Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-18
Статьи
ГРУНТ СУВЛАРИ ОПТИМАЛ САТҲИНИ АНИҚЛАШ
Мақолада грунт сувларининг оптимал сатҳини аниқлаш учун гидрогеологик, агрономик ва иқтисодий омилларни интеграцияловчи ёндашув таклиф этилади. Назарий асослар (сиқилишсиз оқим, капилляр кўтарилиш), дренажни ҳисоблаш (мақсадли сатҳга эришиш) ва бошқариладиган дренажнинг мавсумий тартиблари муҳокама қилинган. Методика далал архивлари, моделлаш ва многокритериал оптималлаштиришга таянади
2025-12-17
AN’ANAVIY XONANDALIK VA MAQOMLARDA IJROCHILIK USLUBLARINING EVOLYUTSIYASI VA ULARNING BADIIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada o‘zbek an’anaviy va maqom xonandaligida ijrochilik uslublarining tarixiy-evolyutsion rivoji, shakllanish omillari va ularning badiiy-estetik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. An’anaviy ijrochilik uslublari asosan xalq og‘zaki ijodi, maqom san’ati, marosim musiqasi va ustoz–shogird an’anasi orqali shakllanganligi ko‘rsatildi. Shu bilan birga, xonandalarning vokal imkoniyatlarini rivojlantirish, ohangni bezash, badiiy ifodaning chuqurligini oshirish kabi ijrochilik jihatlari ham batafsil yoritiladi. Maqolada ijrochilik uslublarining shakllanish jarayonida tarixiy, madaniy va pedagogik omillar o‘rganildi. Ijrochilik uslublari nafaqat musiqa asarining mazmunini chuqurroq yetkazishga xizmat qiladi, balki tinglovchida estetik zavq uyg‘otish va milliy ruhni yetkazishda muhim vosita hisoblanadi. An’anaviy xonandalik ijrochilik uslublarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib ta’lim jarayoniga tatbiq etish zarurligini asoslaydi. Shu yo‘l bilan milliy musiqiy madaniyatni saqlash va rivojlantirish, shuningdek, kelajak avlod xonandalarining ijodiy salohiyatini oshirish imkoniyati yaratiladi.
2025-12-17
ISHLAB CHIQARISHDA XAVFLI KIMYOVIY MODDALAR TA’SIRINI KAMAYTIRISHDA MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YICHA TRENING VA YO‘RIQNOMALARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada ishlab chiqarish jarayonlarida xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlashda mehnat muhofazasi bo‘yicha trening va yo‘riqnomalarning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Xavfli kimyoviy moddalarning inson salomatligi va ishlab chiqarish muhitiga salbiy ta’siri, ularning oldini olishda xodimlarni o‘qitish va yo‘riqlantirishning roli yoritib berilgan. Shuningdek, mehnat muhofazasi treninglari va yo‘riqnomalarining turlari, ularning o‘zaro uyg‘unligi hamda xavfsizlik madaniyatini shakllantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Maqola natijalari ishlab chiqarish korxonalarida kasbiy xavflarni kamaytirish va xodimlar salomatligini muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-12-17
ZOOFRALOGIZM ASOSIDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING PRAGMATIK TAHLILI
Mazkur maqolada zoofrazelogizmlar – ya’ni hayvonotolamiga oid obrazlarni o‘z ichiga olgan frazeologik birliklarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Hayvonlar obraziga asoslangan frazeologizmlarning semantik-pragmatik xususiyatlari, emotsional-ekspressiv mazmuni, milliy-madaniy asoslari kommunikativ diskursdagi funksiyalari chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, zoofrazelogizmlarning boshqa tillardagi analoglari bilan qiyosiy ko‘rinishlari ham yoritiladi.
2025-12-18
ХИВА ХОНЛИГИДА МЕТАЛЛСОЗЛИК ИХТИСОСЛАШУВИ ВА ҲУНАРМАНДЧИЛИК УЮШМАЛАРИНИНГ ШАКЛЛАНИШИ
Мазкур мақолада XV–XX асрлар давомида Хива хонлиги ҳудудида металлсозлик соҳаларидаги ихтисослашув жараёнлари ва ҳунармандчилик тизимининг шаклланиши илмий манбалар асосида таҳлил қилинади. Тадқиқотда шаҳар ва қишлоқ муҳитида металлга ишлов берувчи касбларнинг тармоқланиши, меҳнат тақсимоти, ҳудудий ихтисослашув ва ташқи иқтисодий омилларнинг таъсири ёритиб берилади. Шунингдек, XIX аср охири - XX аср бошларида Чор Россияси саноат маҳсулотларининг маҳаллий ҳунармандчиликка кўрсатган таъсири ҳам таҳлил қилинади.
2025-12-18
ZAMONAVIY TA’LIM PARADIAGRAMASI VA KOMPOTENSIYAVIY YONDASHUVNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu ishda taʼlim jarayonida kompotensiyaviy yondashuvning nazariy va metodik asoslari yoritilgan boʻlib, kompotensiyaviy yondashuvning mazmuni, mohiyati uning zamonaviy ta’lim paradiagramasidagi o’rni va o’quvchining har tomonlama rivojlanishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda konstruktivizm, shaxsga yonaltirilgan ta’lim va faol pedagagik metodlarga tayangan holda kompotensiyalarni rivojlantirishning metodik asoslari korib chiqiladi.
2025-12-18
ZAMONAVIY TA'LIM SHAROITIDA PROBLEM-BASED LEARNING (PBL) NING MOHIYATI VA TAMOYILLARI
So‘nggi o‘n yilliklarda Yevropa oliy ta’limida rivojlangan uslubiy paradigma talabalarning ish bilan ta’minlanishiga erishish uchun Problem-Based Learning (PBL) ning mohiyati va tamoyillari qaratilgan. Ta’limning ushbu professionalizatsiyasi yanada moslashuvchan va faol o‘qitish kontekstlarini talab qiladi. Talabalarning istiqboli o‘zlarining motivatsiyasi va ishlashida muhim rol o‘ynashini hisobga olib ushbu maqolada loyihaga asoslangan ta’lim qanday qilib talabalarning ba’zi asosiy kompetentsiyalarni yaxshilashi va ushbu usulning foydaliligi, afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida talabalarning fikrlarini o‘rganishni maqsad qilganmiz. Izlanishlar natijasida, loyihalar bilan ishlash jamoaviy ish, aloqa, ijodkorlik, tashkilot va axborotni boshqarish vakolatlarini takomillashtirish samaradorligini qo‘llab-quvvatlaydi.
2025-12-18
BOSHLANGʻICH SINFLARDA RAQAMLI AHLOQIY OʻYINLAR YORDAMIDA IJOBIY XULQ ATVORNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda raqamli axloqiy o‘yinlar yordamida o‘quvchilarda ijobiy xulq-atvorni shakllantirishning metodik va pedagogik imkoniyatlarini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Raqamli texnologiyalar va interaktiv o‘yinlar bugungi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, motivatsiyasini oshirish va axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirishda samarali vosita sifatida e’tirof etilmoqda. Maqolada xorijiy va O‘zbekistonlik olimlarning tadqiqotlari tahlil qilinib, raqamli axloqiy o‘yinlarning pedagogik ahamiyati, interaktiv xususiyati va o‘quvchilarning ijtimoiy-axloqiy rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.
2025-12-18
DEVELOPING COORDINATION SKILLS IN GYMNASTICS
Coordination is a cornerstone of success in gymnastics, underpinning the execution of complex movements, artistic expression, and injury prevention. This article provides a comprehensive review of the scientific principles, developmental considerations, and training methodologies crucial for fostering superior coordination skills in gymnasts. Drawing upon theories of motor control and learning, the article explores the multifaceted components of coordination, including balance, rhythm, spatiotemporal orientation, and kinesthetic differentiation, and their neurological underpinnings. The literature review highlights the importance of early, varied, and progressive training interventions, emphasizing the role of sensory integration and deliberate practice. Hypothetical results from simulated studies illustrate the differential impacts of varied versus repetitive training and the correlation between proprioceptive emphasis and advanced skill acquisition. The discussion synthesizes these findings, advocating for individualized, holistic training approaches that incorporate both physical and cognitive strategies. The article concludes by reiterating the critical role of scientifically informed coordination development and suggests avenues for future research to further refine training protocols and optimize gymnastic performance.
2025-12-18
MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING OLIY TA’LIM TIZIMIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada masofaviy ta’lim texnologiyalarining mazmun-mohiyati, ularning oliy ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi, ta’lim sifati va pedagogik innovatsiyalar rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, masofaviy o‘qitishning afzalliklari, muammolari va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yoritilgan.
2025-12-18
VIRTUAL DUNYO VA YOLG‘IZLIK: ONLAYN IZOLYATSIYANING PSIXOLOGIK OQIBATLARI
Siz quyida o‘qimoqchi bo’lgan maqolamizda hozirda judayam dolzarb bo’lgan muhit ya’ni virtual olam haqida ma’lumot olasiz. Maqolada virtual dunyoning foydalari va zarari, uning xususiyatlari, inson ongiga o’zaro ta’siri, ong boshqaruvi va shu kabi g’ayrioddiy ta’siri haqida axborot berilgan. Onlaynlik,vaqtning o’g’irlanishi, atrof muhitni bo’lgan e’tiborsizlik, yakkalanib qolish, inson psixologiyasining o’zgartirishi, tashqi muhitdan uzilib qolish kabi oqibatlarni ham maqolada yoritib o’tamiz. Avval virtual olam va real hayot farqlari, yosh avlodning uyali aloqa vositalariga, Internet tarmog’iga bog’lanib qolishlarini ko’rib chiqamiz. Noreal dunyoning yangi imkoniyatlari va inson hayotidagi o’rni ham maqolada o’z aksini topgan. Bundan tashqari XXI asrda judayam ommalashib kelayotgan bir ibora borki eshitmagan quloq, foydalanmagan inson yo’q ya’ni “KIBERMAKON” haqida ham ma’lumot berib o’tamiz.
2025-12-18
TURDOSH HUQUQLARDA IJROLARNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Mazkur tezis turdosh huquqlarda ijrolarning nazariy-huquqiy asoslari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ijro tushunchasining huquqiy tabiati, uning mualliflik huquqi bilan o‘zaro bog‘liqligi va farqli jihatlari, shuningdek, ijrochilarning huquqiy maqomi ochib beriladi. Turdosh huquqlar tizimida ijrolarning obyekti sifatidagi ahamiyati, ularni huquqiy muhofaza qilishning asosiy prinsiplari hamda milliy va xalqaro huquq normalarida mustahkamlangan himoya mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, tezisda ijrolarning moddiy va nomoddiy shakllari, ularni qayd etish, tarqatish va jamoatchilikka yetkazish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Amaldagi qonunchilikdagi mavjud muammolar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy-huquqiy nuqtayi nazardan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari turdosh huquqlar sohasida ijrochilar huquqlarini samarali himoya qilishni takomillashtirish, qonunchilikni yanada rivojlantirish va huquqiy amaliyotni boyitishga xizmat qiladi.
2025-12-18
ZAMONAVIY PEDAGOGNING MULOQOT USULLARI VA IMIDJI
Ushbu maqolada zamonaviy pedagogning muloqot usullari va imidji haqida batafsil ma’lumotlar yoritilgan. О‘qitish samaradorligini oshirish va ijobiy tarbiyaviy ta’sir kо‘rsatish uchun о‘qituvchi pedagogik texnikasi tizimidan о‘rin olgan malakalar haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-12-18
TALABALARNING XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHIDA MOTIVATSIYA VA QOBILIYATLARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada talabalarning xorijiy tillarni o‘rganishida motivatsiya va qobiliyatlarning ahamiyati batafsil yoritilgan. Psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.
2025-12-18
ИННОВАЦИОННЫЕ РАДИОЛОГИЧЕСКИЕ АЛГОРИТМЫ ДИАГНОСТИКИ ОСТЕОГЕННОЙ САРКОМЫ У ДЕТЕЙ
В данной работе рассматриваются ключевые аспекты клинической, рентгенологической и гистологической диагностики классической (конвенциональной) остеосаркомы у детского и подросткового контингента, а также кратко освещаются вопросы генетических нарушений, дифференциальной диагностики и прогностических факторов. Такая последовательность диагностики повышает чувствительность при выявлении как первичных поражений костей, так и клинически не проявляющихся метастазов, позволяя своевременно отличить их от доброкачественных состояний и воспалительных процессов.
2025-12-18
IQTISODIY MASALALARNI MATEMATIK MODELLASH ORQALI TAHLIL QILISH
Ushbu tezisda ishlab chiqarish jarayonida uch turdagi mahsulotni tayyorlash va sotish bilan bog‘liq iqtisodiy masalalar matematik modellashtirish usullari yordamida tahlil qilinadi. Mahsulotlarga sarflangan xarajatlar, sotishdan olingan foyda hamda eng samarali mahsulot turi aniqlanadi. Olingan natijalar ishlab chiqarish jarayonida resurslardan oqilona foydalanish va foydani maksimal darajaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-12-18
ИСЛОМДА ЎЛИМ ТУШУНЧАСИ ВА У БИЛАН БОҒЛИҚ АМАЛИЁТЛАР
Ушбу мақолада Исломда ўлим тушунчаси ва унга боғлиқ диний, ахлоқий ва амалий масалалар ўрганилади. Ислом таълимотига кўра, ўлим бутунлай йўқ бўлиш эмас, балки инсоннинг вақтинча дунё ҳаётидан абадий ҳаётига ўтиши сифатида қаралади ва фақат Аллоҳ иродаси билан содир бўлади. Мақолада “мавт” сўзининг луғавий ва терминологик маънолари, Қуръон ва ҳадислардаги тасвири, яхши ва ёмон инсонлар ўлими орасидаги фарқлар таҳлил қилинади. Шунингдек, руҳнинг танадан ажралиши, қабр ҳаёти (барзах), савоб ва жазо тушунчаларига эътибор қаратилган. Мақолада шундан ташқари, ўлим олдидан, ўлим пайтида ва ундан кейин бажариладиган Ислом амалиётлари ва одоблари — ўлимни эслаш, руҳий тайёргарлик, сабр, дуо ва ибодатлар, шаҳодат калимаси (шаҳода), жаноза маросими ва марҳумга ҳурмат кўрсатиш каби масалалар кўриб чиқилган. Теологик, фалсафий ва ижтимоий нуқтаи назарлардан қаралган ҳолда, мақола Исломда ўлимнинг маъноли ва аҳамиятини, унинг инсон ҳаётида ахлоқий ва руҳий онгни шакллантиришдаги ролини ёритади.
2025-12-18
LITSENZIYALASH VA PATENTLASHNING INNOVATSIYALAR EKOSISTEMASIDAGI ROLI VA AHAMIYATI
Ushbu tezisda intellektual mulk (IM) huquqlarining ikki asosiy mexanizmi – Patentlash va Litsenziyalashning innovatsion ekosistemadagi roli kompleks tahlil qilinadi. Patentlashning ixtironi huquqiy himoya qilish orqali R&D (tadqiqot va ishlanmalar) faoliyatini rag'batlantirishi, litsenziyalashning esa himoyalangan texnologiyalarni samarali transfer qilish va ulardan tijorat foydasi olishda hal qiluvchi ahamiyati ochib beriladi. Ishda patent olishning asosiy mezonlari, strategiyalari (milliy, PCT) va litsenziya shartnomalarining turlari (eksklyuziv, no-eksklyuziv) chuqur o'rganiladi. Xulosa qismida ushbu mexanizmlar innovatsiyalar zanjirini mustahkamlashi va milliy iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonunchilikni takomillashtirish zaruriyati asoslanadi.
2025-12-19
BANKLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGI KO‘RSATKICHLARINING NAZARIY ASOSLARI
Banklar faoliyati samaradorligi mamlakat moliya tizimining barqaror ishlashida muhim o‘rin tutadi. Tijorat banklari turli vazifalarni bajaradi, o‘zaro va iqtisodiyotning boshqa subyektlari bilan hamkorlik qiladi, ko‘plab operatsiyalarni amalga oshiradi. Banklarning ishlash qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatishi, ularni bankrotlik holatiga olib kelishi, bank mijozlari va mulkdorlariga katta zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab xatarlar mavjud. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun mahalliy banklar hozirgi vaqtda barcha ehtimoliy xatarlarni baholashni tobora sinchkovlik bilan amalga oshira boshladilar. Yana bir jihat shundaki, bank mijozlari ham o‘z jamg‘armalarini qo‘yishga tayyor bo‘lgan bankni tanlashga mas’uliyatliroq va malakaliroq yondashadilar. Masalan, bank mulkdorlari va aksiyadorlari uchun uning faoliyati samaradorligi to‘langan dividendlar miqdori va tijorat muassasasining bozor qiymati bilan ifodalanadi. Bankning o‘zi uchun esa samaradorlik shundan iboratki, u o‘z faoliyatining chegaralarini potensial ravishda kengaytirishi mumkin. Davlat uchun bu bank industriyasidan byudjetga tushadigan soliqlar hajmi bildiradi.
