EKSTREMAL (O'QUV-JANGOVAR) VAZIYATLARGA JALB ETILISH VA UNING RUHIYATGA TA'SIRI
Abstrak
Harbiy xizmatning o'zagi – tinchlik davrida ham jangovar vaziyatlarga tayyor turishdir. To'satdan e'lon qilinadigan "Trevoga"lar, qo'shinlarning dala poligonlariga olib chiqilishi, noqulay ob-havo sharoitlarida uzoq muddatli taktik o'quv mashqlarining o'tkazilishi asab tizimiga kuchli yuklama beradi. Bu vaziyatlar subyekt tomonidan qanday qabul qilinishi uning psixologik barqarorligiga bog'liq. G.Selening stress nazariyasiga ko'ra, bunday o'zgarishlar organizmda "safarbarlik" (mobilizatsiya) bosqichini ishga tushiradi. Ammo, tayyorgarligi past bo'lgan, asab tizimi labil (beqaror) shaxslarda bu safarbarlik tezda "charchash va holsizlanish" (distress) bosqichiga o'tib ketadi. Natijada psixogen reaksiyalar – uyqusizlik, apatiya, vahima hujumlari (panik ataka) yoki agresiya namoyon bo'lishi mumkin.
Iqtiboslar
O'zbekiston Respublikasining "Mudofaa to'g'risida"gi Qonuni (Yangi tahrir). // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. – Toshkent, 2018.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3898-sonli Qarori.
Ananev B.G. Inson bilish obyekti sifatida. - T.: "O'qituvchi", 2001. – 280 b. (O'zbek tilidagi tarjimasi).
G'oziyev E.G'. Umumiy psixologiya: Darslik. – T.: "Universitet", 2002. – 312 b.
Qodirov B.R. Kasbiy yo'naltirish psixologiyasi. – T.: "Mehnat", 2005. – 190 b.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi