Turdiyeva Aziza Yo'ldosh qizi
Termiz davlat universiteti, Tarix yo'nalishi 2-kurs talabasi
Jumayev Mustafo Erkin o'g'li
Ilmiy rahbar: Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Mazkur maqolada antik dunyo — qadimgi Yunoniston va Rim sivilizatsiyasi — bilan Markaziy Osiyoning mahalliy mintaqaviy madaniyatlari, xususan, Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazm o‘lkalarining o‘zaro aloqasi, madaniy sintez jarayonlari tahlil qilinadi. Iskandar Zulqarnayn yurishlaridan boshlab, Yunon-Baqtriya podsholigi, So‘g‘diyona va Kushon imperiyasi davrigacha bo‘lgan tarixiy bosqichlarda ellinistik va mahalliy an’analarning o‘zaro ta’siri, san’at, me’morchilik, din va yozuv sohalaridagi sintez namunalari yoritiladi. Ayniqsa, hozirgi Termiz va uning atrofidagi arxeologik yodgorliklar — Ayritom, Fayoztepa, Qoratepa kabi manzilgohlar misolida ushbu jarayon konkret dalillar asosida ko‘rsatib beriladi.