Текущий выпуск
Том 4 № 27 (2026): Наука и инновация
Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-04-20
Статьи
ZAMONAVIY CHAKANA BANK TIZIMIDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA VA XALQARO TAJRIBALAR TAHLILI
Ilg‘or xorijiy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yetakchi banklar mijozi markaziy strategiyani amalga oshirish orqali mobil bank ilovalari, chatbotlar va virtual assistentlardan foydalangan holda uzluksiz va real vaqt rejimida mijozlar bilan muloqot qilmoqda. Shu tarzda, ma’lumotlar tahlili asosida individual moliyaviy tavsiyalar berish mijozlarning bank xizmatlariga bo‘lgan sadoqatini oshiradi va ularning faol ishtirokini ta’minlaydi. Bundan tashqari, omnichannel banking yondashuvi raqamli va jismoniy kontakt nuqtalarida bir xil va barqaror mijoz tajribasini yaratadi, bu esa xizmat ko‘rsatish sifatini barcha kanallarda saqlashga yordam beradi.
2026-04-18
C# DASTURLASH TILI ASOSIDA UNIVERSITET REGISTRATURA OFISI UCHUN SELF-SERVICE INFO PANEL (KIOSK) TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Maqolada talabalarga navbat chekini mustaqil ravishda olish imkonini beruvchi self-service info panel (kiosk) tizimining C# (.NET 8, WPF) asosida ishlab chiqilishi yoritilgan. Sensorli ekran, termal printer va REST API integratsiyasi bilan bog'liq amaliy masalalar, shuningdek, foydalanuvchi tajribasi (UX) va qulaylik (accessibility) talablari ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda ilovaning ishonchliligi, xavfsizligi, offlayn rejimda ishlash qobiliyati va turli tillarni qo'llab-quvvatlash (lokalizatsiya) masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Olingan amaliy natijalar yondashuvning samaradorligini isbotlaydi.
2026-04-20
ANDROID OPERATSION TIZIMI ASOSIDA OLIY TA'LIM MUASSASALARI UCHUN RAQAMLI NAVBAT CHAQIRISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH
Ushbu maqolada universitet registratura ofislarida talabalarga xizmat ko'rsatishni takomillashtirish maqsadida Android operatsion tizimi asosida ishlab chiqilgan raqamli navbat chaqirish (Digital Queue Calling) tizimi tahlil qilinadi. TV qurilmalarida ishlaydigan Android ilovasi orqali navbatdagi talabalarni vizual va ovozli chaqirish mexanizmi, REST API va WebSocket texnologiyalari yordamida backend bilan integratsiya qilish usullari, shuningdek, tizim arxitekturasining ishonchliligi, xavfsizligi va kengaytirilish imkoniyatlari keng ko'rib chiqiladi. Tadqiqot davomida olingan amaliy natijalar tizimning an'anaviy navbat boshqaruvi yondashuvlariga nisbatan samaradorligini isbotlaydi.
2026-04-20
KARATE SPORTIDA TEZKORLIK SIFATINING MOHIYATI VA SPORT FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI
Mazkur maqolada karate sportida tezkorlik sifatining mohiyati, uning sportchining texnik-taktik tayyorgarligidagi o‘rni hamda musobaqa faoliyatidagi ahamiyati yoritilgan.
2026-04-20
SAMARQANDNING POYTAXTLIK DAVRIDAGI IJTIMOIY HAYOT VA SIYOSIY MUHIT
Mazkur tezisda 1925–1930-yillarda Samarqandning O‘zbekiston SSR poytaxti sifatidagi faoliyati, ayniqsa shahardagi ijtimoiy hayot, siyosiy muhit, ma’rifiy o‘zgarishlar va madaniy faollik tahlil qilinadi. Samarqandning poytaxtga aylanishi natijasida u nafaqat davlat boshqaruvi markazi, balki yangi siyosiy tafakkur, ma’rifiy islohotlar va ijtimoiy safarbarlik markaziga aylangani ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, poytaxtlik davrida shahar hayotida ma’muriy apparatning kengayishi, oliy ta’lim muassasalarining shakllanishi, savodsizlikka qarshi kurash, siyosiy-mafkuraviy nazorat va yangi ijtimoiy qatlamlarning paydo bo‘lishi kabi jarayonlar ilmiy asosda yoritiladi. [2.]
2026-04-20
MAKTAB TA’LIMINI RAQAMLI BOSHQARISH SHAROITIDA TA’LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH SAMARADORLIGI
Mazkur tezisda maktab ta’limini raqamli boshqarish sharoitida ta’lim jarayonini tashkil etish samaradorligi masalasi yoritiladi. Raqamli boshqaruvning mazmuni, ta’lim jarayoniga ta’siri, boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi o‘rni, monitoring va tahlil imkoniyatlari ochib beriladi. Shuningdek, o‘zbek olimlarining mavzuga yaqin ilmiy maqolalari asosida raqamli boshqaruv muhitining ta’lim sifati, rahbarlik faoliyati va pedagogik jarayon samaradorligiga ta’siri izohlanadi.
2026-04-20
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN QO‘LLAB-QUVVATLASHDA XORIJIY TAJRIBA
Ushbu bo‘limda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning xorijiy tajribasi ilmiy yondashuv asosida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida rivojlangan mamlakatlarda qo‘llanilayotgan moliyaviy, institutsional, innovatsion va maslahat tizimlari umumlashtirilgan holda o‘rganildi. Shuningdek, ushbu mexanizmlarning kichik biznes rivoji, bandlik darajasi va makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri tahlil qilindi. Natijada kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda kompleks va integratsiyalashgan yondashuvning muhimligi asoslab berildi.
2026-04-20
“STRATEGIK ALYANS” TUSHUNCHASINI O‘ZBEKISTON FUQAROLIK QONUNCHILIGIGA JORIY ETISH ZARURIYATI
Mazkur ilmiy tezisda “strategik alyans” tushunchasining mazmuni, uning xalqaro tijorat va korporativ huquqdagi o‘rni hamda O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligiga ushbu institutni joriy etish zaruriyati tahlil qilinadi. Global iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda korxonalar o‘rtasidagi hamkorlikning yangi shakllarini huquqiy tartibga solish ehtiyoji asoslab beriladi. Tezisda mavjud normativ-huquqiy bazaning imkoniyatlari va cheklovlari hamda strategik alyanslarni huquqiy jihatdan mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
2026-04-20
USAGE OF WORD COMBINATIONS IN ENGLISH AND UZBEK LITERATURE
The study of word combinations, or collocations, is essential for understanding the nuances of language use in both English and Uzbek literature. Word combinations are phrases that often appear together, creating meaning beyond the individual words. This article aims to explore the similarities and differences in the usage of word combinations in English and Uzbek literature, highlighting their significance in conveying emotions, themes, and cultural contexts.
2026-04-20
EMBODIED COGNITION AND LANGUAGE: A COGNITIVE LINGUISTIC STUDY OF SENSORIMOTOR INFLUENCE ON MEANING CONSTRUCTION
This study investigates the relationship between language and bodily experience within the framework of Cognitive Linguistics. It aims to examine how sensorimotor experience influences semantic structure and meaning construction. The research is grounded in Embodied Cognition.
2026-04-20
YOUTUBE AND VIDEO MATERIALS AS INSTRUMENTS FOR LEARNING
Ushbu maqolada YouTube va video kontentdan ta’lim vositasi sifatida foydalanishning ahamiyati yoritiladi. Unda videomateriallarning bilimni oson o‘zlashtirish, o‘quvchilarning faolligini oshirish va mustaqil ta’limni rivojlantirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, video asosidagi ta’limning afzalliklari va muammolari ko‘rib chiqiladi.
2026-04-20
MAKTAB TA’LIM MAZMUNINI TAKOMILASHTIRISHDA XORIJIY TAJRIBALAR
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim tizimining mazmunini takomillashtirishda xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan foydalanish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida rivojlangan davlatlar (Finlandiya, Singapur, Janubiy Koreya) ta’lim tizimidagi o‘quv dasturlari va metodik yondashuvlar tahlil qilinib, ularni milliy ta’lim tizimiga adaptatsiya qilish imkoniyatlari yoritilgan. Maqola yakunida o‘quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish va o‘quvchilarning kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan.
2026-04-20
PERSPEKTIV-AFFIN TRANSFORMATSIYANING NAZARIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY GEOMETRIYADAGI O‘RNI
Mazkur maqolada perspektiv-affin moslikning matematik modeli va invariant xossalari o‘rganiladi. Transformatsiya ko‘rinishida ifodalanib, kollinearlik, parallellik va kesmalar nisbatining saqlanishi asoslab beriladi. Shuningdek, maydon o‘zgarishi orqali aniqlanadi. Olingan natijalar geometrik o‘zgarishlarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
2026-04-20
CHATGPT VA GENERATIV AI VOSITALARINING TIL O’RGANISH JARAYONIDAGI SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada generativ sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarining zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni, xususan, xorijiy tillarni o‘rganish jarayonidagi samaradorligi kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda ChatGPT kabi AI platformalarining individual ta’limni rivojlantirish, o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, til ko‘nikmalarini shakllantirish va mustaqil o‘rganish jarayonini qo‘llab-quvvatlashdagi ahamiyati yoritiladi.
2026-04-20
INTELLEKTUAL AGENTLAR VA ULARNING ISHLASH PRINSIPLARI
Ushbu maqolada sun'iy intellekt tizimlarining asosi hisoblangan intellektual agentlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplari tadqiq etiladi. Maqolada agentlarning tashqi muhit bilan o'zaro aloqasi, datchiklar (sensors) va ijrochi mexanizmlar (actuators) orqali qaror qabul qilish jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, Lua va Python dasturlash tillari asosida agentlarni avtomatlashtirish orqali tizimlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2026-04-20
BUFER ERITMALAR VA ULARNING AHAMIYATI
Ushbu maqolada bufer eritmalar, ularning kimyoviy mohiyati, turlari, ishlash mexanizmi va amaliy ahamiyati yoritilgan. Bufer eritmalar pH qiymatini barqaror saqlash xususiyatiga ega bo‘lib, biologik, tibbiy va sanoat jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Maqolada bufer tizimlarning asosiy komponentlari, Henderson–Hasselbalx tenglamasi yordamida pH ni hisoblash usullari hamda turli sohalarda qo‘llanilishi misollar bilan tushuntirilgan.
2026-04-20
INGLIZ TILI DARSLARIDA O’YINLASHTIRISH: RAQAMLI PLATFORMALAR ORQALI MOTIVATSIYA
Ushbu maqolada ingliz tili darslarida o’quvchilarning motivatsiyasini oshirishda “Kahoot!” platformasidan foydalanish samaradorligi tahlil qilingan. Ushbu zamonaviy platforma o’yin elementlarini ta’limga qo’shish tamoyiliga asoslangan bo’lib, bu orqali o’quvchilarning raqobatbardoshligi, darsga bo’lgan qiziqishi va faolligi ortishi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, o’qituvchining nazoratini yengillashtirishdagi o’rni va dars jarayoniga ijobiy ta’siri misollar bilan yoritilgan.
2026-04-20
CHET TILLARINI O‘RGANISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI
Maqolada chet tillarini o‘rganishda axborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Internet, mobil ilovalar va multimedia vositalarining til o‘rganish samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli vositalardan foydalanishning afzalliklari va ayrim cheklovlari yoritiladi.
2026-04-20
TLS/SSL TRAFIKNI TAHLIL QILISH (SSLSTRIP)
Ushbu maqolada TLS/SSL protokollari orqali himoyalangan trafikni tahlil qilish masalalari va SSLStrip hujum usulining ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur hujum orqali kiberjinoyatchilar foydalanuvchi va server o‘rtasidagi shifrlangan aloqani buzib, uni ochiq ko‘rinishga o‘tkazishga harakat qiladi. Maqolada ushbu jarayonning texnik asoslari, amalga oshirish bosqichlari va unga qarshi zamonaviy himoya strategiyalari tahlil etilgan.
2026-04-20
MILLIY AN’ANALAR ASOSIDA OILADA O‘SMIRLARNI TARBIYALASHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida o‘smir yoshdagi bolalarni milliy an’analar va qadriyatlar ruhida tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlari tadqiq etiladi. Oilada milliy tarbiya metodlarining o‘smirlar ruhiyatiga ta’siri, ijtimoiy xulq-atvor shakllanishidagi o‘rni va pedagogik shart-sharoitlar tahlil qilingan. Tadqiqotda zamonaviy pedagogik yondashuvlar hamda milliy merosning uzviyligi masalalari aniq misollar va statistik ma’lumotlar yordamida yoritilgan.
2026-04-20
INTEGRAL DIAGNOSTIKA ASOSIDA O‘QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada umumta’lim maktablari o‘quvchilarining axloqiy tarbiyasini takomillashtirishda integral diagnostika usullaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Maqolada shaxsning ma’naviy rivojlanishini baholashda ko‘p o‘lchovli yondashuv, zamonaviy psixologik-pedagogik metodlar va ularning ta’lim jarayonidagi samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, axloqiy ko‘rsatkichlarni aniqlashda raqamli texnologiyalar va tizimli tahlilning o‘rni yoritilgan.
2026-04-20
TIJORAT BANKLARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGIDA RESURS BAZASINING O‘RNI
Tijorat banklari zamonaviy iqtisodiyotda moliyaviy vositachilik funksiyasini bajaruvchi asosiy institutlardan biri hisoblanadi. Ular vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish va ularni iqtisodiyot tarmoqlariga qayta taqsimlash orqali iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi. Banklarning uzluksiz va barqaror faoliyat yuritishi esa, eng avvalo, ularning resurs bazasining mustahkamligi va barqarorligiga bevosita bog‘liqdir. Resurs bazasi bankning operatsion faoliyatini moliyalashtiruvchi asosiy manba bo‘lib, u orqali kreditlash, investitsiya va boshqa aktiv operatsiyalar amalga oshiriladi.
2026-04-21
HOW A TEACHER CAN TEACH ONE LESSON TO A CLASS WHERE SOME STUDENTS ARE VERY STRONG AND OTHERS ARE STRUGGLING
This article explores the implementation of Differentiated Instruction (DI) as a vital pedagogical strategy for managing mixed-ability classrooms. It focuses on how teachers can adapt content, process, and products to meet the diverse learning needs, readiness levels, and interests of students. The study analyzes the shift from a "one-size-fits-all" approach to a student-centered model that promotes inclusivity and academic growth for both high-achieving and struggling learners. By examining various differentiation techniques, the article demonstrates how a flexible learning environment can enhance student engagement and reduce educational gaps in the contemporary classroom.
2026-04-21
ПЕРЕВОДЧЕСКИЕ ТРАНСФОРМАЦИИ ПРИ ПЕРЕДАЧЕ ПРОЕКТНО-ОРИЕНТИРОВАННОЙ ЛЕКСИКИ С АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА НА УЗБЕКСКИЙ
В статье рассматриваются особенности переводческих трансформаций при передаче проектно-ориентированной лексики с английского языка на узбекский. Анализируются лексические, грамматические и лексико-грамматические преобразования, обусловленные типологическими различиями языков. Особое внимание уделяется дискурсивным и культурным факторам, влияющим на перевод терминов в сфере проектной деятельности.
2026-04-21
ПРЕИМУЩЕСТВА ПРАКТИЧЕСКОГО ОПЫТА БОЛГАРСКОЙ КОМПАНИИ «PAULOWNIA BG» В СОЗДАНИИ И УПРАВЛЕНИИ ПЛАНТАЦИЯМИ ПАВЛОВНИИ
В статье рассмотрены экологические и экономические аспекты промышленного выращивания павловнии как перспективной быстрорастущей древесной культуры. Проанализированы её биологические характеристики, продуктивность и направления использования в современных агролесохозяйственных системах . Особое внимание уделено практическому опыту создания плантаций с применением инновационных агротехнологий и высокопродуктивных гибридов. Отдельно рассмотрена роль микроклонального размножения in vitro как инструмента повышения качества посадочного материала и устойчивости насаждений.[1]
2026-04-21
INTEGRAL DIAGNOSTIK ASOSIDA OʻQUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada integral diagnostikaning mohiyati, uning ta’lim jarayonida o‘quvchilarning axloqiy sifatlarini aniqlash va rivojlantirishdagi o‘rni, shuningdek axloqiy tarbiya samaradorligini oshirish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar tahlil qilingan. Diagnostika orqali shaxsning axloqiy rivojlanish darajasini baholash, o‘quvchi xulq-atvori va ijtimoiy faolligini chuqur o‘rganish, tarbiyaviy ishlarni individual tarzda yo‘naltirish imkoniyatlari yoritilgan.
2026-04-21
GLOBALLASHUV DAVRIDA AXBOROT TAHDIDLARIGA QARSHI PSIXOLOGIK BARQARORLIKNI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada hozirgi vaqtda ko‘plab rivojlangan davlatlarda jamiyatning mutlaqo boshqa turi, shakllanishi amalga oshayotgan jarayonini kuzatishimiz mumkinki, unda axborot, bilim asos bo‘lib xizmat qilayotganini guvohi bo‘lishimiz mumkinligi ta’kidlangan. Globallashuv davrida axborot tahdidlariga qarshi psixologik barqarorlikni rivojlantirish haqida so‘z yuritilgan.
2026-04-21
INVESTITSIYA VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING OZIQ-OVQAT SANOATI KORXONALARINING INNOVATSION RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada investitsiya va raqamli texnologiyalarning oziq-ovqat sanoati korxonalarining innovatsion rivojlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi investitsion resurslar hajmi va tarkibi hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasi innovatsion jarayonlarning faolligi, ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdan iborat. Maqolada innovatsion rivojlanishning nazariy asoslari yoritilib, investitsiyalarni jalb etish va raqamlashtirish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Shuningdek, oziq-ovqat sanoatida raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifati va xavfsizligini oshirish hamda bozor talabiga moslashuvchanlikni kuchaytirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirishga qaratilgan sanoat va investitsiya siyosatini takomillashtirish uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2026-04-21
O‘ZBEK TILIDA TAQLID SO‘ZLARNING SHAKLLANISHI VA RIVOJI
O‘zbek tilida taqlid so‘zlar tovush va harakatni ifodalovchi til birliklaridan biri hisoblanadi. Ular nutq jarayonida ma’lum hodisalarni ifodalash va aniqlik kiritish vazifasini bajaradi. Taqlid so‘zlar tovushga va harakatga taqlid qilish asosida shakllanadi. Ularning kelib chiqishi, rivojlanishi hamda ma’no xususiyatlari til tizimida muhim o‘rin egallaydi. Mazkur maqolada taqlid so‘zlarning yuzaga kelish omillari, ularning tarixiy shakllanishi hamda til taraqqiyoti jarayonidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
2026-04-21
BOSHLANG'ICH TALIMDA MANTIQIY MASALALARNI O'RNI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tafakkurini rivojlantirishda mantiqiy masalalarning tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Muallif kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining intellektual salohiyatini oshirishda mantiqiy masalalarning ahamiyatini yoritib bergan. Tadqiqot davomida mantiqiy masalalarni yechish orqali o‘quvchilarda tahlil qilish, sintezlash, qiyoslash va xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalarni tizimli ravishda takomillashtirish usullari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash doirasini kengaytiradi va ijodiy fikrlashni oshiradi.
2026-04-21
IMMERSIV TEXNOLOGIYALAR ORQALI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada immersiv texnologiyalar yordamida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish masalasi tahlil qilinadi. Unda virtual reallik, kengaytirilgan reallik va aralash reallik texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda til o‘rganishdagi ahamiyati yoritiladi. Immersiv muhitning o‘quvchilarning nutqiy ko‘nikmalariga, jumladan tinglab tushunish va gapirishga ijobiy ta’siri ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, real hayotga yaqin kommunikativ vaziyatlarni yaratish imkoniyatlari va motivatsiyani oshirishdagi roli tahlil qilinadi. Maqola yakunida ushbu texnologiyalar samarali innovatsion vosita ekanligi xulosa qilinadi.
2026-04-21
THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH THROUGH GAMIFICATION
This article provides a comprehensive analysis of the role of gamification and information technologies in teaching English. In modern education, the integration of game elements into the learning process has proven to be an effective way to increase students’ motivation, engagement, and participation. The study highlights how digital tools, mobile applications, and interactive platforms can enhance the development of language skills. Furthermore, the methodological aspects and practical applications of gamification in English language teaching are examined. The results show that gamified learning environments significantly improve students’ performance and interest in learning English.
2026-04-21
OROL DENGIZI INQIROZI: GLOBAL EKOLOGIK FOJIANING TAHLILI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR
Ushbu maqolada Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq global ekologik inqiroz, uning kelib chiqishining antropogen omillari va mintaqa iqlimiga ta’siri batafsil yoritilgan. Maqolada ekotizimning buzilishi natijasida yuzaga kelgan ijtimoiy-tibbiy muammolar, iqtisodiy yo‘qotishlar va Orolbo‘yi hududini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro tashabbuslar tahlil qilinadi.
2026-04-21
KONSTRUKTIV YONDASHUV TUSHUNCHASI VA AHAMIYATI
Zamonaviy ta’lim tizimida innovatsion metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday yondashuvlardan biri konstruktiv yondashuv bo‘lib, u o‘quvchilarning bilimni mustaqil ravishda egallashiga yo‘naltirilgan. Ushbu yondashuv ta’lim samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.Bu tadqiqotda konstruktiv yondashuvning asosiy jihatlari ,ahamiyati berilgan.
2026-04-21
INTELLEKTUAL TIZIMLARDA O‘YINLAR NAZARIYASI: STRATEGIK QAROR QABUL QILISH MEXANIZMLARI VA TATBIQLARI
Ushbu maqolada intellektual tizimlarda strategik qaror qabul qilishning matematik asosi bo‘lgan o‘yinlar nazariyasi mexanizmlari tadqiq etiladi. Maqolada agentlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, kooperativ va nokoperativ o‘yin usullari hamda ularning sun’iy intellekt tizimlaridagi amaliy tatbiqlari tahlil qilingan. Shuningdek, murakkab tizimlarda resurslarni optimallashtirish va muvozanat holatiga erishish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar berilgan.
2026-04-21
