JAGIS MAYDONINING TEKTONIK TUZILISHI
Keywords:
Janubiy Orolbo‘yi, Sudochi egilmasi, Jagis tuzilmasi, braxiantiklinal burma, tektonika, yura yotqiziqlari, riftogenez, geologik tuzilish, uglevodorodlar.Abstract
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasining yirik tektonik elementi hisoblangan Sudochi egilmasining g‘arbiy qismida joylashgan Jagis tuzilmasining geologik va tektonik xususiyatlari tahlil qilingan. Hududning geologik tuzilishi poydevor, oraliq strukturaviy qavat hamda mezozoy-kaynozoy cho‘kindi qoplamasidan tashkil topganligi ko‘rsatib berilgan. Sudochi egilmasining shakllanishi riftogenez jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning grabensimon tuzilishi yirik amplitudali uzilmalar tizimi orqali murakkablashgan. Jagis tuzilmasi Sudochi egilmasining g‘arbiy bortiga tutashgan mahalliy tektonik ekranlangan braxiantiklinal burma hisoblanadi. Tuzilma yura yotqiziqlari majmuasi bo‘ylab kuzatilib, yuqori yura va o‘rta yura gorizontlarida turlicha morfometrik ko‘rsatkichlarga ega. O‘rta yura yotqiziqlarida tuzilmaning maydoni va amplitudasi yuqori yura yotqiziqlariga nisbatan kattaroq ekanligi aniqlangan. Olingan ma’lumotlar Jagis tuzilmasining geologik rivojlanish tarixini aniqlash, uning tektonik tuzilishini baholash hamda uglevodorodlar istiqbolini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
References
A. Abidov, Y. Ergashev, M. Qodirov, “Neft va gaz geologiyasi” ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati, Toshkent 2000 y.
A. Xojiyev va boshq., Jagis maydonida neft va gaz konlarini (uyumlarini) qidirish loyihasi, Toshkent sh. “NvaGKGhQI” DM fondi, 2020y.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite