CHET TILLARDAN O‘ZLASHGAN SO‘ZLAR VA ULARNING O‘ZBEKCHA MUQOBILLARI: SEMANTIK ANIQLIK MASALALARI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.21240313;
o‘zlashma leksika, o‘zbekcha muqobil, semantik aniqlik, denotativ ma’no, konnotativ farq, paragmatik ekvivalentlik, terminologik standartlashtirish, so‘z yasalish modellari, leksikografiya, til siyosati, ekvivalentlik darajalari, neologizm, milliy terminologiya.Abstrak
Ushbu maqolada chet tillardan (rus, ingliz, fransuz, nemis, arab, fors va boshqalar) o‘zbek tiliga o‘zlashgan so‘zlar va ularga taklif etilgan o‘zbekcha muqobillarning semantik aniqlik masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy muammosi – o‘zlashma leksikani milliy muqobillar bilan almashtirish jarayonida denotativ, konnotativ va pragmatik jihatdan ekvivalentlikka erishish qiyinchiliklaridir. Material sifatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayonnomasiga ilova qilingan rasmiy ro‘yxatdagi o‘zlashma so‘zlar va ularning o‘zbekcha muqobillari, shuningdek, kundalik muloqot, ommaviy axborot vositalari va badiiy adabiyotdan olingan misollar asos qilib olingan. Maqolada quyidagi masalalar yoritilgan: o‘zbekcha muqobillarning asl so‘z ma’nosini saqlash darajalari (to‘liq, qisman yoki umuman); so‘z yasalish modellari (qo‘shma so‘z, yasama so‘z, sinonimik qator); muqobillarning terminologik barqarorligi va real nutqda qabul qilinish holati; hamda tarjima va leksikografiyada yuzaga keladigan amaliy muammolar. Ana shu masalalarning yoritilishi maqolaning asosiy mazmunini tashkil etadi.Iqtiboslar
Dustmamatova D. Forms of Comparative Degree of Adjectives in Uzbek and Russian // International Journal of Central Asian Studies. 2021. Vol. 15. No. 1. P. 22-35.
Hamraeva D., Radjabova M. Пространственные и временные выражения в русском и узбекском языках (сравнительно-сопоставительный анализ) // Вестник Национального университета Узбекистана. 2025. № 3(2). С. 45-52.
Iskandarova Sh. O‘zbek tili neologizmlari: yasalishi va qo‘llanishi // O‘zbek tili va adabiyoti. 2024. № 2. B. 33-41.
Комиссаров В.Н. Теория перевода (лингвистические аспекты). М.: Высшая школа, 1990. 253 с.
Muhamedova N., Asilova D., Kadirova S. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Toshkent: Akademnashr, 2022. 256 b.
Муаллифнинг шахсий мониторинги. Ижтимоий тармоқлар (Telegram, Instagram, Facebook), ОАВ ва расмий ҳужжатлар асосида 200 та матн таҳлили. 2025, сентябрь-декабрь. (Архивда сақланмоқда)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayonnomasiga ilova. O‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalar ro‘yxati. Toshkent, 2025.
O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 жилдли. Тошкент: Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, 2022.
Усмонхўжаев Б. Ўзбек терминологиясининг долзарб масалалари. Тошкент: Фан, 2022. 120 б.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi