Maqolalar

TRANSCHEGARAVIY EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL QILISHDA XALQARO-HUQUQIY YONDASHUVLAR

Jild 4 son 45 (2026) 92-98

DOI: 10.5281/zenodo.20205884 2026-05-14 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Axmedova Kamola Zoirjon qizi Sarbon Universiteti “Huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya

Globallashuv sharoitida transchegaraviy ekologik muammolar (havo ifloslanishi, suv resurslarining tanqisligi, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va iqlim o‘zgarishi kabi) dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ularning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, oqibatlarining keng ko‘lamliligi va o‘zaro bog‘liqligi ushbu muammolarni hal etishda faqatgina milliy choralar yetarli emasligini, balki xalqaro hamkorlik va samarali huquqiy mexanizmlarni talab qilishini ko‘rsatadi. Mazkur tezis transchegaraviy ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan mavjud xalqaro-huquqiy yondashuvlarni atroflicha tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash hamda ushbu yondashuvlarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini o‘rganishni maqsad qilgan. Tadqiqotda qiyosiy-huquqiy tahlil, tizimli yondashuv, xalqaro shartnomalar, konvensiyalar, deklaratsiyalar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni o‘rganish kabi metodlardan foydalanilgan. Shuningdek, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari va xalqaro sud amaliyoti ham ko‘rib chiqilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xalqaro ekologiya huquqi rivojlanish jarayonida bo‘lsa-da, ayrim sohalarda, xususan, ijro mexanizmlari, javobgarlik masalalari va rivojlanayotgan davlatlarning imkoniyatlarini oshirishda takomillashtirishga muhtoj. Ushbu tezis xalqaro ekologiya huquqining nazariy va amaliy jihatlarini chuqurlashtirishga, O‘zbekistonning transchegaraviy ekologik hamkorlikdagi ishtirokini optimallashtirishga hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga xizmat qiladi.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

Xalqaro Ekologiya huquqida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishdagi muammolar. Xasanova R.B, Sayfullayev S.I. Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi. in-academy.uz/index.php/yo

Transchegaraviy ekologik muammolar: Orol dengizi inqirozi va cho‘llanish jarayoni. Safarov I.B, Abdujalilov R. "Экономика и социум" №1(140)-2 2026.

Transboundary Pollution: Harmonizing International and Domestic Law. Noah D. Hall, 40 U. Mich. J. L. Reform 681 (2007).

Problems of legal regulation of transboundary environmental pollution in the Republic of Kazakhstan. Ilyasova, M.T, Asetova, G.B, nternational Journal of Applied and Fundamental Research.2015.

Legal perspectives on state responsibility in transboundary environmental pollution. Senja Ramadhika, Raditya Pramana Adiguna, Law and Justice research journal Volume. 1, No. 1, January 2025.

Oʻquvchilar geografiyasi

9 Koʻrishlar
0 PDF yuklab olishlar
2 Davlatlar

    Yuklab olishlar

    Nashr qilingan

    2026-05-14

    Son

    Boʻlim

    Maqolalar

    Iqtibos keltirish tartibi

    Axmedova , K. (2026). TRANSCHEGARAVIY EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL QILISHDA XALQARO-HUQUQIY YONDASHUVLAR. Yosh Olimlar, 4(45), 92-98. https://doi.org/10.5281/zenodo.20205884
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    9 Views
    0 Downloads