Taqriz jarayoni
«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar» (ZDAF)
Konferensiyaga kelib tushgan har bir tezis quyidagi bosqichlardan oʻtadi. Bu tahririy koʻrik (editorial review) modeli — tezis janri jurnal maqolasidan farq qilgani uchun ikki taraflama yopiq taqriz qoʻllanilmaydi; qaror tahririyat tomonidan qabul qilinadi.
- Qabul. Tezis roʻyxatga olinadi, muallifga tasdiq yuboriladi.
- Dastlabki koʻrik. Mavzuning konferensiya yoʻnalishlariga muvofiqligi, hajmi, tuzilishi va rasmiylashtirilishi tekshiriladi.
- Originallik tekshiruvi. Matn Copyleaks orqali tekshiriladi; originallik kamida 60% boʻlishi shart.
- Tahrir. Tahririyat matnni koʻrib chiqadi va zarur boʻlsa muallifdan tuzatish soʻraydi. Muallif tuzatilgan variantni qayta yuboradi.
- Qaror. Tezis qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.
- Toʻlov va nashr. Ishtirok toʻlovi tasdiqlangach tezis navbatdagi toʻplamga kiritiladi, DOI biriktiriladi va ochiq kirishda chop etiladi.
- Sertifikat. Har bir muallifga elektron sertifikat beriladi.
Muddatlar
- Dastlabki koʻrik — odatda 1–3 ish kuni
- Originallik tekshiruvi — 1 ish kuni ichida
- Toʻliq jarayon (qabuldan nashrgacha) — toʻplam chiqish sanasiga qarab; toʻplam oyiga ikki marta chiqadi
Rad etish asoslari
- mavzu konferensiya yoʻnalishlariga mos emas
- originallik 60% dan past
- tezis talab qilingan tuzilishga (dolzarblik, usul, natija, xulosa) ega emas
- muallif soʻralgan tuzatishlarni kiritmagan
Qaror bilan rozi boʻlmasangiz — shikoyat va apellyatsiya tartibi.
Nashriyot: Innovative Academy Research Support Center (Innovative Academy RSC)
Manzil: 100017, Toshkent, Amir Temur shoh koʻchasi 120/30
Aloqa: info@in-academy.uz · +998 93 569 23 06