Boʻrixonova Mahfuza Abdiali qizi
Termiz davlat pedagogika instituti 4-bosqich talabasi
Annotatsiya
Mazkur maqolada umumtaʼlim maktablarida Oʻzbekiston tarixi fanini oʻqitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Xususan, Mangʻitlar sulolasi hukmronligi davrida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti misolida interfaol metodlar, muammoli taʼlim, klaster, aqliy hujum, loyiha usuli va raqamli taʼlim vositalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mazkur davrda yer egaligi tizimi, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo aloqalari, soliq siyosati va aholining turmush tarzi haqidagi tarixiy maʼlumotlarni oʻquvchilarga samarali yetkazish yoʻllari koʻrsatib berilgan.
Boʻrixonova, M. (2026). DARS JARAYONIDA OʻQUVCHILARGA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANGAN HOLDA MANGʻITLAR DAVRIDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAYOTNI YORITISH. Yosh Olimlar, 4(56), 12-14. https://doi.org/10.5281/zenodo.20588312