KORXONA VA TASHKILOTLARDA INSON KAPITALINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Inson kapitalini boshqarish zamonaviy iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim shartlaridan biri sifatida qaraladi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning barqaror iqtisodiy o‘sishi, aholi farovonligi va ijtimoiy barqarorlik darajasi bevosita inson kapitali sifatiga bog‘liq. Inson kapitali deganda, avvalo, insonning bilim darajasi, kasbiy ko‘nikmalari, sog‘lig‘i, madaniy va intellektual salohiyati tushuniladi. Ushbu omillar iqtisodiy jarayonlarda faol ishtirok etish imkoniyatini kengaytiradi hamda mehnat unumdorligini oshiradi. Shu boisdan ham O‘zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi