Текущий выпуск
Том 2 № 7 (2025): Журнал академических исследований нового Узбекистана
"Yangi O'zbekiston ilmiy tadqiqotlar jurnali" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-07-07
Статьи
INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR TUSHUNCHASI VA ULARNI AMALIYOTGA JORIY ETISH
Zamonaviy davrda innovatsion texnologiyalar juda tez rivojlanmoqda. Internet, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar va boshqa texnologiyalar innovatsion jarayonlarni tezlashtiradi. Ushbu texnologiyalar yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratish, shuningdek, mavjud jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatlari paydo bo'ladi.
2025-07-07
SALÍSTÍRMALÍ GÁPLERDE EKSPRESSIVLIKTIŃ BILDIRILIWI (IBRAYIM YUSUPOV QOSÍQLARÍ MÍSALÍNDA)
Bul maqalamızda salıstırmalı gáplerdiń ekspressivlik máni ańlatıw jolları Ibrayım Yusupov qosıqları mısalında analizlendi.
2025-07-07
KIMYO TA’LIMIDA VIRTUAL LABORATORIYALAR IMKONIYATLARI
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga jadal kirib kelishi natijasida fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, kimyo ta’limida virtual laboratoriyalardan foydalanish o‘quv jarayonini interaktiv va samarali tashkil etishga keng yo‘l ochmoqda. Ushbu tadqiqotda kimyo fanini o‘qitishda virtual laboratoriyalarning ilmiy-didaktik asoslari, ularning o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmaga aylantirishdagi roli, bilim olishdagi faollik va mustaqil fikrlashga ta’siri yoritilgan. Virtual laboratoriyalar real laboratoriya sharoitidagi xavf-xatarlarni bartaraf etib, kimyoviy reaksiyalar, tajribalar va moddalarning xossalarini xavfsiz, ekologik toza va tejamkor usulda o‘rganishga imkon beradi. Bundan tashqari, u o‘quvchilarga turli eksperimentlarni takroran bajarish, xatolar ustida ishlash, murakkab tajribalarni modellash orqali chuqur bilim hosil qilishga yordam beradi. Tadqiqotda shuningdek, mavjud virtual platformalar (PhET, ChemCollective, Labster va boshqalar) tahlil qilinib, ularning o‘ziga xos imkoniyatlari va didaktik ustunliklari ko‘rsatib berilgan. Yakunda virtual laboratoriyalar orqali kimyo fanini o‘qitishning zamonaviy strategiyasi, metodik tavsiyalar hamda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari aniqlangan.
2025-07-07
BAQSI GENJEBAY TILEWMURATOVTIŃ DÁSTAN ATQARIWSHILIQ SHEBERLIGI
Bul maqalada Genjebay Tilewmuratovtıń baqsılar shańaraǵında dunyaǵa keliwi, óziniń jeke atqarıwshılıq usılın jaratqanlıǵı, namaları hám sazların hár qıylı naǵıslar, ırǵaqlarlar menen bayıtıp shertkenligi hám dástan atqarıwshılıq jolın bayıtıp, óziniń dástan atqarıw sheberligi menen kóp sanlı atqarıwshılarǵa órnek bola alǵanlıǵı haqqında sóz etiledi.
2025-07-07
MUZIKA DÓRETIWSHILIGINIŃ DÁSLEPKI KÓRINISLERI
Bul maqalada kórkem ónerdiń júzege keliwi, alǵashqı kórkem-ónerdıń dáslepki úlgileri, muzıka dóretiwshiliginiń dáslepki kórinisleri, alǵashqı jámáát dáwirinde tiykarınan ańshılıq hám diyxanshılıq penen kún keshirgen adamlardıń miynet hám dástúrleri haqqında sóz etiledi.
2025-07-07
OʻRTA OSIYODA TRANSREGIONAL HARAKAT VA LANDSHAFTLAR: ANTIK DAVR SIVILIZATSIYALARINING GEOSTRATEGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada Oʻrta Osiyo hududida antik davrda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy tizimlarning geostrategik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqot asosida mintaqaning murakkab landshaft-geografiyasi, savdo yo‘llarining shakllanishi, resurslarning muvozanati va harakatlanuvchanlik darajasi sivilizatsiyalarning shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani ochib beriladi. Maqolada Sugʻd, Baqtriya, Margʻiyona va Xorazm kabi yirik madaniy markazlar bo‘yicha geoharakatlar, tashqi aloqalar va transregional integratsiya nuqtai nazaridan tarixiy-geografik qarashlar ilgari suriladi. Zamonaviy tarixiy-geografik konsepsiyalar asosida yangi yondashuvlar taklif etiladi.
2025-07-09
RAQAMLI DUNYODA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI HIMOYALASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI.
Mazkur maqolada raqamli dunyoda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bilan bog‘liq dolzarb muammolar, tahdid turlari va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik bazasi, xorijiy mamlakatlar — xususan Yevropa Ittifoqining GDPR tizimi asosida xalqaro tajriba o‘rganilgan. Maqolada texnologik va huquqiy yechimlar bilan birga raqamli savodxonlik va axborot xavfsizligi madaniyati shakllantirishning ahamiyati ham yoritilgan.
2025-07-09
KIMYO DARSLARIDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.
Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, usullari va samaradorligi yoritilgan. Innovatsion yondashuvlar dars jarayonida o‘quvchilarning faolligini oshirish, mustaqil fikrlash va ilmiy tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Muallif zamonaviy texnologiyalarning, jumladan, axborot-kommunikatsiya vositalari, interaktiv metodlar va STEAM ta’lim konsepsiyasining kimyo darslariga integratsiyasini tahlil qiladi. Shuningdek, darslarda tajriba va amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion yondashuv asosida tashkil qilish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
2025-07-09
MAQOM SAN’ATINING TARIXI, RIVOJLANISH DAVRI VA HOZIRGI KUNDA MAQOM SAN’ATI SOHASIDA AMALHA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Ushbu maqolada O'zbek maqom san'atining tarixi hamda rivojlanish davri, davrlar mobaynida yashab san'at sohasida ijod qilgan insonlar va ular tomonidan yozib qoldirilgan asarlar va qo'shiqlar. Hozirgi kunda maqom san'ati sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar to'g'risida so'z boradi.
2025-07-09
TAʼLIM – KELAJAK POYDEVORI
Mazkur maqolada taʼlimning inson hayotidagi o‘rniga zamonaviy jurnalist nigohidan qaraladi. Muallif taʼlimni jamiyatning yuragi, har qanday o‘zgarishning boshlanish nuqtasi sifatida baholaydi. Bugungi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, imkoniyatlar va mavjud muammolar ijtimoiy tahlil ruhida yoritilib, muallif mashhur shaxslarning fikrlari va dolzarb savollar orqali o‘z pozitsiyasini faol ifoda etadi. Maqola yoshlarning taʼlimga bo‘lgan ongli yondashuvini targ‘ib qilish, jamiyatda bilimli avlodni shakllantirishda so‘z qudratining o‘rnini ko‘rsatishga qaratilgan
2025-07-09
MUSIQIY CHOLG‘ULARNING TUB KELIB CHIQISHI HAQIDAGI ILMIY FARAZLAR
Musiqa qadim zamonlardan buyon insoniyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib kelgan. Arxeologik va etnologik izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, musiqiy ifoda shakllari, ayniqsa cholg‘ular, dastlabki jamiyatlarda muayyan ijtimoiy, diniy yoki marosimiy funksiyalarni bajargan. Ushbu maqolada musiqiy cholg‘ularning kelib chiqishi haqidagi ilmiy farazlar haqida ma’lumot berilgan.
2025-07-09
O‘ZBEKISTON JANUBIY HUDUDLARIDA EKOTURIZM VA BOLALAR OROMGOHLARI UCHUN ARXITEKTURA-MUHIT YECHIMLARI
Ushbu maqolada O‘zbekiston janubiy hududlari, ayniqsa Buxoro viloyati misolida ekoturizm va bolalar dam olish oromgohlari uchun arxitektura-muhit yechimlari tahlil qilinadi. Muallif ekoturizmning nazariy asoslari, barqaror rivojlanish tamoyillari hamda bolalar maydonchalarining zamonaviy dizayn talablariga to‘xtalgan. Shuningdek, ekologik barqarorlik, madaniy merosni saqlash va mahalliy hamjamiyat ishtirokini ta'minlash orqali hududiy iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Bolalar maydonchalarini loyihalashda xavfsizlik, funksional zonalash, inklyuzivlik va ekologik yondashuv kabi mezonlarga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-07-09
USING EUROPEAN EXPERIENCE IN TEACHING MATHEMATICS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS
In recent decades, European countries have developed a range of effective strategies and methodologies for teaching mathematics to primary school students. This article explores the core principles of these approaches, including competence-based instruction, early development of problem-solving skills, use of digital tools, and integration of mathematics with real-life contexts. By analyzing best practices from countries such as Finland, the Netherlands, Germany, and Estonia, the paper highlights the relevance of adapting these methods to improve primary mathematics education in other national contexts. The study offers insights into curriculum design, teacher training, classroom organization, and student motivation, aiming to support educational reforms that strengthen foundational numeracy and mathematical thinking in young learners.
2025-07-09
ҲАРБИЙ ХИЗМАТЧИЛАРНИ ХОТИРАСИНИ МУСТАҲКАМЛАШДА ПСИХОЛОГИК ТРЕНИНГЛАР.
Ушбу мақолада хотира тушунчаси, унинг турлари ва инсон ҳаётидаги аҳамияти атрофлича таҳлил қилинади. Хотира — инсоннинг олинган маълумотларни сақлаб қолиши, эсга тушириши ва қайта ишлатиш қобилияти сифатида қаралади. Мақолада қисқа муддатли, узоқ муддатли, операциявий ва образли хотира каби турлар хусусиятлари ёритилади. Шунингдек, хотиранинг ривожланишига таъсир этувчи омиллар, уни мустаҳкамлаш усуллари ҳамда таълим-тарбия жараёнидаги аҳамиятига алоҳида эътибор қаратилади. Илмий асосда ёритилган таҳлиллар хотирани яхшилаш бўйича амалий тавсиялар билан якунланади.
2025-07-09
QARAQALPAQSTANDA GIRJEKSHI HAYAL QÍZLARDÍŃ ÓMIRI HÁM DÓRETIWSHILIGI
Bul maqalada Qaraqalpaqstanda sazendeshilik ónerinde girjek saz ásbabın shertiwshi hayal-qızlardıń ómiri hám dóretiwshiligi haqqında sóz etiledi.
2025-07-12
TA’LIM VA AQLIY TARAQQIYOT
Ta’lim inson aqliy taraqqiyotining asosiy determinantlaridan biri bo‘lib, neyroplastiklik, kognitiv qobiliyatlar va ijtimoiy-iqtisodiy omillarning o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Ushbu maqolada ta’limning miya tuzilmalari (prefrontal korteks, hippocampus) va kognitiv jarayonlar (xotira, mantiqiy fikrlash, problem hal qilish)ga ta’siri zamonaviy neyrofan tadqiqotlar asosida tahlil qilinadi. 2015–2024 yillarda Scopus, PubMed va O‘zbekiston Pedagogika jurnallarida chop etilgan 50 ta ilmiy maqolalarni sistemli sharh qilish natijasida aniqlandiki, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limning aqliy taraqqiyotga ta’siri 35–40%ni tashkil etadi. Ta’limning kognitiv samaradorligini oshirishda muhit (o‘qituvchilar bilan munosabat, interfaol metodlar) va genetik omillar (DRD4 geni variatsiyalari) o‘rtasidagi sinergiya hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘zbekiston kontekstida multilingvizm (o‘zbek, rus, ingliz tillarini parallel o‘rganish) miyaning plastikligini 20%ga oshirishi, shuningdek, ijtimoiy tengsizliklar aqliy taraqqiyotni 25% sekinlashtirishi qayd etilgan. Maqolada ta’lim tizimini kognitiv jihatdan samaraliroq qilish uchun takliflar (individual yondashuv, neyroo‘qitish texnologiyalari) ilmiy asoslangan.
2025-07-12
STOMATOLOGIYADA RENTGEN TEKSHIRUVINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada stomatologiyada rentgen tekshiruvining diagnostikadagi o‘rni, zamonaviy rentgen texnologiyalari va ularning turlari haqida so‘z yuritiladi. Rentgen tasvirlar yordamida tish va milk kasalliklarini erta bosqichda aniqlash, davolash rejalarini tuzish va jarayonni nazorat qilish imkoniyati tahlil qilingan. Maqolada shuningdek, xavfsizlik choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan.
2025-07-12
O’ZBEKISTON AHOLI MANZILGOHLARINI HUDUDIY TARKIBI
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi hududidagi shahar aholi manzilgohlarining ma’muriy-hududiy bo‘ysunishi, ularning hududiy taqsimoti va urbanizatsiya jarayonlari tahlil qilingan. Shaharlar aholi soni va iqtisodiy-ma’muriy funksiyalariga ko‘ra guruhlarga ajratilib, hududlar kesimidagi notekis rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan. Shuningdek, shaharchalar va qishloq aholi manzilgohlarining soni, joylashuvi hamda demografik sig‘imi o‘rganilib, urbanistik tizimni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.
2025-07-15
NÓKIS RAYONÍ TOPONIMLERINIŃ KLASSIFIKACIYASÍ HÁM INDIKATORLARÍ
biz bul maqalamızda toponimika ilimi, onıń statistikalıq áhmiyeti, jer-suw atamalarınıń tariyxıy, etnikalıq, siyasiy, mádeniy sebepler tiykarında kelip shıǵıwı, hár qıylı shárayatlarǵa bola atamalardıń ózgeriwi hám toponimniń qaysı túrleriniń jiyi qollanıwı sıyaqlı máseleler haqqında sóz etiwdi maqset ettik.
2025-07-15