Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotida ayol obrazi stereotiplarining o‘zgarishi Nazar Eshonqul hikoyalari misolida tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Shamolni tutib bo‘lmaydi” va “Odam” hikoyalaridagi Bayna momo hamda Rahima obrazlari orqali an’anaviy va zamonaviy ayol stereotiplarining badiiy talqini yoritilgan. Ayol obrazining fidokor ona, qasoskor ona, jabrdiyda ayol, tarixiy travma tashuvchisi kabi shakllarda namoyon bo‘lishi psixologik realizm, germenevtik va intertekstual yondashuvlar asosida ochib beriladi. Shuningdek, maqolada ayol obrazlarining ijtimoiy ong, tarixiy xotira, madaniy identitet va gender tenglik bilan bog‘liq jihatlari tahlil qilinadi.
Tursunova, S. (2026). ZAMONAVIY O‘ZBEK ADABIYOTIDA AYOL OBRAZI STEREOTIPLARINING O‘ZGARISHI (NAZAR ESHONQUL HIKOYALARI MISOLIDA). Yosh Olimlar, 4(56), 48-52. https://doi.org/10.5281/zenodo.20594934