Mamasodiqova Manzura Sobirboy qizi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada globallashuv jarayonining ingliz va o‘zbek tillari leksik tizimiga ko‘rsatayotgan ta’siri qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar va xalqaro iqtisodiy-madaniy aloqalarning kuchayishi tufayli ikkala tilda ham yangi leksik birliklarning, xususan, o‘zlashma so‘zlar va neologizmlarning faol shakllanayotgani ko‘rsatib berilgan. Maqolada ingliz tilining lingua franca sifatidagi mavqeyi, o‘zbek tiliga inglizcha o‘zlashmalarning kirib kelish yo‘llari va usullari, shuningdek, bu jarayonning ijobiy va salbiy jihatlari yoritilgan. Tadqiqot davomida internet-texnologiyalar, IT sohasi, moda, sport va ommaviy madaniyat sohalaridagi konkret misollar asosida leksik o‘zlashtirish mexanizmlari ko‘rib chiqilgan hamda milliy til sofligini saqlash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan.