Текущий выпуск
Том 4 № 5 (2026): Молодые ученые
Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-01-21
Статьи
MICE TURIZMIDA INFRATUZILMADAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO’LLARI
Ushbu maqolada MICE (Meetings, Incentives, Conferences, Exhibitions) turizmining mohiyati, uning infratuzilma tarkibi, rivojlanish omillari hamda milliy iqtisodiyotga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, MICE turizmi infratuzilmasining zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish istiqbollari yoritib beriladi.
2026-01-20
O‘QUVCHI YOSHLARDA MILLIY MAFKURAVIY QARASHLARNI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY FANLARNING O‘RNI
Mazkur ilmiy maqolada o‘quvchi yoshlarda milliy mafkuraviy qarashlarni shakllantirish jarayonida ijtimoiy fanlarning tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Jamiyat taraqqiyotida yosh avlodning milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayonda tarix, falsafa, huquqshunoslik, sotsiologiya va “Ma’naviyat asoslari” kabi ijtimoiy fanlarning ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada ijtimoiy fanlar orqali o‘quvchilarda milliy g‘urur, mustaqil fikrlash va yot g‘oyalarga nisbatan tanqidiy yondashuvni shakllantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari ta’lim tizimida mafkuraviy tarbiyani yanada samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
2026-01-20
KIMYOVIY NOMLASH JARAYONIDA ONOMASTIK TAFAKKUR
Mazkur maqolada kimyoviy elementlar va birikmalarni nomlash jarayonida onomastik tafakkurning tutgan o‘rni yoritiladi. Kimyoviy nomlarning shakllanishida ilmiy, tarixiy, madaniy va kognitiv omillarning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Element nomlarining semantik motivatsiyasi, konseptual asoslari hamda milliy va xalqaro nomlash tamoyillari lingvokultrologik va terminologik yondashuvlar asosida o‘rganiladi.
2026-01-20
YURAK INFEKSIYALARINING ZAMONAVIY DIAGNOSTIK USULLARI
Yurak infeksiyalarini erta tashxislash klinik amaliyotda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, kasallikning kech aniqlanishi og‘ir asoratlar va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlariga olib keladi. Maqolada laborator, molekulyar-biologik, immunologik hamda instrumental diagnostika usullarining afzalliklari va klinik ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, PCR, qon madaniyati, transesofageal ehokardiografiya va magnit-rezonans tomografiyaning diagnostik imkoniyatlari yoritib berilgan. Zamonaviy diagnostik texnologiyalar yurak infeksiyalarini aniqlash aniqligini oshirib, individual davolash strategiyasini tanlash imkonini beradi.
2026-01-20
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SAVOD O‘RGATISH JARAYONIDA RIVOJLANTIRUVCHI O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda savod o‘rgatish jarayonida o‘yinli usullardan foydalanishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘yin texnologiyalarining o‘quvchilarning o‘qish va yozish ko‘nikmalarini shakllantirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish hamda dars jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, savod o‘rgatish darslarida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlar turlari, ularning metodik xususiyatlari va amaliy samaradorligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari o‘yinli usullar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining savodxonligini rivojlantirishda samarali pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi.
2026-01-20
XALQ TA’LIMI MUASSASALARIDA DAVLAT XARIDLARIDA KORRUPSIYA XAVFLARINI KAMAYTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI
Ushbu tezisda xalq ta’limi muassasalarida davlat xaridlari jarayonida yuzaga kelayotgan korrupsiya xavflari huquqiy va institutsional jihatdan tahlil qilinadi. Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikda mavjud istisnolar, markazlashtirilgan moliya tizimi hamda jamoatchilik nazoratining cheklanganligi korrupsion risklarning kuchayishiga olib kelayotgan omillar sifatida ko‘rib chiqiladi. Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq normativ va tashkiliy takliflar ilgari suriladi.
