Muxtorov Jahongir Inomjon o‘g‘li
Bolalar milliy tibbiyot markazi, Toshkent, O‘zbekiston
Annotatsiya
Neonatal sepsisda immun javob bir yo‘nalishda kechmaydi: proinflamator va antiinflamator mexanizmlar bir vaqtning o‘zida turli nisbatlarda faollashadi. Tadqiqotda IL-6, IL-8 va IL-10 ning ketma-ket dinamikasi hamda IL-6/IL-10 nisbatiga asoslangan immun fenotiplar baholandi. Aralash fenotip 62,5%, ustun antiinflamator fenotip 27,5% va ustun proinflamator fenotip 10,0% holatda aniqlandi. Yetti sutkada IL-6 va IL-8 darajasi mos ravishda 90,4% va 89,9% ga, IL-10 esa 71,0% ga kamaydi. Immun fenotiplar bo‘yicha klinik natijalardagi farqlar statistik ahamiyatga yetmagan bo‘lsa-da, antiinflamator profil reanimatsiyada uzoqroq qolish tendensiyasi bilan kechdi. Natijalar sitokinlarni nSOFA, SRB va prokalsitonin bilan kompleks baholash zarurligini ko‘rsatadi.
Muxtorov, J. (2026). NEONATAL SEPSISDA IL-6/IL-10 NISBATIGA ASOSLANGAN IMMUN FENOTIPLAR VA ULARNING KLINIK-PROGNOSTIK AHAMIYATI. Yosh Olimlar, 4(64), 96-97. https://doi.org/10.5281/zenodo.21837274