ADABIYOT TARIXI: O'ZBEK ADABIYOTINING TARIХIY DAVRLASHTIRILISHI
Abstrak
Mazkur tezis o‘zbek adabiyotining tarixiy davrlashtirilishi masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda milliy adabiyotning qadimgi davrdan to zamonaviy davrgacha bo‘lgan rivojlanish bosqichlari izchil yoritiladi. Ishda adabiyot tarixining fan sifatida shakllanishi, davrlashtirish muammosining dolzarbligi hamda asosiy ilmiy yondashuvlar tahlil qilinadi. Qadimgi davr folklor merosi va Avesto kabi yodgorliklar bilan tavsiflanadi. Ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda islom madaniyati ta’sirida yozma adabiyotning yuksalishi, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy hamda Alisher Navoiy ijodining tarixiy-adabiy ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, XVI–XIX asrlarda adabiy jarayonning davomiyligi, Boborahim Mashrab ijodidagi tasavvufiy va erkin ruhli g‘oyalar, XIX asrda esa Muqimiy va Furqat faoliyati orqali realizmning shakllanishi yoritiladi. Tezis o‘zbek adabiyotining uzviy taraqqiyotini davrlar kesimida ko‘rsatib berishi bilan ahamiyatlidir.
Iqtiboslar
Mallayev N. O'zbek adabiyoti tarixi. 2 tom. — Toshkent: O'qituvchi, 1976.
Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. — Toshkent: Fan, 1971.
Muqimiy. Asarlar. 2 jildlik. — Toshkent: Fan, 1959.
Mashrab B. Devoni Mashrab. — Toshkent: Fan, 1971.
Hayitmetov A. O'zbek adabiyoti tarixi. — Toshkent: Fan, 1984.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi