SOVET DAVRIDA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT MASALASINING "HAL ETILISHI"GA DOIR MULOHAZALAR

Authors

  • Djurayeva, Nilufar Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17548624

Abstract

Maqolada XX asrda sovetlar tomonidan ayollar mavzusi tubdan inqilobiy oʻzgarishlarga asoslanganligi, sovet hokimiyati mustamlakachilik strategiyasini amalga oshirishga intilib, xotin-qizlarni ijtimoiy ishlab chiqarishga keng jalb etish maqsadida siyosiy va iqtisodiy jihatdan “ozod qilish” harakatini olib borganligi, biroq ushbu jarayon mahalliy madaniyat, milliy va diniy an’analar, patriarxal qadriyatlar va ijtimoiy stereotiplar bilan murosasiz kechganligi ilmiy tahlil etilgan. Ma’lumki, shunday boʻlsa-da, o‘zbek xotin-qizlari ruhiyatidagi vatanparvarlik, shijoat, tashabbuskorlik kabi tuyg‘ular tufayli ularning jamiyatdagi o‘rni, huquqlari va ijtimoiy faolligi sezilarli darajada o‘zgardi. Sovet davrida xotin-qizlar boʻlimi kabi tashkilotlar ayollarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni kommunistik ideologiyaga jalb qilish va tenghuquqlilik siyosatini amalga oshirishda muhim rol o‘ynadi. Lekin bu tashkilotlar asosan partiya nazorati va mafkuraviy ta’sir ostida faoliyat yuritgan. Sovet davrida xotin-qizlar masalasining hal etilishi nafaqat ularga qonuniy huquqlarni yaratish, balki ularni iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga keng jalb qilish orqali amalga oshirildi. Biroq, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi sosialistik jamiyat qurish uchun xizmat qilishi kerak edi.

Downloads

Published

2025-10-31

How to Cite

Nilufar, D. (2025). SOVET DAVRIDA XOTIN-QIZLARGA MUNOSABAT MASALASINING "HAL ETILISHI"GA DOIR MULOHAZALAR. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 5(10), 227-242. https://doi.org/10.5281/zenodo.17548624
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads