BOLALARNING MUSTAQIL MUSIQIY FAOLIYATI MAZMUNI VA UNGA RAHBARLIK QILISH
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.17558713Abstrak
Ushbu maqolada bolalarning mustaqil musiqiy faoliyatini shakllantirish mazmuni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda pedagog rahbarligining o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mustaqil musiqiy faoliyat bolalarning estetik didini, ijodkorlik salohiyatini, musiqiy eshitish va ritmik sezgi qobiliyatini rivojlantiruvchi muhim omil sifatida qaraladi. Maqolada musiqiy faoliyatning turlari – kuylash, tinglash, raqsga tushish, cholg‘u asboblarida chalish va improvizatsiya jarayonlari orqali bola shaxsining musiqiy idroki shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, tarbiyachining rahbarlik faoliyati musiqiy tarbiya jarayonida bola mustaqilligini rag‘batlantirish, ijobiy muhit yaratish va individual yondashuvni ta’minlash asosida izohlanadi. Tadqiqot natijalari musiqiy ta’limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish bolalarning hissiy, intellektual va ijodiy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2025-11-08
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
San'atjon, S., & Elnora, R. (2025). BOLALARNING MUSTAQIL MUSIQIY FAOLIYATI MAZMUNI VA UNGA RAHBARLIK QILISH. Yevroosiyo Ijtimoiy Fanlar, Falsafa Va Madaniyat Jurnali, 5(11), 51-56. https://doi.org/10.5281/zenodo.17558713
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads