JAGIS MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI

Авторы

  • Aliyeva Iroda Shoraxmatovna Geologiya fanlar universiteti Sirtqi bo‘limi 5-kurs talabasi Автор

Ключевые слова:

Janubiy Orolbo‘yi, Sudochi egilmasi, Jagis tuzilmasi, braxiantiklinal burma, tektonika, yura yotqiziqlari, riftogenez, geologik tuzilish, uglevodorodlar.

Аннотация

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining yirik tektonik elementi hisoblangan Sudochi egilmasining g‘arbiy qismida joylashgan Jagis tuzilmasining geologik va tektonik xususiyatlari tahlil qilingan. Hududning geologik tuzilishi poydevor, oraliq strukturaviy qavat hamda mezozoy-kaynozoy cho‘kindi qoplamasidan tashkil topganligi ko‘rsatib berilgan. Sudochi egilmasining shakllanishi riftogenez jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning grabensimon tuzilishi yirik amplitudali uzilmalar tizimi orqali murakkablashgan. Jagis tuzilmasi Sudochi egilmasining g‘arbiy bortiga tutashgan mahalliy tektonik ekranlangan braxiantiklinal burma hisoblanadi. Tuzilma yura yotqiziqlari majmuasi bo‘ylab kuzatilib, yuqori yura va o‘rta yura gorizontlarida turlicha morfometrik ko‘rsatkichlarga ega. O‘rta yura yotqiziqlarida tuzilmaning maydoni va amplitudasi yuqori yura yotqiziqlariga nisbatan kattaroq ekanligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Jagis tuzilmasining geologik rivojlanish tarixini aniqlash, uning tektonik tuzilishini baholash hamda uglevodorodlar istiqbolini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Библиографические ссылки

A. Abidov, Y. Ergashev, M. Qodirov, “Neft va gaz geologiyasi” ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati, Toshkent 2000 y.

A. Xojiyev va boshq., Jagis maydonida neft va gaz konlarini (uyumlarini) qidirish loyihasi, Toshkent sh. “NvaGKGhQI” DM fondi, 2020y.

Загрузки

Опубликован

2026-06-11

Как цитировать

Aliyeva , I. (2026). JAGIS MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI. Прикладные науки в современном мире, 5(12), 56-58. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDAF/article/view/52084
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads