Abduxalilova Zarina
Namangan davlar pedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, texnologik ta'lim yo'nalishi, TXT BU 24 guruh talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqola islom ilmlari tizimida alohida o'rin tutuvchi hadis ilmining mohiyati, rivojlanish tarixi va uning diniy-huquqiy hamda ma'naviy ahamiyatini tahlil qiladi. Hadislar islom shariati uchun Qur'oni karimdan keyingi ikkinchi asosiy manba hisoblanib, paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) sunnatlarini asrab-avaylashda muhim vazifani o'teydi. Maqolada hadis ilmining asosiy metodologiyasi bo'lgan isnod (rivoyatlar zanjiri) va matn (rivoyat mazmuni) tanqidi qoidalari, shuningdek, muhaddislarning hadislarni saralashdagi mashaqqatli mehnatlari yoritilgan. Tadqiqot doirasida hadis ilmining bugungi kundagi ahamiyati, xususan, ekstremistik gʻoyalar va notogʻgʻri talqinlarning oldini olish, shuningdek, islomiy qadriyatlarni xolis va ilmiy asosda anglashdagi o'rni dolzarb masalalar nuqtayi nazaridan ko'rib chiqiladi