Maqolalar

“1992–1993-YILLARDA NAVOIY VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL VA AHOLINI QOʻLLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI”

Jild 4 son 63 (2026) 144-147

DOI: 10.5281/zenodo.21676190 2026-07-29 Maqolalar CC BY 4.0 Open Access

Mualliflar

  • Parmonov Husan Shomurot o'g'li Navoiy davlat universiteti Tarix fakulteti Tarix kafedrasi o'qituvchisi Mustaqil izlanuvchis

Annotatsiya

Mazkur maqolada 1992–1993-yillarda Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari arxiv hujjatlari va rasmiy me’yoriy-huquqiy manbalar asosida tadqiq etilgan. Tadqiqotda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki bosqichida viloyatda yuzaga kelgan ijtimoiy muammolar, aholini ijtimoiy himoya qilish, bandlikni ta’minlash, kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, urush faxriylari, qariyalar va ko‘p bolali onalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologik xavfsizlik, kommunal xizmatlar, oziq-ovqat ta’minoti hamda chekka hududlarni zarur mahsulotlar bilan ta’minlash borasida viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot natijalari Navoiy viloyatida amalga oshirilgan ijtimoiy siyosat iqtisodiy islohotlar davrida ijtimoiy barqarorlikni saqlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini himoya qilish va hududning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Kalit soʻzlar:

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-07-29

Son

Boʻlim

Maqolalar

Iqtibos keltirish tartibi

Parmonov, H. (2026). “1992–1993-YILLARDA NAVOIY VILOYATIDA IJTIMOIY-IQTISODIY AHVOL VA AHOLINI QOʻLLAB-QUVVATLASH MEXANIZMLARI”. Yosh Olimlar, 4(63), 144-147. https://doi.org/10.5281/zenodo.21676190
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads