OILA PSIXALOGIYASI
;
Oila, oila psixologiyasi, er-xotin munosabatlari, ota-ona va farzand, psixologik muhit, kommunikatsiya, nizolar, tarbiya, ijtimoiylashuv, hissiy yaqinlik, oilaviy maslahat, stress, shaxs rivoji, o‘zaro tushunish, qadriyatlar, oilaviy barqarorlik.Abstrak
Oila psixologiyasi — bu oila a’zolari o‘rtasidagi psixologik munosabatlar, o‘zaro ta’sir jarayonlari, hissiy yaqinlik, nizolar va ularni hal etish usullarini o‘rganuvchi muhim yo‘nalish bo‘lib, u Psixologiya ning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu soha oilaning shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, er-xotin o‘rtasidagi munosabatlar, ota-ona va farzand o‘rtasidagi tarbiyaviy jarayonlar hamda oiladagi ijtimoiy-psixologik muhitni chuqur tahlil qiladi. Oila psixologiyasi doirasida shaxsning oila ichidagi roli, mas’uliyati va o‘zini tutish modeli muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, oiladagi kommunikatsiya, ya’ni muloqot sifati, bir-birini tushunish darajasi va hissiy qo‘llab-quvvatlash muhitining mavjudligi oilaning mustahkamligini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Shu bilan birga, oiladagi nizolar, stress holatlari va psixologik bosimlarni oldini olish hamda ularni samarali hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqish ham ushbu fan sohasining asosiy vazifalaridan biridir.
Iqtiboslar
G‘oziyev E. — Umumiy psixologiya. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti, 2010
Karimova V.M. — Oila psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya, 2012
G‘oziyev E. — Psixologiya metodologiyasi. Toshkent, 2008
Shoumarov G‘. — Oila va nikoh psixologiyasi. Toshkent, 2015
Mirziyoyev Sh.M. — Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2021
World Health Organization (WHO) — Mental Health and Family Well-being Reports, 2020–2023
UNESCO — Education and Family Development Materials, 2018–2022
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi