ABDUQAYUM YO’LDOSHEV ASARLARIDA O’QUVCHIGA ESTETIK TA’SIRNING LINGVOPOETIK MEXANIZMLARI
Jild 4 son 65 (2026) 65-67
Annotatsiya
Badiiy matnning eng muhim vazifalaridan biri o'quvchida estetik ta'sir uyg'otishdir. Ushbu ta'sir, avvalo, tilning obrazli, emotsional va ekspressiv imkoniyatlari orqali yuzaga keladi. Lingvopoetika badiiy matnda qo'llanilgan til birliklarining estetik vazifasini, ularning matn mazmuni va o'quvchi tafakkuriga ko'rsatadigan ta'sirini o'rganuvchi yo'nalish hisoblanadi. Shu jihatdan badiiy asarda qo'llangan leksik, frazeologik va sintaktik vositalarning tahlili muallifning individual uslubini hamda o'quvchiga estetik ta'sir mexanizmlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etadi. N. Mahmudov tilni milliy tafakkur va madaniyatning ifodachisi sifatida baholab, badiiy matnda til vositalarining estetik imkoniyatlarini alohida ta'kidlaydi. [1.86-b] D. Xudoyberganova esa til birliklari xalqning madaniy qadriyatlari va dunyoqarashini o'zida mujassamlashtirishini qayd etadi. [2.92-b] Mazkur nazariy qarashlar A. Yo'ldoshev asarlarining lingvopoetik xususiyatlarini tahlil qilish uchun metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo‘llarini izlab... // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2012. – №3. – B. 3–16.
Xudoyberganova D. Matnning antropotsentrik tadqiqi. – Toshkent: Fan, 2013. – 136 b.
Yo‘ldoshev M. Badiiy matn va uning lingvopoetik tahlili. Toshkent.
Yo’ldoshev, A. Timsohning ko’z yoshlari– Toshkent: “Yangi asr avlodi” 2003 y.
Nazarova, Z. (2019). Til va estetik tafakkur: lingvopoetik yondashuv. Toshkent: Fan.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi