YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIYA VA IQTISODIY O‘SISH UYG‘UNLIGI

Mualliflar

  • Dildora Abdinabiyeva Alfrganus Unversiteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Muallif
  • Jasurbek Kurbanov Ilmiy rahbar: Alfraganus Unversiteti Iqtisodiyot dekani: dots.v.b. PhD Muallif

;

Yashil iqtisodiyot, barqaror rivojlanish, ekologik xavfsizlik, qayta tiklanuvchi energiya, ekologik investitsiyalar, resurslardan samarali foydalanish, eko-innovatsiya.

Abstrak

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar sharoitida “yashil iqtisodiyot” tamoyillarining ahamiyati va ularning barqaror rivojlanish jarayonidagi o‘rni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Ekologik xavfsizlik, tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlash va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, ekologik investitsiyalar va eko-innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqilib, jahon tajribasi bilan qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Maqolada O‘zbekistonda qabul qilingan “Yashil iqtisodiyotga o‘tish strategiyasi” va uning amaliy ahamiyati yoritilgan hamda istiqboldagi vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Iqtiboslar

Nikolaev A., "Ekologik investitsiyalar va ularning iqtisodiyotga ta'siri" (2020).

Xodjayeva D., "O'zbekistonda yashil moliyaning rivojlanish istiqbollari" (2021).

G'aniev, B. A. (2018). Yashil iqtisodiyot va barqaror rivojlanish. Toshkent: "Ilm-fan" nashriyoti.

Xasanov, M. T. (2020). Atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik iqtisodiyot. Toshkent: O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.

Rustamov, S. X. (2019). Innovatsiyalar va yashil texnologiyalar iqtisodiyoti. Toshkent: "Fan va texnologiya" jurnali, 4-son.

O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi. (2021). Yashil iqtisodiyot bo'yicha milliy strategiya. Toshkent.

Rasulov, A. Q. (2017). Barqaror rivojlanish va ekologik iqtisodiyotning asoslari. Toshkent: "Taraqqiyot" nashriyoti.

Nashr qilingan

2025-09-29

Iqtibos keltirish tartibi

YASHIL IQTISODIYOT: EKOLOGIYA VA IQTISODIY O‘SISH UYG‘UNLIGI. (2025). Zamonaviy Dunyoda Amaliy Fanlar, 4(15), 24-27. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDAF/article/view/12979