DOSTOYEVSKIY BILAN TUNGI SUHBAT: ESSE TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18976226Аннотация
Mazkur maqolada Fyodor Dostoyevskiyning “Yozuvchining kundaliklari” asaridagi g‘oyaviy va psixologik ziddiyatlar tahlil qilinadi. Tadqiqot markazida Ibrohim G‘ofurovning “Dostoyevskiy bilan tungi suhbat” essesi turadi. Unda insonparvarlik ruhidagi asarlari bilan tanilgan yozuvchi nega mustamlakachilik siyosatini qo‘llab-quvvatlagani haqidagi savol qo‘yiladi. Maqolada ushbu paradoksning bir necha ehtimoliy omillari ko‘rib chiqiladi. Avvalo, Dostoyevskiyning o‘z millatiga bo‘lgan kuchli muhabbati va xalq taqdiri uchun qayg‘urishi uning siyosiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, XIX asr ijtimoiy-tarixiy konteksti – ekspansiya siyosati “madaniy missiya” sifatida targ‘ib qilingan davr – yozuvchi dunyoqarashiga ta’sir etgan. Bundan tashqari, yozuvchining epilepsiya kasalligi va ehtimoliy epileptoid shaxs tipiga oid psixologik omillar ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda Zigmund Freydning shaxs psixikasi haqidagi Id, Ego va Superego modeli ham qo‘llanadi. Xulosa qilinishicha, “Yozuvchining kundaliklari” Dostoyevskiy shaxsiyatining faqat bir qirrasini aks ettiradi. Yozuvchining dahosi inson ruhiyatining eng murakkab va irratsional tomonlarini badiiy tasvirlash qobiliyatida namoyon bo‘ladiЗагрузки
Опубликован
2026-03-12
Выпуск
Раздел
Articles
Как цитировать
Aziza, A. (2026). DOSTOYEVSKIY BILAN TUNGI SUHBAT: ESSE TAHLILI. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 6(3), 20-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.18976226
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads