Maqolalar

NO‘XAT NAVLARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA EKISH MUDDATI VA SXEMASINING TA’SIRI

Jild 4 son 60 (2026) 163-165

DOI: 10.5281/zenodo.21029618 2026-06-29 Maqolalar CC BY 4.0 Open Access

Mualliflar

  • Abdiyev Anvar Almirzayevich Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti
  • Jabborov Farrux Burievich Qarshi davlat texnika universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya

No‘xat - qimmatli oziq-ovqat o‘simligi bo‘lib, doni oqsilga boy va xushbo‘yligi bilan ajralib turadi, shuningdek u inson va chorva mollari oziqlanishida muhim o‘rin egallaydi hamda iqlim sharoitiga nisbatan chidamli ekinlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xatning Zumrad va Malxotra navlarida ekish muddati hamda ekish sxemalarining don sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, no‘xat doni tarkibidagi oqsil va moy miqdori asosan navning biologik xususiyatlari va ob-havo sharoitiga, shuningdek, ekish muddati va sxemasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Erta ekish muddati (10-15 fevral) don tarkibida oqsil miqdorining yuqori bo‘lishini ta’minlagan bo‘lsa, kechikkan muddatlarda bu ko‘rsatkich pasaygan. Eng maqbul natijalar 60x9x1 ekish sxemasida kuzatilib, unda don tarkibidagi oqsil va moy miqdori hamda gektaridan olinadigan oqsil va moy hosili yuqori bo‘lgan.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

Atabayeva X.N., Xudoyqulov J.B. O‘simlikshunoslik -Toshkent, NIF MSH, 2020 y. – 138-166 b.

Bobokulov Z.R. Lalmikorlikda no‘xat navlari don sifat ko‘rsatkichlariga ekish muddatlari va sxemalarining ta’siri. AGRO ILM. –Toshkent, 2025. -№ 1(106). –B.34-35.

Bobokulov, Z., Bobomirzaev, P., & Tursunov, S. (2025). The productivity of chickpeas varieties planted at different times and sowing schemes. In BIO Web of Conferences (Vol. 194, p. 01017). EDP Sciences.

Otaqulova D. A., Amanov O. A. No‘xat doni oqsil miqdoriga azotning ta’siri. Agro kimyo himoya va o‘simliklar karantini. №6 2021 y.79-80 b.

Шюрова Н.А. Продуктивност и симбиотическая активност нута в зависимости от приемов выращивания в степной и сухостепной зонах Саратовской области: Автореф. дис.канд. с.-х. наук.–Саратов, г 2004. 23-с.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-29

Son

Boʻlim

Maqolalar

Iqtibos keltirish tartibi

Abdiyev, A., & Jabborov, F. (2026). NO‘XAT NAVLARINING DON SIFAT KO‘RSATKICHLARIGA EKISH MUDDATI VA SXEMASINING TA’SIRI. Yosh Olimlar, 4(60), 163-165. https://doi.org/10.5281/zenodo.21029618
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
3 Views
0 Downloads