Mavluda O‘rolova
Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 204-guruh talabasi, Denau tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov shahri
Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada badiiy adabiyotda inson kontseptsiyasi, xususan, asar qahramonining ichki dunyosi, uning ma’naviy-ruhiy ziddiyatlari va shaxsiy kurashlarini yoritishda ichki monolog hamda psixologik tasvir vositalarining tutgan o‘rni va evolyutsion ahamiyati tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida inson ongi va onghostining murakkab qatlamlari, subyektiv kechinmalar, shuningdek, modernistik adabiyotning muhim unsuri hisoblangan “ong oqimi” uslubining badiiy matndagi funksional-stilistik xususiyatlari jahon va o‘zbek adabiyoti namunalari qiyosiy tahlili misolida yoritilgan. Maqolada qahramonning o‘z-o‘zi bilan olib borgan shafqatsiz va pinhona kurashi orqali badiiy asarning umumfalsafiy g‘oyasini hamda yozuvchi niyatini ochib berish mexanizmlari tizimli ravishda tahlilga tortilgan.