MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHDA BOLALAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.20377820;
Maktabgacha ta’lim, mening tadqiqotim, maktabga tayyorlash, bolalar faoliyati, o‘yin va ta’lim, jamoaviy hamkorlik, mustaqil fikrlash, yosh tarbiyachilar, intellektual tayyorgarlik, ijodiy faollik, mantiqiy tafakkur, poydevor.Abstrak
Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolajonlarimizni maktab ta’limiga to‘g‘ri va har tomonlama tayyorlash pedagogika sohasidagi eng qiziqarli muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. Men talaba sifatida bog‘chalarda amaliyot o‘tash jarayonida shunga guvoh bo‘ldimki, bolaning kelajakda maktabda qiynalmasdan o‘qib ketishi nafaqat unga harflar va sonlarni yodlatishga, balki bog‘chada turli xil faoliyat turlarini qanchalik to‘g‘ri tashkil etishimizga bevosita bog‘liq ekan. Mening ushbu tadqiqotimdan ko‘zlangan asosiy maqsad bog‘chada bolalar faoliyatini, ya’ni qiziqarli o‘yinlar, rasm chizish, loyihalash va birgalikda ishlash jarayonlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maktabga tayyorlovda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini amaliy jihatdan o‘rganish va ko‘rsatib berishdan iboratdir. Men ishimni olib borish davomida katta guruhdagi bolalarning real faoliyat jarayonlarini yaqindan kuzatdim hamda tarbiyachilar bilan suhbatlar o‘tkazdim. Kuzatishlarim shuni ko‘rsatdiki, bola turli xil jamoaviy va mustaqil o‘yinlarda, ijodiy ishlar va kichik mashg‘ulotlarda faol ishtirok etsa, unda mantiqiy fikrlash, diqqatni jamlash, iroda, mustaqillik va do‘stlari bilan til topishish kabi maktab uchun eng zarur bo‘lgan xislatlar juda tez shakllanar ekan. Shuningdek, tizimli tashkil etilgan o‘yin va mehnat faoliyatlari bolalarning qo‘l mushaklarini mustahkamlab, ularni yozuv darslariga ham ruhan, ham jismonan tayyorlaydi. Xulosa o‘rnida aytishim mumkinki, ushbu tezisda keltirilgan sodda tavsiyalar va faoliyat usullari maktabgacha ta’lim muassasalarida ishlayotgan yosh tarbiyachilar va amaliyotchi talabalar uchun juda asqotadi, chunki bolani faoliyat orqali maktabga tayyorlash uning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun mustahkam poydevordir.Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-152-sonli Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4312-sonli Qarori.
Mirziyoyeva S.Sh. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni intellektual va ijtimoiy rivojlantirishning pedagogik asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2022. – 180 b.
Hasanboeva O.U., Tojiyeva M.X., Toshpo‘latova Sh.K. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2019. – 240 b.
Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.K. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish psixologiyasi. – Toshkent: Sharq, 2021. – 195 b.
Nishonova Z.T., Alimova G.X. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. – Toshkent: TDPU, 2018. – 210 b.
Egamberdieva N.M. Ijtimoiy pedagogika. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2020. – 230 b.
Tursunova M.A. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya muammolari. – Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2017. – 160 b.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. "Ilk qadam" maktabgacha ta’lim tashkilotining Davlat o‘quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr). – Toshkent, 2022. – 144 b.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
##submission.copyrightStatement##
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi