Mualliflar uchun qoʻllanma

Tezis talablari

Konferensiyaga 2–4 sahifalik tezis qabul qilinadi. Tezis oʻzbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz tilida boʻlishi mumkin.

Texnik talablar

  • Fayl formati — Microsoft Word (.docx); PDF yoki skan qabul qilinmaydi.
  • Shrift Cambria yoki Times New Roman 12, qatorlar oraligʻi 1,15, xoshiyalar 2 sm.
  • Hajm 2–4 sahifa (adabiyotlar roʻyxati bilan birga).
  • Kalit soʻzlar 3–5 ta.
  • Adabiyotlar 5 tagacha, matn oxirida.

Tuzilishi

  1. Tezis nomi (bosh harflarda, qalin).
  2. Muallif F.I.Sh., ish joyi/oʻquv muassasasi, lavozimi, e-pochta.
  3. Kalit soʻzlar.
  4. Asosiy matn: dolzarblik, tadqiqot usuli, natija, xulosa.
  5. Foydalanilgan adabiyotlar.

Nashr shartlari

  • Originallik kamida 60 % (Copyleaks).
  • ORCID talab etilmaydi — u faqat jurnal maqolalari uchun majburiy.
  • Nashr toʻlovi — 70 000 so'm; xorijiy mualliflar uchun $10. Batafsil: moliyaviy siyosat va ommaviy oferta.
  • Konferensiya — Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi; toʻplam oyiga ikki marta chiqadi.
  • Toʻplam DOI bilan roʻyxatga olinadi va ochiq kirishda nashr etiladi.

Joriy chaqiruv shartlari va muddatlari: axborot xati.