2025-12-19
GIPERILOVALAR, JADVALLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Ushbu maqola giperilovalar (shuningdek, gipermatn, havolalar deb ham yuritiladi) va jadvallarning axborotni tashkil etish, taqdim etish va undan foydalanishdagi oʻrni va ahamiyatini tahlil qiladi. Giperilovalar — veb-sahifalar va hujjatlarni oʻzaro bogʻlovchi, foydalanuvchiga bir maʼlumotdan boshqasiga tez oʻtish imkonini beruvchi asosiy navigatsiya vositasi sifatida koʻrib chiqiladi. Jadvallar esa murakkab, tartiblangan va taqqoslanadigan maʼlumotlarni vizual jihatdan aniq va tizimli shaklda ifodalash vositasi sifatida oʻrganiladi. Maqolada giperilovalarning samarali qoʻllanilish usullari, ularning UX (foydalanuvchi tajribasi) va SEO (qidiruv tizimini optimallashtirish) ga taʼsiri ochib beriladi. Shuningdek, jadvallarni HTML, CSS va boshqa texnologiyalar yordamida semantik jihatdan toʻgʻri va moslashuvchan (responsive) yaratish tamoyillari ham yoritiladi. Maqola axborotni raqamli muhitda samarali tashkil etishga qiziquvchi kontent yaratuvchilar, veb-dizaynerlar va dasturchilar uchun moʻljallangan.
2025-12-19
HTML DASTURLASH TILIDA GRAFIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada HTML dasturlash muhitida grafik texnologiyalarni qo‘llashning konseptual asoslari va amaliy yo‘nalishlari batafsil yoritilgan. Unda veb-sahifalarda grafik obyektlarning axborot uzatishdagi o‘rni, tasviriy elementlarni yaratish va boshqarish usullari hamda HTML5 platformasida mavjud grafik imkoniyatlar tahlil qilingan. Shuningdek, vizual resurslarni samarali joylashtirish, moslashuvchan dizayn yaratish va foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqani kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqola veb-texnologiyalarni chuqur o‘rganishga qiziquvchi talabalar va mutaxassislar uchun mo‘ljallangan
2025-12-19
ОЛМА (MALUS DOMESTICA BORKH.) МЕВАЛАРИДАН ҚАЙТА ИШЛАНГАН МАҲСУЛОТЛАР ТАЙЁРЛАШДА ҚОҒОЗ ҚОПЧАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ
Олма меваларини турли хилдаги қоғоз қопчалар билан ўралган меваларини қуритиш ҳамда шарбат олиш бўйича илмий тадқиқот иши олиб борилди. Бунда олма меваларидаги қоғоз қопчаларнинг таъсирида қуритилган маҳсулот чиқими паст бўлган ҳамда мевалардан олинган шарбатнинг сифат кўрсаткичлари талаб даражасида бўлмаган.
2025-12-19
ALGORTIM TUSHUNCHASIGA ANIQLIK KIRITISH: NAZARIY-ASOSIY YONDASHUV VA ZAMONAVIY TALQINLAR
Ushbu maqolada algoritm tushunchasining shakllanish tarixi, uning nazariy-mantiqiy asoslari, ilmiy-ta’riflari, strukturaviy xususiyatlari hamda zamonaviy informatikadagi o‘rni keng yoritiladi. Algoritmlarning formal modellar asosidagi tasnifi, algoritm tuzish tamoyillari, ularning amaliyotda qo‘llanish sohasi va algoritmik tafakkurning rivojlantirishdagi roli tahliliy yondashuv asosida bayon etilgan. Shuningdek, algoritmning samaradorligi, murakkabligi va optimalligi kabi mezonlar bo‘yicha ilmiy izohlar keltirilib, raqamli iqtisodiyot sharoitida algoritmlash jarayonining strategik ahamiyati asoslab berilgan.
2025-12-19
QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA AVTOMATLASHTIRILGAN AXBOROT TEXNOLOYALARI VA TIZIMLARI
Qimmatli qog‘ozlar bozorida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari va tizimlari zamonaviy moliya infratuzilmasining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular savdo jarayonlarini tezlashtirish, ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash, investorlarga aniq va ishonchli axborot taqdim etish imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan tizimlar orqali brokerlik operatsiyalari, risklarni baholash, portfelni boshqarish va bozor monitoringi samarali amalga oshiriladi. Shuningdek, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar tahlili asosida prognozlash imkoniyatlari kengayib, bozor ishtirokchilari uchun strategik qarorlar qabul qilishda muhim vositaga aylanmoqda. Ushbu mavzu qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot texnologiyalarining o‘rni, ularning afzalliklari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini yoritadi.
2025-12-19
TABIIY MAHSULOTLAR TARKIBIDAGI RUX (ZN) NING SIFAT TAHLILI
Tabiiy mahsulotlar — o‘simliklar, hayvonot mahsulotlari va tabiiy xomashyolar — inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan ko‘plab makro va mikroelementlarga boy hisoblanadi. Shular orasida rux (Zn) muhim mikroelement bo‘lib, u organizmda fermentlar faoliyati, immun tizimi, hujayra bo‘linishi va oqsil sintezida katta rol o‘ynaydi. Shu sababli tabiiy mahsulotlar tarkibida rux mavjudligini aniqlash va baholash sifat tahlilining muhim vazifalaridan biridir.
2025-12-19
KASBIY IDENTIFIKATSIYA VA KARYERA DIZAYNINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada kasbiy identifikatsiya va karyera dizayni tushunchalarining mazmuni hamda ularning o‘zaro uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Kasbiy identifikatsiya shaxsning o‘z qobiliyatlari, qiziqishlari, qadriyatlari va kasbiy yo‘nalishini anglash jarayoni sifatida qaraladi. Karyera dizayni esa shaxsning uzoq muddatli kasbiy maqsadlarini rejalashtirish va ongli ravishda shakllantirish jarayonini ifodalaydi. Tadqiqotda kasbiy o‘zini anglash karyera rejalashtirishda muhim omil ekani, shaxsiy identifikatsiya darajasi yuqori bo‘lgan insonlar o‘z karyerasini samarali loyihalay olishi asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim jarayonida kasbiy identifikatsiyani rivojlantirish orqali yoshlarning mehnat bozoriga moslashuvchanligi va raqobatbardoshligini oshirish masalalari yoritiladi.
2025-12-19
SIGNALLAR VA TASVIRLARNI QAYTA ISHLASH: COMPUTER VISION VA DIGITAL SIGNAL PROCESSING TEXNOLOGIYALARI
Ushbu maqolada signallar va tasvirlarni qayta ishlashning texnologik asoslari, Computer Vision (CV) va Digital Signal Processing (DSP) texnologiyalarining usullari va ularning zamonaviy IT sohasida qo'llanish yo'nalishlari tahlil qilinadi. Maqolada tasvirlarni qayta ishlash asosiy operatsiyalari, tasvir segmentlashtirilishi, ob'ektlarni aniqlash va tanib olish, signallar filtratsiyasi, spektral tahlili va frekuentsiya sohasida qayta ishlash metodlari o'rganiladi. Neyron tarmoqlar va deep learning yordamida tasvirlarni tahlil qilish, real vaqtda video qayta ishlash, medical imaging, avtomobil texnologiyalari va bezopaslik tizimlari kabi amaliy qo'llanilishlar batafsil yoritiladi. Shuningdek, CV va DSP texnologiyalarining aniqligi, hisobiy murakkabligiy, axborot xavfsizligi va etik masalalar ham muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari Computer Vision va Digital Signal Processing texnologiyalarining zamonaviy ta'lim, sog'liqni saqlash, intellektual transporti tizimlari va ichki xavfsizlik tizimlarida alohida ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi.
2025-12-19
MARKETING TAHLILIDA DATA MINING QO'LLANILISHI
Ushbu maqolada marketing tahlilida Data Mining texnologiyalarining qo'llanilishi, metodlari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Maqolada xaridiylalarni segmentlash, ularning xatti-harakati va sotib olish tendentsiyalarini bashorat qilish, reklama kampaniyalarining samaradorligini oshirish, mahsulot tavsiyalari tizimlarini ishlab chiqish kabi Data Mining qo'llanilish yo'nalishlari keng o'rganiladi. Klasterizatsiya, klassifikatsiya, regression tahlili, association rules va time series analysis metodlari marketing strategiyalarini optimallashtirishda qanday qo'llanilishining misollar bilan tavsifi beriladi. Shuningdek, Data Mining texnologiyasini tatbiq qilishda yuzaga keladigan xavfsizlik, maxfiylik, ma'lumot sifati va etik masalalar, shuningdek kelajakdagi tendentsiyalar (AI integratsiyasi, Real-time Analytics, IoT) ham yoritiladi. Tadqiqot natijalari Data Mining texnologiyasining marketing tahlilida samaradorlikni oshirish, xaridiylalar bilan munosabatlari chuqur tushunish va raqamli transformatsiyani tezlashtirish yo'lida muhim o'rin tutishini ko'rsatadi.
2025-12-19
GRADIENT TUSHISH ALGORITMI
Mazkur tezisda gradient tushish algoritmining mohiyati, matematik asoslari, uning turlari va zamonaviy modifikatsiyalari tahlil qilingan. Algoritmning optimallashtirish jarayonida yo‘qotish funksiyasini minimallashtirishdagi o‘rni, o‘qitish tezligi (learning rate) ta’siri hamda konvergentsiya xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mashinani o‘qitish va sun’iy intellekt modellarida keng qo‘llaniladigan Adam, RMSProp va Momentum kabi adaptiv optimizatorlar bilan taqqoslash keltiriladi.
2025-12-19
PHONETIC DISTINCTIONS ACROSS ENGLISH VARIETIES
This article explores the phonetic distinctions across major varieties of English, specifically British, American, and Australian English. It investigates how historical, social, and linguistic factors influence the pronunciation, articulation, and prosody of these varieties. Through a comparative analysis of segmental (vowels and consonants) and suprasegmental (stress, intonation) features, the study highlights key phonetic variations that define each variety. The research also considers the role of globalization in accent convergence, noting the dynamic and evolving nature of these distinctions. The findings suggest that while these phonetic features are distinct, they are influenced by both historical developments and ongoing sociolinguistic processes, providing deeper insights into the relationship between language and identity.
2025-12-19
THE ROLE OF INTONATION IN ENGLISH QUESTION FORMATION
The article examines the role of intonation in English question formation, emphasizing its significance alongside grammatical structure in spoken communication. It explores how pitch movement and boundary tones function as key indicators of interrogative meaning, particularly in yes–no and declarative questions. Drawing on established linguistic literature and qualitative analysis of spoken data, the study demonstrates that intonation often overrides syntactic form in listener interpretation. The findings highlight the interaction between intonation, syntax, and pragmatics, underscoring the importance of prosodic features in both linguistic theory and English language teaching.
2025-12-19
YAPON TILIDAGI KELISHIK VOSITALARINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqola yapon tilidagi kelishik vositalarining semantik xususiyatlarini chuqur tahlil qiladi. Kelishiklar yapon tilida so'zlarning ma’nosini aniqlashda va grammatik munosabatlarni ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada kelishiklarning turli xil semantik funksiyalari, ularning jumladagi roli va nutqda ko‘rsatadigan ma’noviy o‘zgarishlari o‘rganiladi. Shuningdek, kelishiklarning zamonaviy yapon tilidagi qo‘llanilishi va ularning kontekstga bog‘liq ma’no yuklamalari haqida ma’lumot beriladi.
2025-12-19
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK MATERIALLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish jarayonida didaktik materiallarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Mavzuga oid pedagogik va psixologik manbalar tahlil qilingan holda, mantiqiy tafakkurni shakllantirishda vizual, amaliy va interfaol didaktik vositalardan foydalanishning samarali tomonlari ochib berildi. Shuningdek, maktab amaliyoti misolida didaktik o‘yinlar, topishmoqlar, mantiqiy masalalar va grafik organayzerlarning o‘quvchilarda tahliliy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
2025-12-19
FIZIKA DARSLARIDA TEXNIKA TARAQQIYOTINING ASOSIY YOʻNALISHLARINI OʻRGANISH
Ushbu maqolada fizika fanining texnika taraqqiyotidagi o‘rni, uning asosiy yo‘nalishlari hamda o‘quv jarayonida bu yo‘nalishlarni o‘rganish usullari tahlil qilinadi. Fizika - zamonaviy texnik taraqqiyotning ilmiy asosi bo‘lib, energetika, axborot texnologiyalari, nano va kosmik texnologiyalar kabi sohalarning rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Maqolada o‘qitish jarayonida texnik yutuqlarni fizika darslariga integratsiya qilish, o‘quvchilarda ilmiy tafakkur va innovatsion fikrlashni shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
2025-12-19
THE LINGUOCULTUROLOGICAL STUDY OF TOPONYMS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES
This thesis is devoted to the linguoculturological analysis of toponyms in the English and Uzbek languages. Toponyms, as geographical names, represent an important layer of the lexical system and reflect the historical, cultural, social, and ethnic characteristics of a nation. The study of toponyms from a linguoculturological perspective allows researchers to reveal the close relationship between language, culture, and national worldview. The main objective of the research is to analyze English and Uzbek toponyms from a comparative linguoculturological perspective in order to identify shared and culture-specific features in their semantic structure, formation, and usage. The study seeks to reveal how cultural values, historical events, ethnic composition, natural environment, and social practices are encoded in place names of both languages. The theoretical framework of the research is based on the principles of linguoculturology, cognitive linguistics, and onomastics. The works of prominent scholars in these fields provide the foundation for understanding toponyms as cultural phenomena and linguistic representations of national mentality. The study also draws upon concepts such as linguistic worldview, cultural codes, and national identity. The scientific novelty of the research lies in its integrated linguoculturological approach to the comparative study of English and Uzbek toponyms. The findings contribute to a deeper understanding of how cultural values and national mentality are linguistically encoded in geographical names. The practical significance of the study includes its application in linguistics, cultural studies, translation studies, lexicography, and the teaching of English and Uzbek as foreign languages. The results of this research may serve as a foundation for further studies in comparative linguoculturology and onomastics, as well as for developing educational materials that promote intercultural competence through the study of toponyms.
2025-12-19
“YASHIL IQTISODIYOT TAMOYILLARINING ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISHDAGI O‘RNI”
Yashil iqtisodiyot konsepsiyasi barqaror rivojlanishning muhim yo‘nalishi bo‘lib, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bilan birga atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavflarni kamaytirishni ko‘zda tutadi. Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, ularning ekologik muammolarni hal etishdagi ahamiyati, xalqaro tajriba va amaliy natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, resurslar tanqisligi va ekologik degradatsiya sharoitida yashil iqtisodiyotning istiqbollari ilmiy asosda yoritiladi.
2025-12-19
THE INFLUENCE OF THE SUBCONSCIOUSNESS, CONSCIOUSNESS AND AWARENESS ON THE PURCHASING BEHAVIOR OF CUSTOMERS
Marketers aiming to develop effective strategies must know how consumers buy. This paper explores the intricate relationship among subconscious processes, awareness, and buying decisions. The findings of the present study stress the significant role played by subconscious influences, like implicit racial views or hidden persuaders, along with more conscious, reasoned decision-making and knowledge. The study concludes that while conscious awareness helps guide rational decisions, subconscious factors often work beneath the surface, quietly directing consumer behavior. Marketing people can therefore use both subconscious and conscious messages to optimize user engagement. Then, when a suitable product appears on the scene for them, consumers share more information with it.
2025-12-19
SCENTS TO ENHANCE A BRAND MEMORY IN NEUROMARKETING
In an environment that is becoming more competitive, the differentiation of brands depends on the memorization of brands and their recognition by consumers. Neuromarketing investigates the influence of unconscious behavior on perception, judgment, and decision-making, where smell constitutes a strong and immersive olfactive analogue of branding.This article investigates the role of olfactory cues in brand recall and recognition, neurophysiological bases of olfactory impact, and implications in marketing strategy. Fact-based research reports that scent marketing can dramatically enhance brand memory, providing a substantial competitive edge in retail and service-related settings. Regulatory, ethical issues, and future research directions are discussed in the end.
2025-12-19
WINDOWS SERVER ASOSIDAGI TARMOQ XIZMATLARINI SAMARALI BOSHQARISH: DNS, DHCP VA IPAM TIZIMLARINING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Mazkur maqolada Windows Server platformasida ishlovchi DNS, DHCP va IPAM kabi asosiy tarmoq xizmatlarining zamonaviy boshqaruv yondashuvlari o‘rganiladi. Tarmoqdagi manzillash jarayonlarini avtomatlashtirish, nomlar rezolyutsiyasini tezkor va barqaror ta’minlash hamda IP-manzillarni markazlashgan tarzda nazorat qilishning afzalliklari tahlil qilinadi. Shuningdek, Windows Serverning yangilangan funksiyalari - dinamik konfiguratsiya, xavfsizlik mexanizmlari, monitoring vositalari va soddalashtirilgan boshqaruv interfeyslari asosida xizmatlarning ishlash samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Maqola korporativ tarmoqlarda DNS, DHCP va IPAM tizimlarini kompleks integratsiyalash orqali resurslarni samarali boshqarish va tarmoq barqarorligini ta’minlashning amaliy jihatlarini yoritadi.
2025-12-19
IKKI QATLAMLI ITERATSION SXEMALAR VA ULARNING CHIZIQLI OPERATOR MASALALARIDA AMALIY TATBIQI
Ushbu maqolada ikki qatlamli iteratsion sxemalar nazariyasi va ularning chiziqli operator masalalarida amaliy tatbiqi ko‘rib chiqiladi. Masalalar Hilbert fazosida aniqlangan chiziqli operatorlar shaklida ifodalanadi. Ikki qatlamli sxemalarning barqarorligi, konvergentsiyasi va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Preconditionerlar yordamida iteratsion jarayonning tezlashtirilishi va yechim sifatining oshirilishi batafsil ko‘rsatib beriladi. Amalga oshirilgan hisoblashlar sxemaning an’anaviy Jacobi va Gauss-Seidel usullariga nisbatan sezilarli afzalliklarini tasdiqlaydi.
2025-12-19
