIY HUDUDLARDA YETISHTIRILGAN SOYA (GLYCINE MAX L.) NAVLARIDA TRANSPIRATSIYA INTENSIVLIGINI ANIQLASH VA TAQQOSLASH

Ushbu tadqiqotda Janubiy hudud sharoitida yetishtirilgan ikki kechpishar soya navi O‘zbek-6 va Barakaning transpiratsiya intensivligi  gravimetrik usul yordamida aniqlanib, fenologik bosqichlar bo‘yicha taqqoslandi. Tajriba 4 ta takror va har bir takrorda 10 ta namunadan olinib amalga oshirildi. Transpiratsiya ertalab va kechqurun o‘lchovlari asosida g/plant/day va leaf-area-normalized (mmol H₂O m⁻² s⁻¹) birliklarida hisoblandi. Janubiy hududlarda yetishtirilayotgan kechpishar soya navlari yuqori harorat va suv rejimiga moslashish jarayonida transpiratsiya intensivligini fiziologik mexanizmlar orqali tartibga soladi. Bu esa nafaqat suv balansini saqlashga, balki hosildorlikni barqaror ta’minlashga ham xizmat qiladi.

MAHFUZA ERGASHEVA

103-106

2025-10-06

HUDUDLARDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNING IQTISODIY TARMOQLARDAGI TA’SIRI

Maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatlarining hududlarda mavjud bo‘lgan iqtisodiy tarmoqlarning daromadlariga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilinadi. Tatqiqotda so‘ngi yillarda tadbirkorlik faoliyatining turlari va ularning hududlar bo‘yicha taqsimlanishi hamda ularning iqtisodiy tarmoqlarning daromadlariga va moliyaviy mustaqil bo‘lishiga ta’siri o‘rganiladi. Olingan natijalar asosida xulosa va takliflar keltirilgan.

SHAHNOZA ESHBAEVA

107-111

2025-10-06

MIS FTALOSIANIN KOMPLEKSIDAGI IZOINDOL LIGANDINING HOMO-LUMO TAHLILI

Ligand molekulasining elektron zichligi taqsimoti, HOMO-LUMO energiya oralig‘i, dipol momenti, elektrostatik potensial yuzalari hamda reaktivlik indekslari aniqlanib, ularning kompleksning umumiy barqarorligiga ta’siri tahlil etildi. Tadqiqot natijalari mis ionining koordinatsion muhitdagi elektronik roli va ligand bilan o‘zaro ta’sirini chuqur anglashga yordam berdi. Olingan nazariy ma’lumotlar kompleksning fotofizik, katalitik va yarimo‘tkazuvchanlik  xossalarini baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusidagi eksperimental tadqiqotlar uchun ilmiy asos yaratadi.

DILMUROD SHUKUROV, ZILOLA SAIDOVA, SHOXRUH ESHMURODOV

112-115

2025-10-06

MINTAQADA EKOTURIZMNI RIVOJLANTIRISH – TABIATNI ASRASHNING MUHIM OMILI

Ushbu maqolada ekoturizmni rivojlantirishning insoniyat va tabiat uchun ahamiyati, Ekoturizm turlari, ekoturizmni rivojlantirish omillari va dunyo miqiyosida ekoturizmga bo‘lgan talab va taklif haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek ekoturizmning O‘zbekistonda rivojlanishi tarixi, ekoturizmning rivojlanish imkoniyatlari va so’nggi yillarda ekoturizmning tahlili keltirilgan.

NARGIZA ESHQOBILOVA, KIMIYOXON TO'RABOYEVA

116-122

2025-10-06

AKTINOMETSITLARNING BIOLOGIK AHAMIYATI

Aktinomisetlar – bu bakteriyalar va zamburug‘lar orasida o‘ziga xos o‘rin tutuvchi mikroorganizmlar bo‘lib, ko‘pincha tuproq, suv va o‘simlik qoldiqlarida uchraydi. Aktinomisetlarning biologik ahamiyati juda katta. Ular antibiotiklar (masalan, streptomitsin, eritromitsin) ishlab chiqarishda asosiy manba hisoblanadi. Bundan tashqari, ular o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi moddalar ishlab chiqarib, qishloq xo‘jaligida foydali bakteriyalar sifatida ishlatiladi. Ayrim aktinomisetlar azotni bog‘lash xususiyatiga ega bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.Shuningdek, aktinomisetlar biologik faol moddalar ishlab chiqarishi sababli farmatsevtika, biotexnologiya va ekologik tozalash sohalarida ham keng qo‘llaniladi.

SAYYORA HAMROYEVA

123-125

2025-10-06

MAMLAKATIMIZDA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARINI O‘ZLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Maqolada O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiyalardan foydalanishni rivojlantirish muqobil enеrgiya manbalaridan kеng foydalanish har bir mamlakatning enеrgеtika хavfsizligini ta’minlash bo‘yicha va samarodorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha xulosa, tavsiya va takliflar berilgan.

ZEBO KOBILOVA

126-130

2025-10-06

VIGNA UMBELLATA O‘SIMLIGI URUG‘LARINING LABORATORIYA VA DALA SHAROITIDAGI UNUVCHANLIGI

Ushbu maqolada Vigna umbellata (Thunb.) Ohwi & Ohashi urug‘larining turli harorat va dala sharoitlarida unuvchanligi hamda ekish muddatlariga iqlim omillarining ta’siri o‘rganildi. Dala sharoitidagi kuzatuvlar Toshkent shahri va Navoiy viloyatlarida olib borildi. Tajribalar davomida ekish muddatlari hamda iqlim sharoitlari unuvchanlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi: aprel oyining uchunchi dekadasi va iyun oyining birinchi dekasida ekilgan urug‘lar yuqori unuvchanlikka ega ekanligi bilan ajralib turdi, mart oyida ekilgan urug‘larda unuvchanlik nisbatan past bo‘ldi. Hududiy farqlar shuni ko‘rsatdiki, Toshkent sharoitida vegetatsiya davri uzayib, unuvchanlik yuqori bo‘lgan, Navoiy sharoitida esa qurg‘oqchilikka chidamlilik kuchliroq namoyon bo‘lgan. Olingan natijalar V. umbellata o‘simligining agroekologik moslashuvchanligi, bioekologik ahamiyati va istiqbolli ekin sifatidagi imkoniyatlarini tasdiqlaydi.

NURBEK KUCHKAROV, MAHFUZA NAZARALIEVA

131-135

2025-10-06

SUV TEJAMKOR SHAROITIDA SOYA NAVLARINING HOSILDORLIK KO‘RSATKICHLARI

Mazkur maqolada soya navlarini cheklangan suv sharoitida yetishtirishda hosildorlik darajasi bo‘yicha tadqiqot natijalari berilgan. Tomchilatib sug‘orish sharoitida soya navlarini yetishtirishning ahamiyati asoslab berilgan.

RAMOZON NOMOZOV, DILMUHAMMAD ABDIMUROTOV

136-139

2025-10-06

PENITSILAMIN VA 3D METALL KOMPLEKSLARINING KOORDINATSION VA BIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Penitsilamin – biologik faol aminokislota hosilasi bo‘lib, uning tarkibidagi –SH, –NH₂ va –COOH guruhlari turli 3d metall ionlari bilan mustahkam komplekslar hosil qilish imkonini beradi. Mazkur maqolada penitsilaminning Fe, Co, Ni, Cu va Zn ionlari bilan komplekslanish xususiyatlari, ularning barqarorligi hamda biologik ahamiyati keng yoritilgan. Tadqiqot davomida rentgenostruktura tahlili va turli spektroskopik metodlar yordamida komplekslarning tuzilishi o‘rganildi. Olingan natijalar penitsilamin–3d metall komplekslarining farmatsevtika va biomodellashtirish yo‘nalishlarida yuqori istiqbolga ega ekanini ko‘rsatdi.

MAFTUNA PRIMQULOVA, IBRAGIM UMBAROV, JAVOHIRXON AHATOV

140-143

2025-10-06

TECHNOLOGY FOR IMPROVING THE COMPOSITION AND PROPERTIES OF AMMONIUM NITRATE USING QIZILQUM PHOSPHORITES AND PHOSPHOGYPSUM

This study presents a technology aimed at improving the composition and physicochemical properties of ammonium nitrate by incorporating Qizilqum phosphorites and phosphogypsum additives. The influence of phosphorus compounds and calcium sulfate on the crystallization process of ammonium nitrate was examined. The results demonstrated a significant reduction in hygroscopicity, an increase in storage stability, and improved granule strength. The introduction of 5-10% phosphorite and 2-4% phosphogypsum was found to be optimal. This approach not only enhances the quality of ammonium nitrate fertilizers but also promotes the efficient utilization of local raw materials, ensuring both economic and agronomic benefits.

RO‘ZIYEVA O‘G‘ILOY MAMATRAIMOVNA, MАMАTАLIYEV ABDURASUL ABDUMALIKOVICH

144-147

2025-10-06

MIS FTALOSIANIN KOMPLEKSIDAGI IZOINDOL LIGANDINING KVANT-KIMYOVIY TAHLILI

Ushbu maqolada mis (Cu) II ionini saqlagan ftalosianin kompleksi tarkibidagi ligand molekulasining kvant-kimyoviy xossalari Gaussian dasturi yordamida tahlil qilindi. Hisob-kitoblar zichlik funksional nazariyasi (ZNF) asosida B3LYP funksionali va 6-31G bazis to‘plami orqali bajarildi. Ligand molekulasining elektron zichligi taqsimoti, HOMO–LUMO energiya oralig‘i, dipol momenti, elektrostatik potensial yuzalari hamda reaktivlik indekslari aniqlanib, ularning kompleksning umumiy barqarorligiga ta’siri tahlil etildi.

Dilmurod Shukurov, ZILOLA SAIDOVA, Shoxruh Eshmurodov

148-151

2025-10-07

MAHALLIY QO‘Y ZOTLARIDAN OLINADIGAN JUN TOLALARINING XOSSA KO‘RSATKICHLARI TADQIQOT TAHLILI

Bu maqolada mintaqamizda (Boysun va Sariosiyo tumani) yetishtiriladigan qo‘y zotlaridan olinadigan jun tolalarining xossa ko‘rsatkichlari tadqiqi bayon qilingan. Tajriba-sinov natijalarida asosan xisori, qorako‘l va jaydari junlardan foydalanildi.Tadqiqot natijasida jun tolasining o‘rtacha uzunligi, shtapel uzunligi, tolaning o‘rtacha diametri, ingichkaligi kabi xossa ko‘rsatkichlari tahlil qilingan.

NURIDDIN URAKOV, XUMOYIDDIN SAYDULLAYEV

152-157

2025-10-07

POMIDOR O‘SIMLIGIDA ANIQLANGAN PATOGEN ZAMBURUG‘LARNINING TUR TARKIBI

Ushbu tadqiqotda pomidor (Solanum lycopersicum L.) o‘simligida uchraydigan patogen zamburug‘larning tur tarkibi va ularning organlarga xos taqsimlanishi o‘rganildi. Tadqiqot 2025 yilda pomidorning “Do‘stlik”, “Sevara”, “Shafaq” va “Surxon-142” navlarida olib borildi. Kasallangan o‘simliklardan olingan namunalar mikroskopik usulda tahlil qilinib, jami 8 ta asosiy patogen aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, Fusarium oxysporum f. sp. lycopersici va Verticillium dahliae ildiz va o‘tkazuvchi to‘qimalarga jiddiy zarar yetkazuvchi asosiy patogenlar sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, Alternaria solani, Botrytis cinerea, Cladosporium fulvum, Rhizoctonia solani, Phytophthora infestans va Sclerotinia sclerotiorum ko‘proq barg va mevalarda keng tarqalganligi aniqlandi. Umuman olganda, pomidor organlari bo‘yicha patogenlarning xilma-xilligi yuqori bo‘lib, ularning ma’lum darajada ixtisoslashuvi va biotik moslashuvchanligi kuzatildi.

BAXROM SODIQOV , OLIM XAMRAYEV

158-162

2025-10-07

IQLIM O‘ZGARISHI VA GLOBAL HARAKATLAR: GEOSIYOSIY OQIBATLAR VA XALQARO HAMKORLIK TAHLILI

Ushbu ilmiy maqola bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lmish iqlim o‘zgarishining global geosiyosiy munosabatlar va xalqaro hamkorlikka ta’sirini tahlil qiladi. Sanoatlashgan jamiyatning uglerod chiqindilari bilan bog‘liq faoliyati natijasida yuzaga kelgan iqlim o‘zgarishi bugungi kunda suv resurslari tanqisligi, migratsiya oqimlari va oziq-ovqat xavfsizligi kabi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Maqola iqlim inqiroziga qarshi kurashish maqsadida imzolangan xalqaro kelishuvlarni (Kioto protokoli, Parij kelishuvi) tanqidiy nuqtai nazardan o‘rganadi.

SHAHZODA TADJIMURODOVA

163-166

2025-10-07

YASHIL IQTISODIYOTNI MOLIYAVIYLASHTIRISH TASHKILIY - HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotni moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida batafsil so‘z boradi. Bilasizki, bugungi kunda atrof-muhitni muhofaza qilish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda, yashil iqtisodiyot aynan shunga qaratilgan yagona choradir. Ushbu iqtisodiy modelni moliyaviylashtirish uchun turli xil huquqiy mexanizmlar, davlat dasturlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora tadbirlar haqida vas hu bilan birgalikda, ekologik obligatsiyalar, grantlar va subsidiyalar kabi moliyaviy vositalar muhimligi haqida so’z yuritiladi. Maqolada bu boradagi muammolar va taklif etilayotgan yechimlar ham ko‘rib chiqiladi.

SAMANDAR TEMIROV , BEHRUZBEK MARSHARIPOV

167-170

2025-10-07

GLOBAL HARAKATLAR ORQASIDAGI TAHDID

Ushbu maqolada iqlim o‘zgarishi va insoniyatning unga qarshi kurashish yo‘lidagi global harakatlar keng qamrovli tahlil qilinadi. Unda iqlim o‘zgarishining asosiy sabablari va oqibatlari, hukumatlar hamda xalqaro tashkilotlarning ushbu jarayondagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va fuqarolarning amaliy hissasi yoritib beriladi. Tadqiqotda qayd etilishicha, iqlim o‘zgarishi kabi global muammolarni hal etishda faqat davlatlar yoki xalqaro institutlarning sa’y-harakatlari yetarli emas. Bunday jarayonga javoban har bir insonning ongli ishtiroki va hissasi kelajak avlodlar uchun barqaror hamda xavfsiz dunyo yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

MUXLISA XAMIDOVA

171-174

2025-10-07

AGRIOTES SPP. (SIM QURTI) ZARARKUNANDASINING QIZIL FASOL (FASOLIUM VULGARIS.L.) O‘SIMLIGINING  BIOFIZIOLOGIK KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI

Mazkur nazariy tezisda Agriotes spp. (sim qurt) turkumiga mansub zararkunandalarning Qizil fasol (Fasolium vulgaris.L.)  o‘simligi biofiziologik ko‘rsatkichlariga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Tadqiqotlarda sim qurtlarning ildiz tizimiga yetkazgan zarari natijasida fotosintez intensivligi, barg pigmentlari miqdori (xlorofill a, b, karotinoidlar), suv rejimi va o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.                                     

MOHINUR XUDAYBERDIYEVA, DILOROM YORMATOVA, MARG‘UBA HAMROYEVA

175-178

2025-10-07

ИНГИЧКА ТОЛАЛИ ТЕРМИЗ-202 ВА СП-1607 ҒЎЗА НАВЛАРИНИ 76 СМ СХЕМАГА ҚЎШҚАТОР УСУЛИДА ТУРЛИ ХИЛ СУҒОРИШ ТАРТИБЛАРИ, КЎЧАТ ҚАЛИНЛИКЛАРИ ВА МАЪДАН ЎҒИТ МЕЪЁРЛАРИНИ ҚЎЛЛАБ ПАРВАРИШЛАНГАНДА БИР ДОНА КЎСАКДАГИ ПАХТА ВАЗНИНИНГ ЎЗГАРИШИ

Мақолада Сурхондарё вилоятининг тақирсисон ўтлоқи бўз шўрланишга мойил тупроқлар шароитида ингичка толали Термиз-202 ғўза навини назорат варианти сифатида кўчат қалинлиги 130-140 минг туп/га кўчат қолдириб, қатор ораси 76 см схемада (яккақатор) усулида, суғориш олди тупроқ намлиги ЧДНСга нисбатан 70-75-65 % суғориш тартибида, назоратга нисбатан эса ингичка толали Термиз-202 ва СП-1607 ғўза навни 76 см экиш схемасида (қўшқатор) усулида, кўчат қалинлиги 130-140 ва 170-180 минг туп/га кўчат қолдириб, суғориш олди тупроқ намлиги ЧДНСга нисбатан 70-75-65 %, 70-75-70 % ва 70-80-75 % суғориш тартибларида суғориб, маъдан ўғитлар меъёрлари N-200, P-140 va K-100 кг/га ва N-240, P-170 va K-120 кг/га қўллаб парваришланганда етиштирилган ингичка толали ғўза навларининг бир дона кўсакдаги пахта вазнига тасири бўйича  маълумотлар таҳлили келтирилган.

ШЕРАЛИ НУРМАТОВ , ХУМОЙИДДИН БЕКМУРОДОВ, ЖАМАЛИДДДИН ШАДМАНОВ

179-183

2025-10-07

ИЗМЕНЕНИЕ КЛИМАТА И ГЛОБАЛЬНЫЕ ДЕЙСТВИЯ В МИРЕ

Автор исследует проблему, которая сегодня активно обсуждается на мировом уровне и оказывает глубокое влияние на экологическую политику, экономику и международную безопасность. В статье рассматриваются причины, последствия и пути борьбы с изменением климата на основе научных исследований и международных соглашений. Особое внимание уделено ситуации в Республике Таджикистан, которая наиболее уязвима перед последствиями изменения климата. Упоминание глобальных инициатив страны, в частности предложений Президента Таджикистана Эмомали Рахмана на уровне ООН, придаёт статье практическую ценность.

САЙЛИНИСО САФАРОВА , МУҲАММАДЮСУФ ХАЙИТОВ

184-187

2025-10-07

FIZIKADAN SODDA MEXANIK USULLARDAN FOYDALANIB LOYIHA ISHI TAYYORLASH

Ushbu tadqiqot fizika fanidan sodda mexanik usullardan foydalangan holda loyiha ishlarini tayyorlash metodologiyasini o‘rganadi. Maqolada STEM ta’limida amaliy yondashuvning ahamiyati, mexanik tizimlarning pedagogik potentsiali va talabalarning bilim olish samaradorligini oshirishda sodda mexanik qurilmalarning roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalarida ko‘rsatilgan loyiha ishlarining tuzilishi va baholash mezonlari fizika ta’limida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga yordam beradi.

LOLA MELIYEVA

189-195

2025-10-07

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MOTORIKA QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA YO‘NALTIRILGAN TEXNOLOGIYA DARSLARINI LOYIHALASH

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinfda motorika qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan texnologiya darslarini loyihalash masalalari yoritilgan. Bolalarda mayda motorikaning rivojlanishi ularning yozuv-yozma ko‘nikmalari, tafakkuri, diqqat va xotira jarayonlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilingan. Texnologiya darslarida qirqish, yopishtirish, ip terish, plastilin va qog‘oz bilan ishlash kabi mashg‘ulotlar orqali motorika bilan birga ijodiy tafakkur va estetik didni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va differensial yondashuvning ahamiyati asoslab berilgan. Maqola natijalarida texnologiya darslari bolalarda nafaqat motorika, balki mustaqillik, ijodkorlik va ijtimoiy ko‘nikmalarni ham rivojlantirishga xizmat qilishi qayd etilgan.

XABIBA NARZIYEVA

196-200

2025-10-07

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ONA TILINI O‘QITISHDA TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim bosqichida ona tilini o‘qitishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning dolzarbligi, ularning samaradorlik darajasi va o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Muallif tomonidan innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va vizual vositalarning o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi orqali darslarning mazmunan boyishi, o‘quvchilarda tilga nisbatan qiziqishning ortishi hamda mustaqil fikrlash, izlanish ko‘nikmalarining shakllanishi ta’kidlab o‘tilgan. Shuningdek, maqolada ta’lim texnologiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan.

HAFIZA ALLAYEVA

201-203

2025-10-07

TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA RAQAMLI VOSITALAR ORQALI O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISH HAMDA IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI

Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarda bilim olishga qiziqish va motivatsiyani shakllantirish, shuningdek, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonida ta’lim texnologiyalari hamda raqamli vositalardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu maqolada innovatsion yondashuvlar asosida o‘quvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ularning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, samarali pedagogik metodologiyalar va didaktik shart-sharoitlarning o‘quvchilarning kognitiv rivojlanishiga ta’siri yoritiladi. Ilmiy-amaliy tavsiyalar o‘quvchilarni zamonaviy ta’lim muhitiga faol integratsiya qilish, yangicha qarashlar ishlab chiqish va ijodkorlik salohiyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

NASIBA ASTANAKULOVA

204-207

2025-10-07

MAKTABA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARGA MUSIQA O‘QITISHNING O‘ZBEK MUHIMI

Rivojlanish jarayonida bola oldingi avlod odamlari tomonidan yaratilgan narsalar va hodisalar dunyosi bilan alohida munosabatda bo‘ladi.  Bola insoniyatning barcha yutuqlarini faol o‘zlashtiradi.  Bu ob’ektlar dunyosini, shuningdek, ular bilan sodir bo‘ladigan harakatlarni, tilni, shaxslararo munosabatlarni, motivatsiyani rivojlantirishni, qobiliyatlarni rivojlantirishni, kattalarning bevosita yordamini talab qiladi.  Asosan, aynan shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati sa boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni tarbiyalash - ularning murakkab harakatlarini takomillashtirish, asosiy gigiena, madaniy va mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, nutqni rivojlantirish, ijtimoiy axloq va estetik didning birinchi kurtaklarini shakllantirish davri.  Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga musiqa o‘rgatishning o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati muhokama qilinadi.

DILOVOR AVLAQULOV

208-212

2025-10-07

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA DARS MASHG‘ULOTLARINI INTEGRATIV YONDASHUV VOSITASIDA O‘QITISHNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fanlarni integrativ yondashuv asosida o‘qitish jarayonida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy-nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Integrativ yondashuv o‘quv fanlari mazmunini o‘zaro uzviy bog‘lash, bilimlarni kompleks shaklda o‘zlashtirish va o‘quvchilarda tizimli tafakkurni rivojlantirish imkonini beradi. Shu jarayonda raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil izlanishlari, muloqot va hamkorlik kompetensiyalarini kuchaytiradi, o‘quv jarayonini samarador va interfaol qilishga xizmat qiladi. Maqolada shuningdek, integratsiya va raqamli pedagogik texnologiyalarning uyg‘unlasKalit so‘zlar: integrativ yondashuv, integratsiya, ta’lim, o‘qitish, fan, raqamli ta’lim, raqamli texnologiya, pedagogik texnologiya, uzviylik integratsiyasi.

ABDUG‘AFUR AVLIYOQULOV

213-216

2025-10-07

OLIY TA'LIMDA SUN'IY INTELLEKT ORQALI MUAMMOLI VAZIYATLARNI MODELLASH VA YECHA BILISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada oliy ta'lim tizimida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali talabalarning muammoli vaziyatlarni modellash va yecha bilish ko'nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda adaptiv ta'lim tizimlari va intellektual ta'lim muhitlarining samaradorligi ko'rsatilgan. AI-ga asoslangan platformalar yordamida talabalarning individual ta'lim ehtiyojlarini qondirish va ularning analitik fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari o'rganilgan. Natijalar sun'iy intellektning ta'lim sifatini oshirishdagi muhim rolini tasdiqlaydi.

AZIZA AXMEDOVA

217-220

2025-10-07

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA NUTQIY KOMPETENSIYA SHAKLLANTIRISHINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim davrida nutqiy kompetensiyani shakllantirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Nutqiy kompetensiya o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqni to‘g‘ri, izchil va mazmunli ifodalay olish qobiliyati sifatida izohlangan. Tadqiqot metodlari sifatida nazariy tahlil, qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatuv va ilmiy umumlashtirishdan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, konstruktivizm, kommunikativ yondashuv, kompetensiyalar asosida o‘qitish hamda faoliyatga asoslangan yondashuv boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy kompetensiyani shakllantirishning samarali mexanizmlaridan hisoblanadi. Muhokama jarayonida mazkur yondashuvlarning an’anaviy metodlardan ustun jihatlari yoritilib, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berildi.

SHOHSANAM BAXROMOVA

221-224

2025-10-07

GAZETA VA OAV MATERIALLARI ASOSIDA INTERAKTIV DARSLARNI TASHKIL ETISHNING AFZALLIKLARI

 Ushbu maqolada gazeta va ommaviy axborot vositalari materiallari asosida interaktiv darslarni tashkil etishning ta’lim jarayonidagi afzalliklari atroflicha tahlil qilinadi. Xususan, interaktiv metodlarning samaradorligi, gazeta matnlarining til o‘qitishdagi o‘rni, ularning talabalarda motivatsiyani kuchaytirish va kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, gazeta materiallaridan foydalanishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan metodik yondashuvlar, xorijiy tajribalar hamda amaliy misollar asosida ilmiy xulosalar beriladi.

DILSHOD BOBOJONOV

225-227

2025-10-07

SURXONDARYO VILOYATIDA IKKINCHI JAHON URISHIDAN KEYINGI YILLARDA O‘RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA OLIB BORILGAN YANGILIKLAR

Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatida Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan (1945) SSSRning parchalanishigacha (1990) bo‘lgan davrda o‘rta maxsus ta’lim tizimida (kasb-hunar, texnik va professional ta’lim) yuz bergan asosiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Unda ta’lim siyosatining mintaqaviy xususiyatlari, amalga oshirilgan islohotlar, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’siri hamda amaliy natijalari ilmiy-populyar tilda yoritiladi.

MUHIDDIN BOZOROV

228-232

2025-10-07

KOMPYUTERLI MATEMATIK TIZIMLAR FANINI O'QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI ORQALI TALABALAR MOTIVATSIYASINI OSHIRISH

Ushbu maqolada kompyuterli matematik tizimlar (Computer Algebra Systems - CAS) fanini o'qitishda raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali talabalar motivatsiyasini oshirish masalalari ko'rib chiqiladi. Mathematica, Maple, MATLAB kabi dasturiy ta'minot bilan ta'lim boshqaruv tizimlari (Moodle, Google Classroom) integratsiyasining an'anaviy dars jarayoniga ta'siri tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 60 nafar talaba ishtirok etdi va statistik tahlil natijasida motivatsiya darajasining 42% ga oshishi aniqlandi.

CHORIYOR CHORSHANBIYEV

233-236

2025-10-07

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN ENHANCING STUDENTS’ KNOWLEDGE ACQUISITION

The rapid advancement of Artificial Intelligence (AI) is transforming the field of education, creating innovative opportunities to strengthen students’ knowledge acquisition. This study explores the role of AI in enhancing learning through personalized learning environments, adaptive assessment models, intelligent tutoring systems, and data-driven instructional strategies. A review of recent academic literature and policy frameworks reveals that AI significantly improves student engagement, motivation, and academic performance. However, challenges such as ethical concerns, unequal access to digital resources, and insufficient teacher preparedness remain unresolved. The study concludes that AI is most effective when integrated as a supportive tool alongside human educators, rather than as a replacement.

DUSHABAYEVA DIANA BAXTEROVNA

237-240

2025-10-07

TALABALARNING MUSTAQIL ISHLASH VA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI

Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish masalalari yoritilgan. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishning mazmuni, ularning o‘quv jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilindi. M.Knowlesning andragogika nazariyasi hamda UNESCOning umr bo‘yi ta’lim konsepsiyasi asosida talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish va bilim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurati asoslab berildi.

LAYLO DUSYOROVA

241-244

2025-10-07

IKKINCHI JAHON URUSHIDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI MAVZUSINI KINOFILM ORQALI O‘RGANISHNING AFZALLIKLARI

Mazkur ishda Ikkinchi jahon urushida O‘zbekiston xalqining ishtiroki hamda urush yillaridagi fidokorona mehnatini o‘quvchilarga kinofilmlar orqali o‘rgatishning afzalliklari tahlil qilingan. Kinofilmlar tarixiy voqealarni jonli tasvirlarda namoyish etib, o‘quvchilarda chuqur hissiy ta’sir uyg‘otadi, vatanparvarlik, jasorat va sabr-toqat kabi qadriyatlarni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dars jarayonida “Shaxsiy front”, “Men chinor daraxti”, “General Sobir Raximov” kabi tarixiy filmlardan foydalanish tajribasi orqali mavzuni samarali o‘rganish usullari ko‘rsatib berilgan. Ushbu yondashuv nafaqat bilimlarni mustahkamlash, balki o‘quvchilarning tarixiy tafakkuri va estetik didini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

NOZIKOY MAXMATKULOVA , SARDORBEK ESHBO‘RIYEV

245-248

2025-10-07

TARBIYA TRANFORMATSIYASI: SO‘FI OLLOYOR MA’NAVIY MEROSI VA ZAMONAVIY YONDASHUV

Maqolada tarbiya transformatsiyasi tushunchasi, zamonaviy jamiyat taraqqiyotida ilm-fan madaniyatining zamonaviy orientrlari, hamda klassik mumtoz asarlar muallifi, tasavvuf olamining yetakchi vakillaridan biri bo‘lgan So‘fi Olloyor manaviy  merosini zamonaviy yondashuv orqali talabalarga pedagogik tizim asosida yetkazib berish va ma’naviy axloqiy tarbiyasini metodlar orqali boyitish haqida fikr va mulohazalar aks etgan bo‘lib, shu bilan birga taklif va xulosalar keltirilgan.  

Nazira G‘ulomova

249-252

2025-10-07

ИНТЕГРАЦИЯ STEAM-ПОДХОДА И ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В статье рассматриваются теоретические и практические основы интеграции STEAM-подхода (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) и цифровых технологий в дошкольное образование. Показано, что внедрение STEAM-методологии в сочетании с интерактивными цифровыми ресурсами способствует формированию у детей раннего возраста исследовательских умений, критического и креативного мышления, а также коммуникативных и коллаборативных навыков. Анализ международного опыта (OECD, UNESCO, UNICEF) подтверждает эффективность комплексного использования цифровых инструментов и STEAM-подхода в подготовке детей к последующим этапам обучения. Особое внимание уделено педагогическим условиям, обеспечивающим успешную реализацию данной интеграции: готовности педагогов к инновационным практикам, методическому сопровождению и использованию современных образовательных платформ.

NAFISA GULYAMOVA

253-256

2025-10-07

INGLIZ TILI DARSLARIDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

Ushbu maqolada ingliz tili o'qitishda multimediya texnologiyalarining ahamiyati va tayanch kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Audio-vizual materiallar, interaktiv dasturlar va raqamli platformalarning til o'rganish jarayoniga ta'siri o'rganilgan. Tadqiqot natijalari multimediya vositalarining talabalarning tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirishda samaradorligini ko'rsatdi. Turli dasturiy vositalarning afzallik va kamchiliklari tahlil qilingan, statistik ma'lumotlar diagrammalar orqali tasvirlangan. Zamonaviy ta'lim muhitida chet til kompetensiyalarini shakllantirish yo'llari taklif etilgan.

MADINA HAFIZOVA

257-260

2025-10-07

YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI ORQALI AXLOQIY FAZILATLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada sog‘lom turmush tarzining zamonaviy jamiyatda shaxs axloqiy fazilatlarini shakllantirish va rivojlantirishdagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda sog‘lom hayot tarzi unsurlari – jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlardan voz kechish, psixologik barqarorlik – inson ma’naviy-axloqiy kamolotiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asosda o‘rganiladi. So‘rovnoma va nazariy tahlil usullari orqali sog‘lom turmush tarziga amal qilishning sabr-toqat, mas’uliyat, iroda kuchi va halollik kabi fazilatlarni rivojlantirishdagi roli ochib beriladi. Maqolada yoshlar tarbiyasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish orqali sog‘lom va axloqiy barkamol jamiyatni shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari sog‘lom turmush tarzi va axloqiy qadriyatlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ko‘rsatadi va bu yo‘nalishda amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning ahamiyatini asoslab beradi.

KAMOLIDDIN HUKIMAEV

261-264

2025-10-07

BOSHLANG‘ICH SINFDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O‘QITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda geometriya elementlarini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning ta’lim samaradorligiga ta’siri, geometrik tasavvurlarni shakllantirishdagi o‘rni va ularning qo‘llash imkoniyatlari haqida ilmiy-amaliy tahlillar keltirilgan.

NOZIMA IBRAGIMOVA

265-268

2025-10-07

INKLUZIV TA’LIM SINFLARIDA MUSIQA MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH VA UNING AHAMIYATI

Imkoniyati cheklangan bolalarga maxsus inkluziv sinflar tashkil etilib, bunday sinflarda maktabdagi alohida ta‘lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning  boshqa  (sog’lom)  bolalar  bilan  teng  huquqli  va  birgalikdagi  ta‘lim olishlari aniq bayon etilgan. Aynan shunday maktablarda inklyuziv musiqa ta'limi yanada teng va qulay ta'lim muhitini  yaratish  uchun  muhim  vositadir.  Bu  nafaqat  musiqiy  koʻnikmalarni rivojlantirishga  yordam  beradi,  balki  ijtimoiy  aloqalarni  va  farqlarga  hurmatni shakllantirishga  yordam  beradi.

MUYASSAR INOMOVA

269-273

2025-10-07

BUXGALTERIYA HISOBIGA OID ILMIY TADQIQOT ISHLARIDA FOYDALANILADIGAN TADQIQOT USULLARI

Mazkur maqola buxgalteriya hisobiga oid ilmiy ishlarida foydalaniladigan ayrim tadqiqot usullariga bag‘ishlangan bo‘lib, bunda “usul” va “uslub” tushunchalarining mohiyati, dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlarda qo‘yilgan maqsadga erishish va predmetning ilmiy yechimiga qaratilgan xususiy yoki umumiy usullarni tanlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha qator tavsiyalar beriladi.

CHAROS JABBAROVA

274-277

2025-10-07

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA RAQAMLI METODIKANI MAHALLIY SHAROITGA MOSLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Maqolada ingliz tilini o‘qitishda raqamli texnologiyalar va metodikalarni qo‘llashning ahamiyati, shuningdek, ularni O‘zbekiston ta’lim muassasalari sharoitiga moslashtirish zarurati va samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Mahalliy ta’lim muhiti sharoitida uchraydigan muammolar, jumladan texnik vositalarning yetishmasligi, o‘qituvchilar va talabalar malakasining farqliligi, hamda pedagogik yondashuvlarning integratsiyalashtirilmaganligi ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, ushbu muammolarni bartaraf etish va raqamli metodikani samarali tatbiq etish uchun innovatsion yechimlar va amaliy tavsiyalar taqdim etiladi. Maqola, shuningdek, interaktiv ta’lim vositalari va mahalliy sharoitga moslashtirilgan raqamli resurslardan foydalanishning samaradorligini oshirishga qaratilgan.

NAZOKAT JIYANBOYEVA

278-281

2025-10-07

LEKSIK TRANSFORMATSIYALAR TARJIMADA: IAN FLEMING ASARLARI MISOLIDA

Ushbu maqolada Ian Fleming asarlari tarjimasida leksik transformatsiyalarning qo‘llanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ekvivalentlik, adaptatsiya va kontekstual moslashtirish kabi nazariy yondashuvlar [1,105], [2, 87] asosida sharhlanadi. Shuningdek, asarlardan keltirilgan misollar yordamida tarjimada so‘z tanlash, semantik o‘zgarish va uslubiy moslashtirish jarayonlari ochib beriladi. Olingan natijalar badiiy tarjima amaliyotida leksik transformatsiyalarning ahamiyatini aniqlash, shuningdek, tarjimonlik mahoratini baholashga xizmat qiladi.

SARDOR JUMANAZAROV

282-286

2025-10-07

MA’NAVIY TARBIYADA GAMIFIKATSIYA (O‘YINLASHTIRISH) TEXNOLOGIYASI (JADIDCHILIK G‘OYALARI MISOLIDA)

Ushbu maqolada o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda o‘yinlashtirish (gamifikatsiya) texnologiyasining imkoniyatlari ilmiy-pedagogik jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda jadidchilik harakatining ilg‘or g‘oyalari, xususan, ma’rifatparvarlik, ilm-ma’rifatga intilish va milliy o‘zlikni anglash kabi tamoyillar o‘yinlashtirish texnologiyasi orqali ta’lim jarayoniga integratsiya qilinadi. Maqolada jadidlar merosini o‘qitishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan intellektual o‘yinlar, viktorinalar, loyihaviy topshiriqlar va ro‘lli o‘yinlarning tuzilishi, ularni amalga oshirish metodikasi hamda kutilgan pedagogik natijalar yoritilgan. Tadqiqot ishi o‘quvchilarda mavzuga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani oshirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish orqali Jadidlar g‘oyalarini chuqur anglab yetishga erishishini nazariy va amaliy misollar bilan isbotlaydi. Maqola mualliflari tomonidan taklif etilgan texnologiya nafaqat maktablarda, balki oliy ta’lim muassasalarida ham ma’naviy-axloqiy tarbiya darslari va darsdan tashqari tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Maqolaning amaliy qismida oliy ta’lim o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma aks ettiriladi.

Ozodakhon Kamolova

287-297

2025-10-07

BOLONYA TA’LIM TIZIMIDAGI AKADEMIK ERKINLIK VA MUSTAQIL FIKRLASH TAMOYILLARINING FALSAFIY TAHLILI

Mazkur tezisda Bolonya ta’lim tizimidagi akademik erkinlik va mustaqil fikrlash tamoyillarining falsafiy asoslari yoritiladi. Ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni, shaxs rivojlanishidagi ahamiyati hamda xalqaro tajribadagi tatbiqlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu tamoyillarning globallashuv sharoitida ta’lim sifati va innovatsion taraqqiyotga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy nuqtayi nazardan asoslab beriladi.

ZAFARBEK KARIMOV

298-300

2025-10-07

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QUV FAOLIYATIGA SAMARALI TA’SIR ETUVCHI IRODAVIY SIFATLAR

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv faoliyatida irodaviy sifatlarning tutgan o‘rni yoritib beriladi. Unda iroda tushunchasi, uning psixologik xususiyatlari, shuningdek, iroda orqali o‘quvchilarning ta’lim jarayonida qanday ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkinligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, samarali o‘quv faoliyatini tashkil etishda qat’iyatlilik, mustaqillik, mas’uliyatlilik kabi irodaviy sifatlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada psixologik-pedagogik yondashuv asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida irodaviy sifatlarni shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ham bayon etilgan. Shuningdek, zamonaviy ta’lim talablari asosida irodaning asosiy komponentlari – sabr-toqat, qat’iyatlilik, maqsadga intilish, o‘zini boshqara bilish kabi sifatlarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.

ROHILA MA’RUFJONOVA

301-304

2025-10-07

TARIX FANINI O‘QITISHDA KINOFILMLAR VA HUJJATLI FILMLARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

 Tarixni o‘qitish faktlar va sanalarni yodlashdan ko‘proq narsani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, talabalarda tanqidiy fikrlash, xronologik fikrlash va madaniyatlararo tushunish kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. Bu jarayonda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan, xususan, badiiy va hujjatli filmlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada fanini o‘qitishda kinofilmlar va hujjatli filmlardan foydalanishning pedagogik va amaliy afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, filmlar orqali tarixiy faktlarni chuqurroq anglash, darsning samaradorligini oshirish hamda tarixiy tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari tahlil etilgan. Amaliy misollar va ilmiy yondashuvlar asosida kinomateriallarning o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi samarali uslub sifatida asoslab berilgan.

NOZIKOY MAXMATKULOVA

305-309

2025-10-07

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI KOMPYUTER IMITATSION MODELLAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarda informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish masalalari yoritilgan. O‘quv jarayonida kompyuter imitatsion modellardan samarali foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Imitatsion modellar yordamida murakkab tushunchalar va ko‘z bilan kuzatib bo‘lmaydigan jarayonlar vizual va interaktiv shaklda taqdim etishning o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

MOHINUR MELIYEVA

310-314

2025-10-07

TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ORQALI O‘QUV MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH VA OSHIRISH: IQTISODIY-IJTIMOIY YONDASHUV

Ushbu maqola ta’lim texnologiyalari orqali o‘quv motivatsiyasini shakllantirish va oshirishning iqtisodiy-ijtimoiy jihatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot motivatsiyali ta’limning inson kapitalini rivojlantirishda, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda va ijtimoiy tengsizlikni kamaytiri​shdagi rolini ko‘rsatadi. Natijalar shuni isbotladiki, ta’lim texnologiyalariga investitsiya qilish orqali o‘quv motivatsiyasini oshirish iqtisodiy o‘sish sur’atini tezlashtiradi, ijtimoiy mobillikni yaxshilaydi va davlatning raqobatbardoshligini mustahkamlaydi.

Nargiza Meliyeva

315-320

2025-10-07

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI KOMPYUTER IMITATSION MODELLAR ASOSIDA O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ekologik kompetentligini shakllantirish global ekologik muammolar sharoitida dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada STEAM ta’limi yondashuvi va atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning ekologik kompetentligini takomillashtirish masalasi tahlil qilinadi. Eksperimental tadqiqot natijalari STEAM yondashuvi bilan ekologik faoliyatni uyg‘unlashtirish o‘qituvchilarning ekologik tafakkuri va mas’uliyatini shakllantirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

DILDORA MUSTAROVA

321-325

2025-10-07

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDAGI TA’LIM PLATFORMALARINING BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA QO‘LLANISHI

Mazkur maqolada sun’iy intellekt (SI) asosidagi ta’lim platformalarining boshlang‘ich sinflarda qo‘llanilishining afzalliklari, cheklovlari va istiqbollari tahlil qilinadi. Boshlang‘ich ta’lim pedagogika va psixologiya nuqtayi nazaridan o‘quvchilarning intellektual, ijodiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun poydevor hisoblanadi. Shu bois ta’lim jarayonida individual yondashuv, adaptiv platformalar, avtomatik baholash tizimlari, ovozli yordamchilar va gamifikatsiya elementlaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mahalliy tajribalar hamda xalqaro yondashuvlar qiyosiy o‘rganilib, texnik infratuzilma, o‘qituvchilar malakasi, kontent sifati va axborot xavfsizligi kabi muammolar tahlil qilinadi.

SHOIRA NIMATULLOYEVA

326-330

2025-10-07

ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI ONA TILI DARSLARIDA QO‘LLASHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada zamonaviy taʼlim texnologiyalarining ona tili darslarida qoʻllanishi orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Interaktiv metodlar, AKT vositalari, raqamli platformalardan foydalanish orqali o‘quvchilarda til kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik asoslari ochib berilgan. Ona tili darslarida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘zbek va xorijiy olimlarning ilmiy qarashlari, tadqiqot natijalari tahlil qilingan.

AZIZA NORMUROTOVA

331-333

2025-10-07

TA’LIM-TARVIYAVIY JARAYONDA EKOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Ushbu maqolada ekologik madaniyat tushunchasi va uning yoshlar ongida shakllanishi masalasi yoritilgan. Muallif ekologik ongning shakllanishida ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik tashabbuslarining o‘rni va ahamiyatini tahlil qiladi. So‘rovnoma asosida talabalar orasida ekologik madaniyatning hozirgi holati baholanib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.

ORZU OMONTURDIYEV

334-337

2025-10-07

INTERAKTIV METODLAR ASOSIDA TALABALARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqola interaktiv ta’lim metodlari yordamida talabalarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish yo‘llarini o‘rganadi. Maqolada interaktiv metodlarning mohiyati, ularning kreativlikni oshirishdagi o‘rni, zamonaviy raqamli vositalar bilan birgalikda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Metodologiya adabiyotlar tahlili va amaliy tajribalarga asoslangan bo‘lib, natijalar ta’lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha takliflar shaklida keltirilgan.

SHIRIN PANJIYEVA

338-340

2025-10-07

METHODOLOGY FOR VISUAL TEACHING OF THERMODYNAMIC PROCESSES USING DIGITAL TECHNOLOGIES

In recent years, digital technologies have increasingly penetrated the educational process, significantly transforming physics education. This article explores the use of computer simulations, virtual laboratories, augmented reality (AR), and virtual reality (VR) in teaching physics. It emphasizes the advantages of applying these tools in thermodynamics, where students can visualize processes, conduct experiments independently, and enhance motivation. The study also highlights challenges such as teachers’ insufficient readiness and unequal access to technological resources, while suggesting solutions to address these issues.

PARDAYEVA KIBRIYO ZAFAR QIZI

341-343

2025-10-07

KREDIT MODUL TIZIMI SHAROITIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASH JARAYONIDA DEONTOLOGIK MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNI MODELLASHTIRISH

Maqolaning maqsadi O‘zbekiston va xorijiy tadqiqotlar tahlili asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni deontologik madaniyatni o‘qitish konsepsiyasiga va sifatli ta’limga bo‘lgan turli yondashuvlarni aniqlash va ochib berishdan iborat. Ushbu masalani o‘rganishning asosiy usullari tahlil, deduksiya va induksiya, taqqoslash va umumlashtirish bo‘lib, ular oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarning deontologik madaniyat komponentlarini shakllantiruvchi kasbiy kompetensiyalar va ko‘nikmalarni har tomonlama o‘rganishga, shuningdek, oliy ta’lim tizimining rivojlanishi va sifati asosida talabalarning pedagogik kompetensiyalari va sifatlarini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda usullarini ko‘rsatib berishga yordam beradi. Maqolada nazariy va amaliy asoslarni ilmiy umumlashtirish, metodlar samaradorligini metodik ishlab chiqish orqali bo‘lajak o‘qituvchilarni deontologik madaniyat komponentlarini pedagogik o‘zaro ta’sirga va sifatli o‘qitishga tayyorlash muammosi ochib beriladi; talabalar va o‘qituvchilarni axborot bilan ta’minlashning o‘quv-uslubiy jihatlari tavsiflanadi; tizimli ravishda o‘rganilayotgan ta’lim tizimidagi modernizatsiya jarayonlari asoslanadi; o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida ta’lim jarayoni mazmunini va bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda deontologik madaniyat komponentlarini takomillashtirish g‘oyalari keltiriladi; oliy ta’lim muassasalarida kredit modul tizimi sharoitida deontologik madaniyatini shakllantirish jarayonini modellashtirish metodikasi tizimlashtirilib beriladi.

RA’NO PARDAYEVA

344-355

2025-10-07

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TA’LIMDAGI O‘RNI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli, imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Hozirgi davrda dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar nafaqat iqtisodiyot va ishlab chiqarish sohalarida, balki ta’lim tizimida ham chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu tadqiqotda raqamli vositalarning o‘qitish samaradorligiga ta’siri, masofaviy ta’lim imkoniyatlari, elektron resurslardan foydalanish, virtual laboratoriyalar, sun’iy intellekt yordami bilan o‘qitish, gamifikatsiya, interaktiv platformalar kabi texnologiyalar misolida yoritiladi. Yakunda, raqamli texnologiyalarni ta’limga tatbiq etishning afzalliklari, kamchiliklari hamda istiqbolli yo‘nalishlari haqida xulosalar beriladi.

MAFTUNA QAHHOROVA

356-358

2025-10-07

MUSIQA TA’LIMIDA MULTIMEDIA VOSITALARINING O‘QUVCHILARNING TINGLASH KO‘NIKMASIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada musiqa ta’limi jarayonida multimedia vositalarining o‘quvchilarning tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Audio, video, interaktiv ilovalar va vizual dasturlar orqali o‘quvchilar musiqani chuqur anglaydi, tahlil qiladi va ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Shuningdek, maqolada tinglash faolligi, tinglab farqlash, nota balandligini aniqlash, ritmni idrok etish, hamda mustaqil o‘rganishga yordam beruvchi raqamli vositalarning amaliy foydalari bayon etilgan. Multimedia texnologiyalari yordamida musiqa darslari ko‘proq interaktiv, qiziqarli va samarali bo‘lishi ta’kidlangan.

MAXSUMA RUSTAMOVA, XILOLAXON BOTIROVA

359-361

2025-10-07

STEAM TA’LIMI VA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV (BOSHLANGʻICH SINFLAR MISOLIDA)

Ushbu maqolada STEAM-ta’limning asosiy xususiyatlari va uni boshlang‘ich sinflarda o‘qitish jarayoniga joriy etish samaradorligi ilmiy tahlillar asosida yoritiladi. Tadqiqotda STEAM yondashuvi orqali ta’lim jarayonida uslubiy darajada tizimlilik, shaxsiy yondashuv, harakatchanlik, kompetensiyaga yo‘naltirilganlik, integrativlik, texnologik va kommunikativ yondashuvlarning bir butun holda uyg‘unlashishi namoyon etiladi. Shuningdek, maqolada o‘quvchilarni amaliy faoliyatga jalb qilish, fanlararo bog‘liqlikni mustahkamlash hamda o‘qituvchining pedagogik mahoratini rivojlantirishdagi imkoniyatlar ham ochib berilgan.

NAVRO‘ZA SALOXITDINOVA

362-365

2025-10-07

O‘QUV JARAYONIDA KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA TIZIMLI FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Ushbu maqolada o‘quv jarayonida kognitiv yondashuv asosida talabalarda tizimli fikrlashni shakllantirish va rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari yoritilgan. Tizimli fikrlash – bu murakkab axborotni tahlil qilish, uni mantiqiy va bog‘liqlikda ko‘ra olish, muammolarni aniqlash va ularni yechishga yo‘naltirilgan kognitiv faoliyatdir. Kognitiv yondashuv orqali talabalarning aqliy salohiyati, muammoga yondashish uslublari, qaror qabul qilish va reflektiv fikrlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Maqolada kognitiv yondashuvga asoslangan o‘quv metodlari, mashg‘ulot dizayni va didaktik vositalar orqali tizimli fikrlashni rivojlantirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Muallif ushbu jarayonni amaliy jihatdan samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan sharoitlar va texnologiyalarni ham ochib beradi.

SHOHSANAM SAMATOVA

366-369

2025-10-07

VATANPARVARLIK QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISHGA OID XORIJIY TAJRIBALAR

Mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy, tarixiy va geografik farqlarga qaramay, ularning barchasi yoshlarda ham, umuman jamiyatda ham vatanparvarlikni tarbiyalashda o‘xshash muammolarga duch kelmoqda. Boshqa mamlakatlarning yuzaga keladigan muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish usullarining qo‘llanilishini o‘rganish o‘z fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy strategiyasini ishlab chiqishga, o‘z amaliyotini yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga olib kelib, dunyodagi o‘zgarishlarga moslashuvchan tarzda javob berishga yordam berishi mumkin.

JANABAY SEITKASIMOV

370-374

2025-10-07

SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA TA'LIMDA DINAMIK VA MULTIMEDIYA DIDAKTIK MATERIALLARINI QO'LLASHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Ushbu maqolada sun'iy intellekt texnologiyalari yordamida ta'lim jarayonida dinamik va multimediya didaktik materiallarini yaratish va qo'llashning nazariy asoslari va amaliy yo'llari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida zamonaviy AI vositalarining ta'lim samaradorligini oshirishdagi roli, shaxsiylashtirilgan ta'lim yondashuvlarini amalga oshirish imkoniyatlari va didaktik materiallarni avtomatik generatsiya qilish jarayonlari o'rganilgan. Olingan natijalar sun'iy intellekt yordamida ta'lim materiallarini dinamik ravishda moslashtirishning istiqbolli yo‘llarini ko'rsatmoqda.

MIROLIM SHODMONQULOV

375-379

2025-10-07

“QIZIQARLI ASTRONOMIYA VA TARIXIY SANALAR KECHASI” TADBIR SENARIYSI VA ASTRONOMIK KECHALARNING TA`LIMDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada fan oyliklari doirasida maktabda o‘tkaziladigan dars va darsdan tashqari tadbirlarning ahamiyati yoritilgan. Tadbirlarning o‘quvchilarda fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning bilim samaradorligini ta’minlash hamda mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvini shakllantirishdagi o‘rni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, maqolada “Qiziqarli astronomiya va tarixiy sanalar kechasi” tadbirining namunaviy ssenariysi keltirilib, unda buyuk olimlar merosini o‘quvchilar ongiga singdirish, milliy va jahon ilm-fani yutuqlarini uyg‘unlashtirish bo‘yicha tajribalar bayon etilgan. Tadbirni tashkil etish jarayonida qo‘llangan pedagogik-uslubiy yondashuvlar o‘quvchilarda motivatsiyani oshirish va fanlarni qiziqarli o‘rganishga undashda samarali vosita sifatida baholangan.

MAVLUDA SHUKUROVA, DILNAVOZ KAMALOVA

380-384

2025-10-07

JON FAULZ IJODINING UCH DAVRI VA UNDAGI MAVZU VA USLUBIY IZLANISHLAR

Maqolada ingliz postmodern yozuvchisi Jon Faulz ijodining bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda adibning asarlari shartli ravishda uch davrga ajratilib o‘rganiladi: birinchi davr – ekzistensial muammolarga murojaat va inson erkinligi masalalarini badiiy talqin qilish; ikkinchi davr – postmodern tajribalar, intertekstual o‘yinlar va roman janrida yangi uslublarni sinash; uchinchi davr – falsafiy umumlashmalar, hayot va san’at mohiyatini mushohada etish. Har bir davrda Faulz ijodining mavzu doirasi, badiiy uslub va estetik qarashlardagi o‘zgarishlar bosqichma-bosqich tahlil qilinib, yozuvchining ingliz adabiyotidagi o‘rni yoritib beriladi.

BAXTIGUL SODIQOVA

385-388

2025-10-07

INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLAB, RANGTASVIR ASOSIDA TALABALARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI

Ushbu maqolada innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda rang-tasvir asosida talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning samarali yo‘llari asosida tahlil qilinadi. XXI-asrda ilm-fan va texnologiya taraqqiyoti sharoitida estetik did, kreativ tafakkur va muammolarni mustaqil hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb masala sifatida qaraladi. Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, vizual metodlar, raqamli vositalar hamda hamkorlikda ijod qilish jarayonining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, rang-tasvir vositalaridan foydalanish orqali talabalarning shaxsiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

ZUXROXON SOHIBOVA

389-392

2025-10-07

ZAMONAVIY MAKTAB O‘QUVCHILARINI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA KOGNITIV-PSIXOLOGIK TO‘SIQLARNING TA’SIRI

Ushbu maqolada zamonaviy maktab o‘quvchilariga maʼnaviy-axloqiy tarbiya berishda yuzaga keluvchi kognitiv-psixologik to‘siqlar, ularning turlari tavsiflangan. Maʼnaviy-axloqiy tarbiyada yuzaga keluvchi kognitiv-psixologik to‘siqlarni oldini olish choralari bayon qilingan.  

HASAN TO‘XTAYEV

393-396

2025-10-07

O‘QUVCHILAR MOTIVINI RIVOJLANTIRISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ta‘lim-tarbiyaviy faoliyatlarni tashkil etishga zamonaviy yondashuv ta‘lim bilan amaliyot integratsiyasi orqali modulli ta‘lim asosida bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning psixologik asoslari ko‘rsatilgan. 

MUNAVVAR TOJILOVA

397-400

2025-10-07

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHISINING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGINI XALQAROLASHTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisining kasbiy-metodik tayyorgarligini xalqarolashtirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Globalizatsiya jarayonida ta’lim sifatini oshirish uchun xalqaro tajribalarni o‘rganish va ularni milliy tizimga integratsiya qilish dolzarb masaladir. Tadqiqotda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metodlar, xalqaro sertifikatlash tizimlari, qo‘shma dasturlar va pedagogik texnologiyalarning samaradorligi tahlil qilindi. Xalqaro standartlarga mos pedagogik mexanizmlarni joriy etish orqali bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari rivojlantirilishi mumkin.

DOSTON TURDALIYEV

401-404

2025-10-07

XXI ASR TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDA ELEKTRON LUG‘ATLAR: RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida elektron lug‘atlardan foydalanishning dolzarbligi, ahamiyati va istiqbollari keng yoritilgan. Muallif elektron lug‘atlarning shakllanish tarixi, rivojlanish bosqichlari, lingvistik imkoniyatlari hamda zamonaviy o‘quv amaliyotidagi o‘rni haqida ilmiy tahlil olib boradi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan yangi avlod elektron lug‘atlarining o‘quvchi faoliyatini yengillashtirishdagi, ta’lim samaradorligini oshirishdagi va bilim sifatini yaxshilashdagi funksiyalari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot davomida an’anaviy hamda elektron lug‘atlar qiyosiy o‘rganilib, ularning afzalliklari, kamchiliklari va kelgusidagi rivojlanish tendensiyalari yoritilgan.   

MATLUBA TUROBOVA

405-407

2025-10-07

TALABALARNING GAPIRISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTERAKTIV YONDASHUVNING MAZMUNIY JIHATLARI

Mazkur maqolada interaktiv yondashuvning talabalarning gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi mazmuniy jihatlari yoritilgan. Xorijiy tilni o‘qitishda interaktiv metodlardan foydalanishning nazariy asoslari, ularning talabalarning kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdagi ahamiyati va amaliy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari interaktiv yondashuv asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlarning talabalarni faollikka undashi, hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash va madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.

IRODA TURSUNOVA

408-411

2025-10-07

XXI ASRDA ILM-FAN TARAQQIYOTINING ASOSIY TENDENSIYALARI VA XUSUSIYATLARI

XXI asrda ilm-fan taraqqiyoti insoniyat hayotining barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt, avtomatizatsiya, biotexnologiyalar, raqamli ta’lim, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish kabi yo‘nalishlar zamonaviy ilm-fanning asosiy tendensiyalariga aylangan. Bu jarayonlar nafaqat texnik yutuqlarni, balki axloqiy, ijtimoiy va madaniy mas’uliyatni ham talab qilmoqda. Ilm-fan taraqqiyoti jamiyatning innovatsion salohiyatini oshirish, inson salomatligini yaxshilash, ekologik muammolarga yechim topish va ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘zbekiston misolida, raqamli transformatsiya, ekologik innovatsiyalar, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash va xalqaro ilmiy hamkorlik orqali bu tendensiyalar amaliy shaklga kirib bormoqda. XXI asr ilm-fani – bu faqat texnologik yutuqlar emas, balki insoniyat kelajagini shakllantirishga xizmat qiluvchi kompleks ijtimoiy-huquqiy va madaniy harakatdir.

BAHXTIYOR XADJIMATOV

412-417

2025-10-07

NEYROPEDAGOGIKA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMIDA

Maqolada jadal rivojlanayotgan ilmiy yo‘nalish – neyropedagogikaning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ta’lim jarayonida bilimlarni samarali o‘zlashtirish, o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish hamda shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashda neyropedagogik yondashuvlarning imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya, innovatsion metodlar va interaktiv texnologiyalar orqali ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etishda neyropedagogikaning roli alohida ta’kidlangan.

MAMIRJAN XALMIRZAYEV

418-421

2025-10-07

O‘RTA MAKTAB 11-SINF O‘QUVCHILARINING LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISHDA TURLI METODLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘rta maktab 11-sinf o‘quvchilarining lug‘at boyligini oshirishda turli metodlarning o‘rniga bag‘ishlangan. Ishda lug‘at boyligi tushunchasining nazariy asoslari yoritilgan, an’anaviy va innovatsion metodlar tahlil qilingan hamda ularning samaradorligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirishda samarali ekanini ko‘rsatdi. Ish amaliy tavsiyalar bilan yakunlangan.

RUXSHONA XAMZAYEVA

422-427

2025-10-07

TIBBIYOT TALABALARDA XATOLIKLAR NAZARIYASIDA FIZIK XUSUSIYATLARI NING METODIKASINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH

Biofizika sohasi tarmoqlari hozirgi kunda ko ‘pgina yo‘nalishlarda xususan tibbiyot sohasida ko‘plab yutuqlarga erishilmoqda. Zamonaviy tibbiyot asosida biofizika faninig tamoyillari yotadi. Biofizikaning rivojlanishi bevosita tibbiyot sohalarining rivojlanishiga bog‘liqdir darhaqiqat zamonaviy tibbiyot asboblarining ko‘pchiligi fizika fani qonuniyatlariga asoslangan bo ‘lib ular fizik asbolar bilan hamda fizikafani qonuniyatlari bilan ishlaydi.

YULDUZXON XAYITOVA

428-432

2025-10-07

XORIJ TAJRIBASI ASOSIDA SURXONDARYO VILOYATIDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida sanoatni rivojlantirish hozirgi davrda butun dunyo e’tiborida bo’lib turgan mavzulardan biri ekanligi yoritilgan. Surxondaryo viloyatidagi raqamli infratuzilma, raqamli iqtisodiyotga o’tishdagi muammolar va to’siqlar ko’rsatib o’tilgan. Surxondaryo viloyatidagi raqamlashtirishda yuzaga kelayotgan muammolarga xorij tajribalari asosida  yechimlar va takliflar keltirilgan.

SHAHZOD SHAYDULOV, ISLOMBEK XODJAQULOV, AKBAR MAMATOV

433-439

2025-10-07

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KASBIY FAOLIYATIDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

Ushbu maqolada bo‘lajak pedagoglarda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Mazkur jarayonning nazariy hamda amaliy jihatlari xalqaro tajribalar asosida tahlil qilinib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi mavjud holat bilan qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishning ilmiy-metodik asoslari ishlab chiqildi hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishning samarali yo‘llari taklif etildi. Maqolada ilgari surilgan g‘oyalarning asosiy maqsadi — bo‘lajak pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini mustahkamlash orqali ta’lim sifatini oshirish va raqamli texnologiyalardan samarali foydalana oladigan malakali pedagogik kadrlarni tayyorlashdan iborat.

MAXLIYO XOLMАTOVА

440-444

2025-10-07

INKLYUZIV TA’LIMNING QADRIYATLARI VA TAMOYILLARI

Maqolada nogironligi bor shaxslar uchun Salamanka deklaratsiyasida inklyuziv ta’lim beruvchi muassasa sifatida umumta’lim maktabi, o‘quv jarayoniga yordam beradigan va individual ehtiyojlarni qondiradigan muassasa sifatida aks ettirilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya, konvensiya tamoyillari, insonning qadriyatlarini hurmat qilish, uning tanlash erkinligi va mustaqilligini hurmat qilish, haqida. Inklyuziv ta’lim barcha bolalarning ruhiy - jismoniy holatidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlashga qulay imkoniyat yaratishi, haqida bayon etilgan.

NAFISA XUJAYAROVA

445-448

2025-10-07

MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA EKOLOGIK-GIGIYENIK TARBIYA BERISH SHARTLARI

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari orqali ekologik-gigiyenik tarbiya berishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tabiatni anglash jarayonida bolalarda ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabat hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish odati shakllanishi muhimligi asoslab berilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish shartlari, metodik yondashuvlar va pedagogik imkoniyatlar haqida ilmiy mulohazalar bildirilgan. Maqolada ekologik-gigiyenik tarbiya natijasida bolalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, tabiatni asrash va himoya qilishga mas’uliyat hissi kuchayishi ta’kidlangan.

GUZAL XURRAMOVA

449-452

2025-10-07

ТРАНСФОРМАЦИЯ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ПОДХОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ

В статье рассматриваются современные тенденции трансформации междисциплинарных подходов в преподавании физической культуры в образовательных учреждениях. Акцент сделан на интеграции знаний из смежных областей — таких как биология, история, психология, педагогика и информационные технологии — в процесс физкультурного образования. Анализируются методические и практические аспекты внедрения междисциплинарных стратегий, направленных на повышение мотивации обучающихся, формирование устойчивых навыков здорового образа жизни и развитие целостного понимания роли физической активности в жизни человека. Представлены примеры эффективной реализации междисциплинарных проектов и технологий, а также обсуждаются перспективы дальнейшего развития этого подхода в контексте требований современной образовательной среды.

РУШЕН АЗИЗОВА

453-457

2025-10-07

НАПРАВЛЕННОЕ РАЗВИТИЕ КООРДИНАЦИИ У ПЛОВЦОВ ГРУППЫ УТГ- 1

Координационные способности играют ключевую роль в плавании, обеспечивая точность движений, синхронизацию и адаптацию к водной среде. В статье рассматриваются особенности направленного развития координационных способностей у юных пловцов, занимающихся в учебно-тренировочной группе первого года обучения (УТГ-1). Освещены теоретические основы формирования координации, её роль в успешном освоении техники плавания и повышения спортивных результатов. Рассмотрены методы и средства развития координационных качеств, приведены примеры упражнений и тренировочных заданий.

ЭЛЬНОРА АСКЕРОВА , РУШЕН  АЗИЗОВА

458-461

2025-10-07

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ОБУЧЕНИЯ ПЛАВАНИЮ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Статья рассматривает психологические аспекты обучения плаванию детей дошкольного возраста, подчеркивая важность эмоционального комфорта и мотивации. Автор анализирует влияние страхов и тревожности на процесс обучения, а также предлагает методы для их преодоления. Обсуждаются особенности восприятия воды детьми и роль родителей в создании позитивной атмосферы. Исследование направлено на улучшение педагогических подходов и формирование у детей уверенности в своих силах, что способствует успешному освоению навыков плавания. Освещаются вопросы формирования положительной мотивации, преодоления страха воды, развития уверенности и самостоятельности у ребёнка. Особое внимание уделено роли игровой деятельности, эмоционального комфорта и педагогической поддержки в процессе обучения.

ЗАРИНА АЮПОВА, РУШЕН АЗИЗОВА

462-465

2025-10-07

ТОП ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ЦИФРОВОЙ СРЕДЕ XXI ВЕКА

Проблема применения цифровых ресурсов в образовательном процессе не нова. Информационные технологии стали частью образовательного процесса. Автор выделяет основные направления использования ИТ в практике обучения. Особое место отводится ключевым ИТ-технологиям из ТОП-10, которые выделены Институтом образовательных технологий Открытого университета Великобритании как инновации года (преподавание с использованием ИИ-инструментов, метавселенные для образования, педагогика заботы в цифровой среде, педагогика смешанного и гибридного обучения).

ЛЮБОВЬ БУРКОВА

466-469

2025-10-07

ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ РУССКОГО ЯЗЫКА С ПРИМЕНЕНИЕМ СОВРЕМЕННЫХ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ (МОДЕЛИРОВАНИЕ УРОКОВ) В ШКОЛЕ С УЗБЕКСКИМ ЯЗЫКОМ ОБУЧЕНИЯ

В работе рассматриваются современные педагогические технологии, применяемые на уроках русского языка в школах с узбекским языком обучения. Особое внимание уделяется инновационным методам, направленным на развитие критического мышления, самостоятельности и творческого потенциала учащихся. Автор анализирует эффективность таких технологий, как проектное обучение, проблемное обучение, дидактические игры, использование кластеров, синквейнов и информационно-коммуникационных технологий. Подчеркивается необходимость создания адаптивного урока, который сочетает различные методики и обеспечивает условия для активного участия каждого ученика в учебном процессе. Работа также раскрывает значение внеурочной деятельности и нетрадиционных форм заданий для формирования устойчивой мотивации к изучению русского языка и литературы.

МУСЛИМА ИМАМКУЛОВА

470-475

2025-10-07

МЕТОДЫ ФОРМИРОВАНИЯ РЕФЛЕКСИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У УЧАСТНИКОВ КУРСОВ ПОВЫШЕНИЯ КВАЛИФИКАЦИИ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

Тезис систематизирует ключевые модели рефлексивного обучения  и предлагает практические инструменты формирования рефлексивной компетентности у слушателей курсов повышения квалификации преподавателей английского языка. Цель – обосновать и адаптировать эффективные методики для условий Узбекистана. Методология включает аналитический обзор международных источников, сопоставление с национальным контекстом и обобщение действующих практик (наставничество, Lesson Study, видеоанализ уроков, рефлексивные дневники, разбор «критических инцидентов»). Результат – комплекс мер: индивидуальные (дневник, портфолио, самооценка, видео- и пострефлексия) и групповые (взаимонаблюдение, менторские сессии, профессиональные сообщества) с поэтапной логикой внедрения от простых процедур к продвинутым. Практическая значимость – набор адаптационных рекомендаций для модулей ПК (структура заданий, вопросы для рефлексии, механизмы сопровождения). Новизна – операционализация международных моделей под местные культурно-организационные условия, баланс внешней экспертной оценки и самооценки педагога.

ЕЛЕНА МУСТАЕВА

476-484

2025-10-08

ТРАНСФОРМАЦИЯ ФОРМИРОВАНИЯ ЦЕННОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

В статье рассматривается процесс трансформации формирования ценностных отношений у младших школьников в контексте современных образовательных и социокультурных изменений. В статье анализируются ключевые аспекты, влияющие на развитие ценностных ориентаций у детей, включая роль семьи, школы и общества в целом. Особенное внимание уделяется методам и стратегиям воспитания, которые способствуют формированию устойчивых ценностных отношений, таких как уважение, дружба, ответственность и толерантность. Исследуются также влияние цифровых технологий и медиа на восприятие ценностей младшими школьниками. В заключении подчеркивается необходимость комплексного подхода к воспитанию, который учитывает динамику изменений в обществе и потребности детей, что позволит создать благоприятную среду для развития их личностных и социальных качеств.

НОДИРА РАИМЖАНОВА

485-488

2025-10-08

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРФОЭПИЧЕСКИ ПРАВИЛЬНОЙ РЕЧИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ НА ОСНОВЕ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ С РОДИТЕЛЯМИ

В младшем школьном возрасте преимущественно происходит интенсивный процесс усвоения норм языка. Поэтому именно обучение в начальной школе играет огромную роль в развитии и становлении навыков грамотной устной речи ребёнка. Сама работа по развитию речи детей многогранна.

А.Е Крылова, Ф.К. Уракова

489-492

2025-10-08

ОБОГАЩЕНИЕ СЛОВАРЯ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ СРЕДСТВАМИ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

XXI век постоянно добавляет в жизнь людей новый поток информации и новые слова. Хорошо развитая и богатая речь, помогает передавать опыт и знания предыдущего поколения, она же служит идеальным средством для полноценного развития личности. В связи с этим проблема развития словаря младших школьников в современной педагогике становится особенно актуальной.

Д.К. Оганесян, Ф.К. Уракова

493-495

2025-10-08

ПОТЕНЦИАЛ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ПРОГРАММ ДОПОЛНИТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ ФИЗКУЛЬТУРНО-СПОРТИВНОЙ НАПРАВЛЕННОСТИ ДЛЯ ЛИЧНОСТНОГО РАЗВИТИЯ ПОДРОСТКОВ

Дополнительное образование детей и подростков осуществляется на основе реализации дополнительных общеобразовательных программ, которые выходят за рамки основных программ, имеют свои образовательные цели и задачи, а также планируемые результаты.

Ю.В. Помилуйко , Ф.К. Уракова

496-500

2025-10-08

РАЗВИТИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ ОБУЧАЮЩИХСЯ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ РЕФЛЕКСИВНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА

Современное общество требует от людей функциональной грамотности, способности работать на результат и достигать социально-значимых целей. Одной из главных задач школьного образования является создание основ для развития у учащихся таких качеств, как умение самостоятельно добывать, анализировать, структурировать и эффективно использовать информацию для наиболее эффективной самореализации и проактивного участия в жизни общества.

Ф.К. Уракова

501-503

2025-10-08

ПСИХОДИАГНОСТИЧЕСКИЙ ИНСТРУМЕНТАРИЙ ПО ПРОФИЛАКТИКЕ СНИЖЕНИЯ УСПЕВАЕМОСТИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ПО МАТЕМАТИКЕ

Одной из актуальных проблем современной системы образования выступает неуспеваемость детей по математике в начальной школе. Данная проблема актуальна не только для педагогов и родителей, но и самих младших школьников. В этой связи исследование психолого-педагогических причин неуспеваемости по математике младших школьников и путей их преодоления выступает важным направлением и явлением педагогической действительности. Авторы приводят результаты трёх диагностик: А.А. Горчинской («Познавательная активность младшего школьника» и «Познавательная  самостоятельность младшего школьника») и «Последовательность событий»  А.Н. Бернштейна.

САМИРА ХАТКОВА , ЛЮБОВЬ БУРКОВА

504-507

2025-10-08

IJTIMOIY TARMOQLAR VA ZAMONAVIY SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ ERTAKLARINING ROLI

 Maqolada ijtimoiy tarmoqlar davrida xalq ertaklarining o‘rni va ularning zamonaviy shaxs tarbiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Internet va raqamli texnologiyalar yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda kuchli omil bo‘lib, xalq og‘zaki ijodining qadimiy janrlari, xususan, ertaklarning ahamiyati qayta baholanmoqda. Xalq ertaklari orqali milliy identitet, ma’naviy qadriyatlar va axloqiy mezonlar ijtimoiy tarmoqlar yordamida keng yoyilmoqda.

ONARXOL AMANOVA

509-511

2025-10-08

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQALAYOTGAN RADIKAL G‘OYALARGA QARSHI KURASHISHDA YOSHLAR ORASIDA MAFKURAVIY IMMUNITETINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY MUAMMOLARI

Globallashuv davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi yoshlarning dunyoqarashi va ma’naviy olamiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur jarayon bilan bir qatorda turli buzg‘unchi g‘oya va oqimlarning targ‘iboti ham kuchayib, mafkuraviy tahdidlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bois yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. Maqolada raqamli axborot makonida destruktiv g‘oyalarning tarqalish xususiyatlari, ularning yoshlar ongiga ta’siri hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasining nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Adabiyotlar tahlili asosida xalqaro tajribalar o‘rganiladi, O‘zbekistonda olib borilayotgan ishlar muhokama qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda zararli g‘oyalarga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari taklif etiladi.

ALISHER BAYMATOV

512-515

2025-10-08

ERGASHGAN QO‘SHMA GAPLARNING E. HEMINGUEY VA S. AHMADNING BADIIY MATNLARIDA FUNKSIONAL-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada ergashgan qo‘shma gaplarning funksional-semantik xususiyatlari E. Heminguey va S. Ahmadning badiiy matnlari misolida tahlil qilinadi. Adabiy asarlarda ergashgan qo‘shma gaplar matnning badiiy ifodaviyligini, g‘oya va mazmunning mantiqiy izchilligini ta’minlashda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Hemingueyning ingliz tilida yaratilgan hikoya va romanlarida hamda S. Ahmadning o‘zbek adabiyotidagi asarlarida qo‘llanilgan ergash gaplar sintaktik qurilish, semantik yuklama va funksional imkoniyatlari jihatidan qiyosiy o‘rganiladi. Tahlil jarayonida yozuvchilarning uslubiy mahorati, jumla qurilishidagi iqtisodiylik va ixchamlik (Heminguey ijodida), shuningdek, xalqona ohang va milliy badiiy an’analarga tayanish (S. Ahmad asarlarida) alohida yoritiladi. Maqola natijasida ergashgan qo‘shma gaplarning matndagi estetik vazifasi, uslubiy xoslanishi va ularning adabiy nutqda tutgan o‘rni aniqlanadi.

O‘G‘ILOY BOZOROVA

516-520

2025-10-08

TILSHUNOSLIKDA EMOTSIONAL DEYKSIS VA UNING IJTIMOIY MASS-MEDIA DISKURSI MISOLIDAGI TAHLILI

Ushbu maqolada jahon tilshunosligida ko‘plab tilshunoslar tomonidan atroflicha fikr yuritilgan deyksis hodisasi, uning turlari haqida so‘z boradi. Ayniqsa, emotsional deyksis masalasiga alohida to‘xtalinib, uning ijtimoiy mass-media diskursidagi namunalari tahlil qilindi. Mavzu o‘zbek tilshunosligida tadqiq etilmaganligi bois dolzarb va ahamiyatlidir.

DILNOZA ESONTURDIYEVA

521-523

2025-10-08

TALABALARDA VATANPARVARLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING MOHIYATI VA AHAMIYATI

Ushbu maqolada talabalarning vatanparvarlik tarbiyasini shakllantirish va takomillashtirishda darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni, xususan, tarixiy obidalarga asoslangan faoliyatlarning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot davomida tarixiy yodgorliklarga tashrif buyurish orqali talabalar qalbida milliy iftixor, tarixiy xotira va o‘zligini anglash tuyg‘ulari shakllanishi aniqlangan. So‘rovnomalar, kuzatuvlar va suhbatlar asosida olingan ma’lumotlar talabalarning darsdan tashqari faoliyati ularning ma’naviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi. Maqolada bu boradagi samarador usullar va takliflar ham bayon etilgan.

BEHRUZ ISMOILOV

524-527

2025-10-08

SHAXS MA’NAVIY QIYOFASI RIVOJLANISHIGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING TA’SIRI

Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar va internetning o‘smirlar ma’naviy qiyofasining yuksalishiga ta’siri yoritilgan bo‘lib, zamonaviy texnologiya keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlar, xususan, texnokratik qarashlar, sun’iy intellekt tizimli ravishda ilmiy tahlil qilingan.

JAMSHID JABBOROV

528-533

2025-10-08

BUXORO AMIRLIGI QULCHILIK MUNOSABATLARINING TARIXIY ILDIZLARI

Ushbu maqolada Buxoro amirligi qulchilik munosabatlarining tarixiy asoslari, shakllanish bosqichlari o‘rganilgan hamda mang‘itlar davridagi qulchilik shayboniylar va ashtarxoniylar davridagi qulchilik bilan qiyosiy tahlil etiladi. Shuningdek maqolada Buxoro feodal jamiyatida qullarning o‘rni va ulardan foydalanish tartibi hamda qulchilikning asoslari va manbalarini yoritishga e’tibor qaratilgan.

KARОMATILLО KURBANОV

534-537

2025-10-08

SHAXSNING RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY TARMOQLARNING AFZALLIKLARI VA XAVFLARI

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy shaxs rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Unda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishning inson hayotidagi afzalliklari va xavflari to‘g‘risida mulohaza yuritiladi. Tadqiqot  yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarga munosabati misolida tahlil qilinib, ularning shaxsiy rivojlanishiga ta’siri aniqlanadi. Maqoladan olingan xulosalar ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarda hamda ta’lim jarayonida qo‘llanilishi mumkin.

SEVINCH NAZIROVA

538-540

2025-10-08

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING INTIZOMIY TARBIYASINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida intizomiy tarbiyani shakllantirish jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati yoritilgan. Intizomiy tarbiya o‘quvchilarda mas’uliyat, tartib-intizom, o‘zini nazorat qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib, bu jarayonni samarali tashkil etishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishning o‘rni tahlil qilingan.

MUATTAR PANJIYEVA

541-545

2025-10-08

GENDER XUSUSIYATLARI VA KOMMUNIKATIV STRATEGIYA

Ushbu maqolada gender xususiyatlari va kommunikativ strategiyalar o‘zaro aloqadorlikda tahlil qilinadi. Feminist, standpoint, muted group hamda intersectionality nazariyalari asosida kommunikativ amaliyotda yuzaga keladigan kuch tuzilmalari, identitet va marginal holatlar yoritilgan. Tadqiqot nazariy asoslarni amaliy misollar bilan bog‘lab, turli sohalarda – ta’lim, ishchi muhit, siyosiy hamda madaniy maydonlarda – samarali muloqotni rivojlantirish, tenglik va inklyuzivlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflar beradi. Maqola genderga asoslangan kommunikativ tafovutlarni ongli ravishda tahlil qilishning shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun ahamiyatini ham ko‘rsatib o‘tadi.

MAVJUDA QARAYEVA

546-550

2025-10-08

QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA TAYYORLASHDA OTA TARBIYASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Ushbu maqolada otalarning qiz farzand tarbiyasidagi o‘rni va mas’uliyati tahlil qilinadi. Unda otaning oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi hamda jamiyat va mamlakat taraqqiyotidagi beqiyos ahamiyati yoritib beriladi. Qizlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilib, ularning kelajakda barkamol shaxs sifatida shakllanishida otalarning ta’siri muhim omil ekanligi ta’kidlanadi. Shuningdek, ota-qiz munosabatlari orqali qizlarning iroda, xulq-atvor va ijtimoiy faolligini rivojlantirish imkoniyatlari ochib beriladi.

MАFTUNА QАYIMОVА

551-555

2025-10-08

GENDER LINGUISTICS IN UZBEK LINGUISTICS RESEARCH

Gender issues in linguistics have occupied a distinctive place in recent years. Gender linguistics is a scientific field that studies the social roles of men and women in language, the interaction of language and culture, and how gender-related expressions are formed and used in language. In Uzbek linguistics, gender issues have been relatively under-researched, although studies in this area have been increasing in recent years. This article discusses the role of gender linguistics in Uzbek linguistics, its development, the main directions of research, and its prospects for the future.

RUZIEVA RAYKHON ABDUKHALILOVNA

556-559

2025-10-08

ELEKTRON TA’LIM RESURSLARINI BAHOLASHNING TASHKILIY JIXATLARI

Elektron ta’lim resurslari (ETR) zamonaviy ta’lim tizimida muhim o‘rin egallamoqda. Ular ta’lim jarayonini samarali va qulay qilish imkoniyatini yaratadi. Biroq, ETR sifatini baholash va ularni takomillashtirish masalalari dolzarb ahamiyatga ega. Bu tadqiqotda ETRni baholashning tashkiliy jixatlari, ularning metodologik asoslari va amaliy qiymati o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ETR sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim olish samaradorligini yaxshilash va ta’lim tizimining umumiy sifatini takomillashtirish yo‘llarini taklif etadi.

AYNUR BAYMURZAEVA

560-563

2025-10-08

NOTO‘LIQ OILA FARZANDLARIDA OTAGA NISBATAN QADRIYATLI MUNOSABATLARNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY TARMOQLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada noto‘liq oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarda otaga nisbatan qadriyatli munosabatni shakllantirish masalasi yoritilgan. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning zamonaviy tarbiya vositasi sifatida tutgan o‘rni tahlil qilinib, ularning farzandlar ongiga otalik mas’uliyati va qadriyatlarini singdirishdagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.

RA’NO SAFOYEVA

564-566

2025-10-08

KIBERXAVFSIZLIK VA YOSHLAR: RAQAMLI XAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqola yoshlar orasida raqamli xavfsizlik madaniyatini shakllantirish muammolarini tahlil qiladi. So‘nggi yillarda internet va raqamli texnologiyalardan foydalanish yoshlar hayotida keng tarqaldi, shu bilan birga, kiberxavfsizlik tahdidlari ham ortib bormoqda. Tadqiqot adabiyotlarni tahlil qilish, onlayn so‘rovnoma va amaliy kuzatuv usullaridan foydalangan holda olib borildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, yoshlarning ko‘pchiligi oddiy parol ishlatadi, phishing xabarlarini aniqlay olmaydi va antivirus dasturlaridan muntazam foydalanmaydi. Maqolada yoshlar orasida raqamli xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish uchun ta’lim, ota-ona va jamiyatning roli, shuningdek, texnik vositalardan foydalanish zarurati ta’kidlanadi.

NOZIMJON SAYIDOV, A’ZAMJON DEHQONBOYEV , ZULHUMOR BURHANOVA

567-570

2025-10-08

YANGI O‘ZBEKISTONDA YOSHLAR AXLOQINI ME’YORLASHTIRISHNING ASOSIY OMILLARI

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekiston davrida yoshlar axloqini me’yorlashtirish jarayonining asosiy omillari tizimli ravishda tahlil qilingan. Jumladan, davlatning yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ta’lim va tarbiya tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning takomillashuvi, oilaning tarbiyaviy ta’siri, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi kabi omillarning axloqiy me’yorlarni shakllantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, global axborot maydonidagi tezkor o‘zgarishlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy madaniyatning yoshlar ongiga ta’siri ham tahlil etilib, ularning ijobiy va salbiy jihatlari ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalarida yoshlar axloqini mustahkamlashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish, ma’naviy immunitetni rivojlantirish, shuningdek, davlat va jamiyatning uzviy hamkorligini kuchaytirish zarurligi asoslab beriladi.

ABDUMALIK TOXIROV

571-575

2025-10-08

MAMLAKATIMIMIZDAGI SANOAT KORXONALARINI MOLIYAVIY BARQARORLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI

Mazkur maqolada mamlakatimizdagi korxonalarning moliyaviy barqarorligini rivojlantirishning ahamiyati hamda kelgusidagi masalalari ko‘rib chiqilgan. korxonalarning moliyaviy barqarorligi tahlil qilingan va ularning faoliyati bo‘yicha tegishli xulosalar shakllantirilgan.

FOZIL YULDASHEV

576-580

2025-10-08

ВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА РАЗВИТИЕ ЛИЧНОСТИ: ОТ САМОВЫРАЖЕНИЯ ДО ЗАВИСИМОСТИ

В статье рассматривается комплексное влияние социальных сетей на развитие личности современного человека. Анализируются позитивные и негативные аспекты использования социальных сетей в контексте формирования личностных качеств, самооценки и поведенческих паттернов. Особое внимание уделяется исследованию механизмов влияния социальных сетей на личностное развитие и формирование зависимости.

КОНСТАНТИН ОБУХОВ

581-585

2025-10-08

СОЦИАЛЬНЫЕ СЕТИ КАК ИНСТРУМЕНТ РАЗВИТИЯ ОБЩЕНИЯ: АНАЛИЗ ПРЕИМУЩЕСТВ И РИСКОВ

В статье рассматриваются социальные сети как современный инструмент коммуникации, анализируются их влияние на развитие навыков общения, преимущества и риски использования. Особое внимание уделяется исследованию трансформации межличностных отношений в условиях цифровой коммуникации.

АЛЕНА ОБУХОВА

586-589

2025-10-08

АНАЛИЗ И СРАВНЕНИЕ ЯЗЫКОВЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ГЕНДЕРНОЙ КОММУНИКАЦИИ НА ПРИМЕРЕ УЗБЕКСКОЙ И ИТАЛЬЯНСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ

Статья посвящена сравнительному анализу языковых особенностей гендерной коммуникации в произведениях узбекского писателя Чулпона и итальянской писательницы Матильде Серао. Рассматриваются различия в речевых стратегиях мужских и женских персонажей, влияние социокультурных факторов на выбор речевых средств. Анализ показывает, что в текстах Чулпона женская речь преимущественно сдержанна и косвенна, а у Серао — эмоциональна и экспрессивна. Выводы подчеркивают взаимосвязь языка и общества, отражение трансформации гендерных ролей в художественной литературе.

ГУЛЧЕХРА ХОДЖИЕВА

590-592

2025-10-08

XXI ASRDA ILMIY KASHFIYOTLARNING TURIZMDAGI IJTIMOIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

XXI asr ilm-fan rivojlanishi yangi bosqichga ko‘tarildi. Sun’iy intellekt, biotexnologiya, nanotexnologiyalar, kosmik tadqiqotlar kabi yutuqlar insoniyat taraqqiyotini tezlashtirdi. Shu bilan birga, ilmiy kashfiyotlarning axloqiy va ijtimoiy-madaniy oqibatlari ham keng muhokama qilinmoqda. Bugungi kunda ilmiy taraqqiyot faqat texnik va iqtisodiy emas, balki axloqiy tamoyillarga mos kelishi zarurligi ta’kidlanmoqda. Chunki kashf etilayotgan har bir innovatsion yutuq inson ongiga katta ta’sir etmoqda. Bugungi kunimizning bir bo‘lagiga aylanib qolgan texnalogiyalar ba’zan madaniyatimiz o‘zgarishida o‘z aksini topmoqda. Ilm-fan rivojlanishi uchun tadbiq etilayotgan qurilmalar biz uchun qanchalik foydali bo‘lishiga qaramay noto‘g‘ri foydalanishlar oqibatida o‘zimizga qarshi ishlamoqda.Ushbu maqolada ana shu muommolar va ularning yechimlari haqida.

MAFTUNA ASHUROVA, NAZOKAT JUMANIYOZOVA

594-596

2025-10-08

AXBOROT XAVFSIZLIGI MASALALARINI YECHISHNING TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O‘RNI VA FUNKSIYALARI

Ushbu maqolada axborot xavfsizligi masalalarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va funksiyalari tahlil qilingan. Tadqiqotda axborot xavfsizligini ta’minlashga oid zamonaviy yondashuvlar, ta’lim tizimida fanlararo integratsiyaning ahamiyati hamda o‘quvchilarda axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish omillari keng yoritilgan. Shuningdek, o‘quv jarayonida axborot xavfsizligi texnologiyalaridan samarali foydalanish orqali nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ko‘rsatib berilgan. Mazkur yondashuv ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish bilan birga, o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, mas’uliyat va axborot resurslaridan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

JASUR BOYMANOV

597-600

2025-10-08

SURXON VOHАSIDАGI ZIYORАT TURIZMI OBYEKTLАRI VА MUQАDDАS QАDАMJOLАR

Ushbu maqolada O‘zbekiston janubida joylashgan Surxon vohasidagi muqaddas qadamjolar va ziyorat turizmi obyektlari hamda ularning turizm sohasidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Surxondaryo hududi qadimdan diniy va ma’naviy meros maskani sifatida mashhur bo‘lib, bu yerda ko‘plab muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, madrasalar va tarixiy inshootlar mavjud. Ushbu obyektlar nafaqat mahalliy, balki xorijiy sayyohlar uchun ham alohida qiziqish uyg‘otadi. Maqolada vohaning ziyorat turizmida alohida o‘rin tutuvchi Said Otaliq madrasasi, Xo‘jayipok ziyoratgohi, Xo‘jamayxona kabi muqaddas maskanlar haqida batafsil ma’lumot keltiriladi.

NURALIBEK BOZAROV

601-606

2025-10-08

SURXON VOHASI AHOLISINING JAMOAVIY VA OILAVIY MAROSIMLARI VA UNING TARBIYAVIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada Surxon vohasi aholisining jamoaviy va oilaviy marosimlarning tasnifi uning inson hayotidagi o‘rni hamda tarbiyaviy ahamiyati bilan bog‘liq jihatlar tahlil etilgan.

RAVSHAN BURIYEV

607-612

2025-10-08

IRIM-SIRIM HODISASINING LINGVISTIK TALQINI VA KONSEPTUAL ASOSLARI

Ushbu maqolada irim-sirim hodisasining lingvistik talqini va konseptual asoslari yoritiladi. Irim-sirimlar xalq tafakkurining qadimiy qatlamini aks ettiruvchi lingvistik hodisa sifatida qaraladi. Ularning mif, afsona, omen va sehr-jodudan farqli xususiyatlari, shuningdek, frazeologik, pragmatik va konseptual jihatlari tahlil qilinadi. Xususan, xalq tafakkuridagi “omad”, “xatar”, “tabu”, “himoya” kabi konseptlarning irim-sirimlar orqali til birliklarida qanday kodlanishi izohlanadi.

G’AYRAT HAFIZOV

613-616

2025-10-08

TIL VA MADANIYATNING O‘ZARO MUNOSABATI

Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq hodisalardir. Til jamiyatning ijtimoiy hayoti, qadriyatlari, an’analari va urf-odatlarini ifodalovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Madaniyat esa til orqali shakllanadi, rivojlanadi va keyingi avlodlarga yetkaziladi. Til insonning dunyoqarashini belgilab, madaniyatni anglash va tushunishga imkon yaratadi. Shu bilan birga, madaniyat tildagi so‘z boyligi, iboralar, metaforalar hamda ramzlar orqali ifodalanadi. Til va madaniyatning o‘zaro ta’siri milliy tafakkur, mentalitet va ijtimoiy ong shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli ularni alohida emas, balki yaxlit tizim sifatida o‘rganish dolzarb hisoblanadi. Ushbu maqolada til va madaniyatning bir-birini boyituvchi, mustahkamlovchi hamda jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi jihatlari tahlil qilinadi. Lingvomadaniyatshunoslik nuqtayi nazaridan yondashish esa til va madaniyatning uzviy bog‘liqligini yanada chuqurroq ochib berishga xizmat qiladi.

RAYHON JO‘RAQULOVA

617-623

2025-10-08

“SURXON VOHASIDA XX ASRNING BIRINCHI YARMIDA PAXTACHILIK TARAQQIYOTI VA UNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI”

Mazkur ilmiy maqolada Surxon vohasida XX asrning birinchi yarmida paxtachilik sohasining rivojlanishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati yoritilgan. Mavzuda vohaning tabiiy-iqlim sharoitlari, sug‘orish tizimlarining kengayishi, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi va paxtachilikning asosiy tarmoqqa aylanish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Sovet hokimiyatining dastlabki yillarida amalga oshirilgan agrar siyosat, kolxoz va sovxozlarning tashkil topishi, paxta hosildorligini oshirish uchun joriy etilgan chora-tadbirlar o‘rganiladi. Ishda paxtachilikning Surxon vohasi aholisining turmush tarziga, ijtimoiy munosabatlariga, iqtisodiy hayotiga ta’siri hamda mamlakat miqyosida tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan.

JAXONGIRBEK JONQOBILOV

624-628

2025-10-08

BACHADON MIOMASINI ERTA ANIQLASH USULLARI VA ALGORITMLARI

Ushbu maqolada bachadon miomasini erta aniqlashning turli usullari, jumladan klinik belgilarga asoslangan tashxis, biomarker va laboratoriya tahlillari, shuningdek zamonaviy texnologiyalar – ultratovush tekshiruvi (UZI), magnit rezonans tomografiyasi (MRI), histeroskopiya va sonogisterografiya kabi metodlar tahlil qilinadi. Shuningdek, diagnostika jarayonida algoritmik va dasturiy yondashuvlarning samaradorligi ham ko‘rib chiqilgan.

AKHRAM NISHANOV , MAXTUMQULI MAMATOV, SHERZOD ALIYEV, FAXRIDDIN SHAMATOV

629-631

2025-10-08

INGLIZ TILIDAGI HALOL MAHSULOTLAR REKLAMA SLOGANLARIDA SO‘Z O‘YINLARINING PRAGMATIK JIHATLARI

Ushbu maqolada ingliz tilidagi halol mahsulotlar reklama shiorlarida qo‘llanilgan so‘z o‘yinlari va ularning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Halol mahsulotlar, avvalo, musulmon iste’molchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, ularni targ‘ib qilishda madaniy, diniy va ijtimoiy qadriyatlar alohida e’tiborga olinadi. Reklama matnlarida so‘z o‘yinlari mahsulot sifatini ta’kidlash, auditoriya bilan hissiy aloqani mustahkamlash va brendni ajratib ko‘rsatishda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Maqolada halol mahsulotlar reklamasida pragmatik yondashuvlar va so‘z o‘yinlaridan foydalanish orqali yuqori darajadagi ta’sirga erishish imkoniyatlari yoritilgan.

ULBEKA MELIYEVA

632-638

2025-10-08

XALQ AMALIY SAN’ATI NAMUNALARI ORASIDA KIGIZ MAHSULOTLARINING TUTGAN O‘RNI (SURXON VOHASI MISOLIDA)

Ushbu maqolada xalq amaliy san’ati namunalari orasida keng qo‘llanilgan kigiz mahsulotlarining Surxon vohasidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududga xos tarixiy-ma’naviy an’analar, hunarmandchilik maktablari hamda kigiz tayyorlash texnologiyalari yoritilib, ularning maishiy hayotdagi, marosimlarda va bezak san’atidagi roli ochib berilgan. Shuningdek, Surxon vohasida yig‘ilgan etnografik ma’lumotlar asosida kigiz mahsulotlarining funksional va badiiy xususiyatlari o‘rganilgan. Maqola xalq amaliy san’atini asrab-avaylash, qayta tiklash va zamonaviy dizaynda qo‘llash istiqbollarini ko‘rsatib beradi.

DILOVAR NARBAYEVA

639-644

2025-10-08

BAQTRIYA VA MARG’IYONADA IBTIDOIY MIFOLOGIK QARASHLARNING SHAKLLANISH JARAYONI

Ushbu maqolada qadimgi Baqtriya va Marg`iyonada ibtidoiy mifologik qarashlar va ilk diniy e’tiqodlarning shakllanish jarayoni haqida so`z yuritiladi.

MUATTAR NORXAMIDOVA

645-649

2025-10-08

OLTINSOY: TARIXIY VA RUHIY MEROS MASKANI

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida joylashgan tarixiy, diniy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ziyoratgohlar o‘rganilgan. Tuman hududidagi qadimiy yodgorliklar, ularning tarixiy ildizlari, diniy manbalardagi o‘rni hamda xalq orasidagi rivoyatlar asosida tahlil etilgan. Har bir ziyoratgohning arxitektura xususiyatlari, ijtimoiy-ma’naviy ta’siri, shifobaxsh tabiiy boyliklari va bugungi kundagi holati haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, ziyoratgohlarning diniy-ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlashdagi roli, yosh avlodni tarbiyalashdagi tarbiyaviy ahamiyati, xalq e’tiqodidagi o‘rni hamda ichki va tashqi ziyorat turizmini rivojlantirishdagi salohiyati yoritib berilgan.

NOZIKOY MAXMATKULOVA , GULSANAM OTAXONOVA , MEXRUZA MIRZAYEVA

650-655

2025-10-08

SHARQDA BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATIGA OID ILMIY QARASHLAR

Ushbu maqolada Sharq sivilizatsiyasida shakllangan boshqaruvchilik falsafasi va uning tarixiy-ilmiy asoslari tahlil qilingan. Xususan, Amir Temur, Forobiy, Ibn Sino, Nizomulmulk kabi buyuk mutafakkir va davlat arboblarining davlat boshqaruvi to‘g‘risidagi qarashlari, ularning amaldagi islohotlari va tajribalari o‘rganiladi. Maqolada boshqaruv prinsiplari, adolat, meritokratiya, intizom va siyosiy ustuvorlik kabi tushunchalar Sharq an’anaviy davlatchilik modellari misolida yoritilgan. Shuningdek, bu ilmiy qarashlarning zamonaviy boshqaruv nazariyasiga ta’siri va ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Maqolada ilmiy manbalar tahlili orqali sharqona boshqaruv maktabiga xos xususiyatlar ochib berilgan hamda ularning bugungi kun uchun dolzarb jihatlari qayd etilgan.

SHERALI MAHMUDOV , SAYYORA OYTO‘RAYEVA

656-660

2025-10-08

NAVOIY VILOYATINING ARXEOLOGIK JIHATDAN O‘RGANILISHI

Maqolada Navoiy viloyatida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar keng yoritiladi. Ko‘kayoz, Uchtut, Sulton-Uvays-tov, Ko‘kcha ustaxonalari hamda Oyoqog‘itma, Sarmishsoy va Karmana yodgorliklari tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Ushbu tadqiqotlar viloyatning qadimgi davrlardan o‘rta asrlargacha bo‘lgan madaniy taraqqiyotini yoritishda muhim manba hisoblanadi.

LAZIZJON PARDAYEV

661-664

2025-10-08

KATTA TERROR DAVRIDA SURXONDARYODAN QATAG‘ON QILINGANLAR

Ushbu maqola 1930-yillarning oxirida Stalin davridagi Buyuk terror siyosati doirasida O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida amalga oshirilgan qatag‘on jarayonlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda “aksilinqilobiy faoliyat”, “millatchilik” yoki “xorijiy josuslik”da ayblangan o‘nlab ziyoli va oddiy fuqaro qamoqqa olinishi, qatl etilishi hamda uzoq muddatli majburiy mehnat lagerlariga jo‘natilishi yoritiladi. Arxiv hujjatlari, og‘zaki tarixiy manbalar va ilmiy adabiyotlarga asoslangan holda, maqola qatag‘onlarning mahalliy ijtimoiy-siyosiy hayotga, madaniy muhitga hamda intellektual qatlamning yo‘qolishiga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qiladi. Shuningdek, Surxondaryodan qatag‘on qurbonlaridan biri bo‘lgan aniq shaxs taqdiri misolida, mazkur fojeaning insoniy o‘lchovlari ham ochib beriladi. Mazkur tadqiqot Buyuk terrorning Sovet Ittifoqining chekka mintaqalari hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatganini kengroq anglash imkonini beradi.

OYBEK RAHMONOV, JAHONGIR ERGASHEV

665-670

2025-10-08

O‘ZBEK TILI OSHPAZLIK LEKSIKASINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada “O‘zbek tili oshpazlik leksikasining lingvomadaniy xususiyatlari” mavzusining lingvistik dolzarbligi yoritiladi. Tadqiqotda ushbu yo‘nalishning o‘zbek va jahon tilshunosligi doirasida o‘rganilganlik darajasi tahlil qilinadi hamda mavjud ilmiy yondashuvlar qiyosiy ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada mazkur mavzuni tadqiq etishdan kutilayotgan ilmiy yangiliklar va amaliy ahamiyati ochib beriladi.

QAHRAMON RO‘ZIYEV

671-674

2025-10-08

О ЕДИНСТВЕННОСТИ ЗАДАЧИ С НЕПОЛНЫМ УСЛОВИЕМ БИЦАДЗЕ-САМАРСКОГО ДЛЯ УРАВНЕНИЯ СМЕШАННОГО ТИПА

 В работе, в некоторой неограниченной области для уравнения смешанного типа с особыми коэффициентами доказана корректность задачи с непольным условием типа условия Бицадзе-Самарского на части граничной характеристики и на части отрезка вырождения и аналога условия Франкля на отрезке вырождения.Единственность решения задачи доказана с помошью принципа екстремума А.В.Бицадзе.При доказательстве сушествования решения задачи используется теория сингулярных интегральных уравнений и теория уравнений Винера-Хопфа.

MIRAHMAT MIRSABUROV , ZUHRA RO‘ZIYEVA

675-683

2025-10-08

QANDLI DIABET: TURLARI, KUZATISHNING RAQAMLI USULLARI

Qandli diabet dunyo bo‘yicha keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo‘lib, aholining turli yosh guruhlarida sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi diabetning asosiy turlari (1-tip, 2-tip va gestatsion diabet)ni o‘rganish hamda zamonaviy kuzatish va profilaktika usullarini tahlil qilishdan iborat. Metod sifatida glyukoza monitoring tizimlari, sun’iy intellekt asosidagi tashxis va prognoz modellarining imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Natijalar diabetni samarali boshqarishda multidisiplinar yondashuv va raqamli texnologiyalarning ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatdi. Xulosa qilib aytganda, innovatsion usullar diabet nazorati va profilaktikasini takomillashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

OTABEK XO‘JAYEV, ZILOLA RO‘ZMETOVA

684-686

2025-10-08

MA’LUMOTLARNI INTELLEKTUAL TAHLIL QILISH USULLARI: MASHINAVIY O‘QITISH, CHUQUR O‘RGANISH VA BASHORAT MODELLARI TAHLILI

Ushbu tadqiqotda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilishning zamonaviy usullari — mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘rganish va bashorat modellarining nazariy hamda amaliy asoslari tahlil qilindi. Katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor yig‘ish ularni samarali qayta ishlash va kelajakdagi tendensiyalarni prognozlashni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Mashinaviy o‘qitish algoritmlari tasniflash va klasterlashda yuqori aniqlikni ta’minlasa, chuqur o‘rganish murakkab bog‘lanishlarni anglashda ustunlik qiladi. Bashorat modellaridan foydalanish esa turli sohalarda xavflarni kamaytirish va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlaydi. Tadqiqot natijalari intellektual tahlil usullarini kompleks qo‘llash katta ma’lumotlardan yanada samarali va ishonchli xulosalar olish imkonini berishini ko‘rsatdi.

Otabek Xo'jayev, ZILOLA RO‘ZMETOVA

687-690

2025-10-08

TIBBIYOT IOT SENSORLARI VA ULARNING O‘LCHASH PARAMETRLARI (GLYUKOZA, YURAK URISH TEZLIGI, FAOLIYAT DARAJASI, UYQU SIFATLARI VA BOSHQALAR)

Sog‘liqni saqlashda IoT texnologiyalarining qo‘llanishi diagnostika va monitoring samaradorligini oshirishda dolzarb yo‘nalish hisoblanadi. “Tadqiqotning maqsadi – tibbiyotda keng ishlatiladigan IoT sensorlari (glyukoza, yurak urishi, jismoniy faoliyat va uyqu sifati)ning imkoniyatlarini o‘rganish va ularning amaliy ahamiyatini baholashdir”. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, IoT texnologiyalari kasalliklarni erta aniqlash, bemor sog‘ligini uzluksiz nazorat qilish va shaxsiylashtirilgan davolash strategiyalarini ishlab chiqishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, IoT asosidagi tibbiy sensor tizimlari sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashda dolzarb yechimdir

OTABEK XO‘JAYEV, ZILOLA RO‘ZMETOVA

691-694

2025-10-08

REKLAMA MATNLARI YARATISHDA SUN’IY INTELLEKTNING ROLI

Ushbu maqolada reklama matnlari yaratish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarining tutgan o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Xususan, sun’iy intellekt vositalarining matn yozishni avtomatlashtirish, uni maqsadli auditoriyaga moslashtirish hamda reklama samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning afzalliklari va cheklovlari o‘rganilib, uning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari haqida fikr yuritiladi. Maqola marketing sohasi mutaxassislari va texnologiyaga qiziquvchilar uchun foydali ma’lumotlar taqdim etadi.

ULUG‘BEK TURSUNOV

695-697

2025-10-08

HYBRID COMPOUND PROVERBS IN ENGLISH AND UZBEK: A COMPARATIVE ANALYSIS

This paper investigates hybrid compound proverbs in English and Uzbek through a comparative linguistic and cultural lens. Hybridization, the blending of elements from different linguistic or cultural systems, is particularly evident in proverbs due to their reliance on metaphor, syntax, and cultural symbolism. By analyzing causal, contrastive, conditional, and temporal constructions, the study highlights both universal mechanisms of human cognition and language-specific cultural codes. Findings suggest that while English proverbs are concise and didactic, Uzbek proverbs are often narrative and culturally dramatized, yet both traditions converge in their use of parallelism and cause–effect logic. The paper contributes to paremiology by demonstrating how hybrid compound proverbs act as dynamic carriers of tradition and cultural hybridity.

Turdalieva Shaxnoza O‘ktamovna

698-700

2025-10-08

SUN’IY INTELLEKTNING MILLIY VIJDON VA MILLIY G‘URURGA TA’SIRI

Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining milliy vijdon va milliy g‘ururga ta’siri tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli texnologiyalar milliy qadriyatlarni saqlash, yosh avlodda milliy o‘zlikni rivojlantirish va madaniy merosni asrash imkoniyatlarini yaratmoqda. SI ning ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohalardagi roli, shuningdek, uning olib kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-madaniy muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada SI ning milliy identifikatsiyani mustahkamlashdagi ahamiyati va uning ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi zarurligi ta’kidlanadi.

ERKİN XAMDAMOV

701-704

2025-10-08

IJTIMOIY TARMOQLAR: ZAMONAVIY SHAXSLARNING RIVOJLANISHIDAGI TA’SIRI

Ushbu maqola yoshlar orasida ijtimoiy tarmoqlarning shaxsiy rivojlanishdagi afzalliklari va xavflarini tahlil qiladi. So‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish keng tarqaldi, shu bilan birga, psixologik va axborot xavfsizligi tahdidlari ham ortib bormoqda. Tadqiqot adabiyotlarni tahlil qilish, onlayn so‘rovnoma va amaliy kuzatuv usullaridan foydalangan holda olib borildi. Natijalar ijtimoiy tarmoqlarning muloqot, bilim olish va kreativlikni rivojlantirish imkoniyatlarini, shuningdek, ortiqcha foydalanish va shaxsiy ma’lumotlar xavfini ko‘rsatadi.

NOZIMJON SAYIDOV , A’ZAMJON DEHQONBOYEV , ZULHUMOR BURHANOVA

705-709

2025-10-08