2026-01-21
THE IMPACT OF DIGITAL TECHNOLOGY ON MODERN EDUCATION
This article highlights that as time progresses, technology continues to develop rapidly, and each process has both advantages and various negative aspects. In the education system, the development of modern technologies creates opportunities to improve the effectiveness of the educational process, the quality of education, and overall convenience. The article discusses the impact of distance education, electronic textbooks, online platforms, artificial intelligence, and digital technologies on the teaching and learning process. In addition, along with the advantages of using digital technologies, several emerging problems and possible ways to overcome them are also presented.
2026-01-21
O‘ZBEKISTON TARIXIY SHAHARLARIDA AN’ANAVIY TURAR-JOYLARNING SHAKLLANISHI
ushbu maqolada O‘zbekiston tarixiy shaharlarida an’anaviy turar-joylarning shakllanish jarayoni Marg‘ilon shahri misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda turar-joy me’morchiligining rivojlanishiga ta’sir etuvchi tabiiy-iqlimiy sharoitlar, ijtimoiy-madaniy omillar hamda mahalliy qurilish an’analari yoritib beriladi. Marg‘ilon shahridagi hovli markazli uylar, ayvonli reja tuzilmalari va tashqi yopiq, ichki ochiq hajmiy-kompozitsion yechimlarning o‘ziga xos jihatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, an’anaviy turar-joylarning oilaviy hayotni muhofazalash, mahalla munosabatlarini mustahkamlash va milliy qadriyatlarni saqlashdagi ijtimoiy ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari tarixiy shaharlar me’moriy merosini asrash hamda zamonaviy turar-joy loyihalarida an’anaviy tamoyillardan foydalanish imkoniyatlarini ochib beradi.
2026-01-21
YARIMO‘TKAZGICHLI MURAKKAB GETEROTUZILMALARDA REZONANS TUNNEL O‘TISHLAR
Mazkur ilmiy maqolada yarimo‘tkazgichli murakkab geterotuzilmalarda rezonans tunnel o‘tish hodisasi chuqur nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Kvant tunnellanishning fizik mohiyati, potensial quduq va to‘siqlarning shakllanish mexanizmlari, diskret energetik sathlar va tashqi elektr maydon ta’sirida elektron transport jarayonlari batafsil yoritilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy nanoelektronika, tezkor kalitlash qurilmalari va kvant texnologiyalarida rezonans tunnel hodisasining katta amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
2026-01-21
XORAZM VAHASIDA ETNOSPORT AN’ANALARI VA ZAMONAVIY YANGILANISHLAR
Mazkur maqolada Xorazm vohasida shakllangan etnosport o‘yinlarining etnogenetik ildizlari, tarixiy taraqqiyoti va madaniy xotira tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda XX asr o‘rtalaridan boshlab olib borilgan etnografik izlanishlar hamda XXI asrda amalga oshirilgan davlat siyosatlari asosida etnosportning zamonaviy transformatsiya jarayonlari yoritib beriladi. Olingan natijalar Xorazm xalq o‘yinlarining milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosni asrash va ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashdagi ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
2026-01-21
O‘QUVCHILARDA IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION USULLAR
Mazkur ilmiy tezisda o‘quvchilarda ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi innovatsion pedagogik yondashuvlar orqali tahlil qilinadi. Tezisda ijodkorlik qobiliyatining pedagogik mohiyati, uning ta’lim jarayonidagi roli, shuningdek, innovatsion metodlar yordamida ijodiy salohiyatni shakllantirishning nazariy asoslari yoritilgan.
2026-01-21
AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KREATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Mazkur ilmiy tezisda bo‘lajak o‘qituvchilarning kreativ kompetentligini rivojlantirish masalasi akmeologik yondashuv asosida chuqur ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Akmeologik yondashuvning pedagogik mohiyati, uning bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy yetuklikka erishishidagi roli hamda kreativ kompetentlikni shakllantirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, kreativ kompetentlikni rivojlantirish metodikasining mazmuni, bosqichlari va pedagogik shart-sharoitlari asoslab beriladi.
2026-01-21
TALABALARDA EKOLOGIK MADANIYATNI OSHIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH (UMUMIY PEDAGOGIKA FANI MISOLIDA)
Mazkur ilmiy tezis oliy ta’lim muassasalari talabalarida ekologik madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Tadqiqotda umumiy pedagogika fanining tarbiyaviy imkoniyatlari asosida ekologik madaniyatni oshirish metodikasini takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Talabalarni ekologik faoliyatga jalb etishga yo‘naltirilgan innovatsion pedagogik metodlar va yondashuvlarning samaradorligi ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
2026-01-21
ЖИНОЯТ ИШИНИ ҚЎЗҒАТИШ БОСҚИЧИДА ПРОКУРОР НАЗОРАТИ ФУНКЦИЯСИ ВА СУБЪЕКТИ
Прокурор назорати масалалари бўйича кўпгина илмий изланишлар олиб борилганига қарамай, жиноят ишини қўзғатиш босқичида прокурор назоратининг функцияси ва объекти масалалари долзарблигича қолмоқда. Ушбу масалаларни тадқиқ қилиш нафақат илмий назарий нуқтайи назардан, балки амалий жиҳатдан ҳам муҳим саналади.
2026-01-21
XALQ TABOBATIDA STOMATITNI DAVOLASH USULLARINING ILMIY TAHLILI
Mazkur maqolada xalq tabobatida stomatitni davolashda qo‘llaniladigan usullar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Stomatitning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari va davolashning zamonaviy usullari bilan bir qatorda xalq tabobatida qo‘llaniladigan o‘simlik damlamalari, og‘iz chayish eritmalari hamda tabiiy vositalarning samaradorligi ko‘rib chiqildi. An’anaviy usullarni zamonaviy tibbiyot yondashuvlari bilan solishtirish orqali ularning afzalliklari va cheklovlari aniqlanib, kompleks yondashuvning stomatitni davolashdagi ahamiyati asoslab berildi.
2026-01-21
TECHNOLOGY AND THE INTERNET: CONVENIENCE FOR YOUNG PEOPLE
This article discusses the beneficial aspects of using the Internet for people, as well as the problems that may be encountered. The Internet makes our lives easier and is widely used in education, employment, medicine, daily life, and business. The article also explains how individuals can achieve success by using these opportunities effectively and responsibly.
2026-01-21
ХУДОЖЕСТВЕННО-ЭСТЕТИЧЕСКИЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ В УЗБЕКСКОЙ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЛИТЕРАТУРЕ
В статье изложены некоторые положения о ведущей роли закона преемственности в становлении литературно-художественного прогресса узбекской литературы, обусловленного влиянием многовековой истории узбекского фольклора, классической узбекской литературы и передовых традиций мировой литературы на развитие национальной литературы.
2026-01-21
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA JUMLA TARKIBI: SINTAKSIS VA SEMANTIK QIYOSIY TAHLIL
Ushbu ishda arab va o‘zbek tillarida jumla tarkibi sintaktik va semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki tildagi so‘z tartibi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘zaro munosabati, kesimning joylashuvi hamda ma’no ifodalash usullari o‘rganiladi. Maqolada arab tilining fe’l markazli tuzilishi bilan o‘zbek tilining ot markazli tuzilishi o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Shuningdek, jumlaning semantik tuzilishi, ya’ni ma’no qatlamlari, konnotativ va denotativ jihatlar solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, arab va o‘zbek tillarida grammatik tuzilish turlicha bo‘lsa-da, ularning ma’no ifodalash imkoniyatlarida umumiylik mavjudligi aniqlanadi. Maqola natijalari tilshunoslikdagi qiyosiy sintaksis masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.Arab tili va o‘zbek tili sintaktik qurilishi jihatidan ikki xil til oilasiga mansub bo‘lib, jumla tarkibi va bo‘laklarning semantik munosabatlari turli grammatik mexanizmlarga asoslanadi. Ushbu tezis arab tilidagi i‘robga tayanadigan struktura bilan o‘zbek tilidagi affikslash va so‘z tartibi asosidagi strukturaning qiyosiy jihatlarini ko‘rsatadi.
2026-01-21
QANDLI DIABET KASALLIGINI INSON ORGANIZMIGA TASIRI
Ushbu maqola qandli diabet kasalligining inson organizmiga ta’sirini, uning patofiziologiyasi, klinik oqibatlari va asoratlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Qandli diabet — bu insulin ishlab chiqarilishining yetarli bo‘lmasligi yoki organizm hujayralarining insulinga sezuvchanligining pasayishi bilan tavsiflanadigan surunkali metabolik kasallikdir. Ishda qandli diabetning yurak-qon tomir tizimi, buyraklar, nerv tizimi, ko‘z va immunitet tizimiga ta’siri batafsil yoritilgan. Shuningdek, kasallikni erta aniqlash va samarali davolash orqali asoratlarning oldini olish, bemorlarning hayot sifatini oshirishga oid amaliy tavsiyalar ham keltirilgan.
2026-01-22
EKOLOGIK TIZIM IFLOSLANISHI GLOBAL MUAMMO SIFATIDA
Inson hech qachon tabiatsiz yashay olmaydi, chunki u tabiatning ajralmas qismi hisoblanadi. Biz yashab turgan va bizni o’rab turgan olam xuddi onamiz kabi mehribon va jonkuyar. Quyoshning har zarrasida, tuproqning har jismida tabiatninng bizga bo’lgan onadek mehribon taftini his qilamiz. O’zining har bir jabhasida inson uchun zarur bo’lgan minglab unsurlarni mujassam etgan. Ana shunday go’zal tabiatimiz bugungi kunga kelib qay ahvolga tushmoqda? Bunga kimlar sababchi? Buni qanday oldini olish mumkin? Degan savollar bugungi kunning dolzarb mavzusiga aylanmoqda. Ming afsuski inson tabiatga misli ko’rilmagan miqdorda tasir ko’rsatadi. Inson aql-zakovati orqali, mehnat faoliyati tufayli ta’sir qilishini hech bir narsa bilan taqqoslab bo’lmaydi. Aniqroq aytadigan bo’lsak mavjudotlar tabiatdan qanday bo’lsa, shunday foydalanib, unga sezilarsiz tasirini o’tkazadi. Insoniyat uni o’rab turgan barcha shart-sharoitlarga moslasha oladi, moslasha olmas, uni o’zi istaklariga moslashtiradi, natijada tabiat muvozanati buziladi, buzilgan muvozanat esa katta ta’lofatlarga olib keladi.
2026-01-22
ТРАНСПОРТНЫЕ МАРШРУТЫ НА ЮЖНОМ КАВКАЗЕ И ИХ ЗНАЧЕНИЕ ДЛЯ ТУРЦИИ
В тезисе рассматривается роль транспортных коридоров Южного Кавказа в системе региональной и трансрегиональной логистики, а также их значение для внешнеэкономической и энергетической стратегии Турецкой Республики. Анализируется геополитическое и экономическое значение ключевых инфраструктурных проектов: Южного газового коридора, Транскаспийского международного транспортного маршрута и железнодорожной линии Баку-Тбилиси-Карс в контексте трансформации евразийских транспортных связей и перераспределения сфер влияния. Особое внимание уделяется роли Турции как транзитного государства и формированию ею статуса энергетического и логистического хаба. Отдельно рассматривается вовлеченность стран Центральной Азии, в частности Узбекистана, в процессы транспортной интеграции через Южный Кавказ. Делается вывод о том, что транспортные маршруты региона являются не только экономическим инструментом, но и важным фактором геополитического позиционирования Турции и её партнёров в условиях глобальной конкуренции за контроль над логистическими и энергетическими потоками.
2026-01-22
