SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH VA UNING TAHLILI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17614954Abstract
Ushbu maqolada ta’lim jarayonining bugungi vazifalaridan biri talabalarni kun sayin oshib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Yuqoridagilarni tizimli va samarali amalga oshirish uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar va og‘zaki nutqni o‘stirishda interfaol ta’lim metodlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz ta'lim tizimida chet tillarni o‘qitishda nutqiy muloqotga yo‘naltirilgan yangi pedagogik texnologiyalarni yorituvchi va informatsion texnologiyalar bilan jihozlangan darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalarni yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etib, xorijiy til ta'limini yanada takomillashtirish zarur. Shu munosabat bilan mutaxassislar tayyorlash jarayonida ilg‘or ta’lim texnologiyalaridan unumli foydalanishni tashkil etish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi kundagi zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ilg‘or ta’lim metodlarining bilim olish, olingan bilimni boshqalarga o‘rgatish, bilimlardan amalda foydalana bilish va yangi bilimlarni yaratishdagi o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Ta'lim samaradorligini oshirish uchun pedagog dars o‘tish jarayonida komp’yuter texnologiyalardan keng foydalanish chet tillini o‘rganayotgan talabalarga darsning yangi metodda borishi juda qizikarli bo‘ladi.Downloads
Published
2025-11-15
Issue
Section
Articles
How to Cite
Feruza, A. (2025). SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH VA UNING TAHLILI. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 5(11), 113-119. https://doi.org/10.5281/zenodo.17614954
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads