RAQAMLI DALILLARNING JINOYAT PROTSESSIDA MAQBULLIGI VA ISHONCHLILIGI

Mualliflar

  • Obidova Nodiraxon Oppoqxo‘ja qizi Muallif

Abstrak

Mazkur maqolada jinoyat protsessida raqamli dalillarning maqbulligi va ishonchliligi masalalari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalarning tez sur’atlarda rivojlanishi natijasida elektron shakldagi ma’lumotlar jinoyat ishlarini yuritishda muhim dalil manbalaridan biriga aylanmoqda. Shu bilan birga, ushbu turdagi dalillarni to‘plash, ularni saqlash, sud muhokamasiga taqdim etish hamda baholash jarayonlarida qonuniylik, ishonchlilik va maqbullikni ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda raqamli dalillarning protsessual xususiyatlari, ularning asl holatini saqlashga qaratilgan texnik va huquqiy mexanizmlar, identifikatsiya jarayonlari, dalil zanjiri (chain of custody)ni ta’minlash tamoyillari, shuningdek, ekspertiza o‘tkazish tartibi va sud amaliyotidagi qo‘llanilish holatlari o‘rganiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida mavjud ayrim muammolar aniqlanib, Malayziya va Singapur tajribasi qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida xalqaro amaliyotdan kelib chiqqan holda takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqiladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-19

Nashr

Bo'lim

Articles

Iqtibos keltirish tartibi

Obidova , N. (2026). RAQAMLI DALILLARNING JINOYAT PROTSESSIDA MAQBULLIGI VA ISHONCHLILIGI. Yangi O’zbekiston Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 3(5), 186-194. https://www.in-academy.uz/index.php/YOITJ/article/view/49394
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads