MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI MOSLASHISH DAVRDA BOLALARNI QO’LLAB-QUVVATLASH
Abstrak
Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning bog‘chaga moslashuvi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bolalar uchun yangi muhit – bu nafaqat yangi o‘yinlar va do‘stlar, balki psixologik sinov hamdir. Shu sababli moslashish davrida ularga to‘g‘ri yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.Psixologlar fikriga ko‘ra, moslashish jarayoni har bir bolada turlicha kechadi. Ba’zi bolalar tez moslashsa, boshqalarda bu jarayon uzoq davom etadi. Shu davrda tarbiyachilar va ota-onalar hamkorligi hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachilar bolalarga mehribonlik bilan yondashib, ularni asta-sekin jamoaga jalb etishlari lozim. Dastlabki kunlarda qisqa vaqt davomida bog‘chada qolish, sevimli o‘yinchoqlarni olib kelish va bolaning his-tuyg‘ulariga e’tibor qaratish tavsiya etiladi. Bu esa bolaning xavotirini kamaytiradi va ishonchini oshiradi.Ota-onalar ham bu jarayonda faol ishtirok etishlari zarur. Ular bolani ruhiy jihatdan tayyorlab, bog‘cha haqida ijobiy tasavvur uyg‘otishlari kerak. “Bog‘chada sen yangi do‘stlar topasan”, kabi ijobiy gaplar bolaga motivatsiya beradi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ–4477-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2019. – 12 b
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-martdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ– 5032-sonli qarori. – T.: Adliya vazirligi, 2021. – 10 b.
Toxirovna, K. F. (2024). O ‘Qituvchilik Faoliyatida Deontologik Tayyorgarlikni Oshirish. Miasto Przyszłości, 51, 146-148.
Kalandarova F.T. KOMPETENTSIYAGА АSOSLАNGАN YONDАSHUV BOʼLАJАK BOSHLАNGʼICH SINF OʼQITUVCHILАRINING DEONTOLOGIK KOMPETENTSIYALАRINI SHАKLLАNTIRISHNING NАZАRIY АSOSI SIFАTIDА. https://www.iupr.ru/5-120-2024
Kalandarova, F. (2024). O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMMUNIKATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHGA DEONTALOGIK YONDASHUV. Namangan Davlat Universiteti
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi