Maqolalar

JAGIS MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI

Jild 5 son 12 (2026): Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 56-58

DOI: 10.5281/zenodo.20662335 2026-06-11 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Aliyeva Iroda Shoraxmatovna Geologiya fanlar universiteti Sirtqi bo‘limi 5-kurs talabasi

Annotatsiya

Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining yirik tektonik elementi hisoblangan Sudochi egilmasining g‘arbiy qismida joylashgan Jagis tuzilmasining geologik va tektonik xususiyatlari tahlil qilingan. Hududning geologik tuzilishi poydevor, oraliq strukturaviy qavat hamda mezozoy-kaynozoy cho‘kindi qoplamasidan tashkil topganligi ko‘rsatib berilgan. Sudochi egilmasining shakllanishi riftogenez jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning grabensimon tuzilishi yirik amplitudali uzilmalar tizimi orqali murakkablashgan. Jagis tuzilmasi Sudochi egilmasining g‘arbiy bortiga tutashgan mahalliy tektonik ekranlangan braxiantiklinal burma hisoblanadi. Tuzilma yura yotqiziqlari majmuasi bo‘ylab kuzatilib, yuqori yura va o‘rta yura gorizontlarida turlicha morfometrik ko‘rsatkichlarga ega. O‘rta yura yotqiziqlarida tuzilmaning maydoni va amplitudasi yuqori yura yotqiziqlariga nisbatan kattaroq ekanligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Jagis tuzilmasining geologik rivojlanish tarixini aniqlash, uning tektonik tuzilishini baholash hamda uglevodorodlar istiqbolini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

A. Abidov, Y. Ergashev, M. Qodirov, “Neft va gaz geologiyasi” ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati, Toshkent 2000 y.

A. Xojiyev va boshq., Jagis maydonida neft va gaz konlarini (uyumlarini) qidirish loyihasi, Toshkent sh. “NvaGKGhQI” DM fondi, 2020y.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-11

Iqtibos keltirish tartibi

Aliyeva , I. (2026). JAGIS MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI. Zamonaviy Dunyoda Amaliy Fanlar, 5(12), 56-58. https://doi.org/10.5281/zenodo.20662335
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
4 Views
0 Downloads