O'ZBEKISTONDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

  • Azizbek Mamajonov O`zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi 2-kurs tinglovchisi Muallif

Abstrak

Bugungi kunda davlat moliyaviy boshqaruvi sohasida ochiqlik, samaradorlik va natijaga yo‘naltirilganlik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish global tendensiyaga aylangan. O‘zbekiston Respublikasi ham moliyaviy islohotlar doirasida byudjet tizimini modernizatsiya qilish, xususan, an’anaviy xarajatga asoslangan yondashuvdan dasturiy budjetlashtirish tizimiga o‘tish bosqichida turibdi. Ushbu tizim davlat xarajatlarini samarali rejalashtirish, har bir soha bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar natijadorligini oshirish hamda fuqarolarning byudjet mablag‘lari ustidan nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi. Mavzuning dolzarbligi, birinchidan, O‘zbekistonda qabul qilingan “Byudjet jarayonini modernizatsiya qilish strategiyasi” bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, unda dasturiy budjetlashtirish asosiy islohot yo‘nalishi sifatida belgilangan. Ikkinchidan, mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirishda ajratilayotgan budjet mablag‘larining samaradorligini ta’minlash masalasi kun tartibida turibdi. Uchinchidan, xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyihalar aynan natijadorlikka asoslangan budjetlashtirishga o‘tishni talab qilmoqda.

Iqtiboslar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Byudjet jarayonini modernizatsiya qilish strategiyasi to‘g‘risida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ–4881-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi rasmiy veb-sayti – www.mf.uz

OECD (2019). "Performance Budgeting in OECD Countries". OECD Publishing.

Karimov, S. (2021). “Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishning nazariy asoslari”, Iqtisodiyot va ta'lim, №3.

Azizova, M. (2022). “O‘zbekistonda byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari”, Moliya va Bank ishi, №2.

World Bank (2020). “Public Financial Management Reform Strategy in Uzbekistan”.

IMF (2021). “Implementing Results-Oriented Budgeting: Challenges and Lessons from International Experience”. International Monetary Fund.

UNDP (2020). “Uzbekistan Public Finance Reform Assessment Report”. United Nations Development Programme.

Nashr qilingan

2025-04-22

Iqtibos keltirish tartibi

O’ZBEKISTONDA DASTURIY BUDJETLASHTIRISH TIZIMINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Amaliy Fanlar, 4(5), 90-92. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDAF/article/view/13150