KO‘CHMAS MULKNI DAVLAT TOMONIDAN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TIZIMIDA SHAFFOFLIK VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MEXANIZMLARI

Mualliflar

  • Ellada Sarsenbaeva Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakulteti talabasi Muallif

Abstrak

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimining shaffofligi va samaradorligi mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasi. investitsiya muhitining jozibadorligi hamda barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatga ega [1]. Ishonchli ro‘yxatga olish tizimi mulk qiymatining oshishiga va mamlakatda ishbilarmonlik faolligining yuksalishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda ushbu sohada, jumladan Jahon banki ishtirokida “Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida modernizatsiya ishlari olib borilayotgan bo‘lsa-da. tizim faoliyatida samaradorlik va shaffoflikka to‘sqinlik qiluvchi jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda [2]. Bu muammolar O‘zbekistonning “Biznes yuritish” kabi xalqaro reytinglardagi o‘rniga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda [3]. Ushbu tezisning maqsadi mavjud muammolarni chuqurroq tahlil qilish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda O‘zbekistonda ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirishga qaratilgan aniq fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni taklif etishdir.

Iqtiboslar

Ko‘chmas mulkka investitsiya: Bugungi vaziyat va kelajak istiqbollari, – https://uysot.uz/uz/jurnal/kochmas-mulkka-investitsiya-bugungi-vaziyat-va-kelajak-istiqbollari-135

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tizimli muammolari – Kun.uz, – https://kun.uz/news/2019/12/28/kochmas-mulkka-bolgan-huquqlarni-davlat-royxatidan-otkazishdagi-tizimli-muammolar-malum-qilindi

Davlat yer kadastri to‘g‘risida - LEX.UZ, – https://lex.uz/acts/-17036

Shavkatova, L. (2021). Ko'chmas mulkka investitsiyalar: O'zbekistondagi muammolar va imkoniyatlar . Iqtisodiy istiqbollar jurnali.

Nashr qilingan

2025-04-18

Iqtibos keltirish tartibi

KO‘CHMAS MULKNI DAVLAT TOMONIDAN RO‘YXATDAN O‘TKAZISH TIZIMIDA SHAFFOFLIK VA SAMARADORLIKNI OSHIRISHNING FUQAROLIK-HUQUQIY MEXANIZMLARI. (2025). Yosh Olimlar, 3(11), 75-77. https://www.in-academy.uz/index.php/YO/article/view/29087