KIBERTERRORIZMGA QARSHI KURASHDA XALQARO HUQUQIY HAMKORLIK MEXANIZMLARI
Аннотация
Kiberterrorizm internet va boshqa axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, tahdid qilish, qo‘rqitish yoki zarar yetkazish orqali siyosiy yoki mafkuraviy maqsadlarga erishishga qaratilgan harakatlarni o‘z ichiga oladi. Bunday hujumlarga ma’lumotlarni o‘g‘irlash, ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish hamda muhim xizmatlarning faoliyatini izdan chiqarish kiradi. Raqamli infratuzilmaning jamiyat hayotida tobora muhim ahamiyat kasb etib borayotgani va zararli shaxslar uchun texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarining kengayib borayotgani sababli, kiberterrorizm global miqyosda jiddiy xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda. Shu sababli kiberterrorizmga qarshi samarali kurashish huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni talab qiladi. Shu sababdan ushbu maqola kiberterrorizmga qarshi xalqaro huquqiy hamkorlik mexanizmlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi – kiberhujumlar va ularning global tahdidlari kontekstida davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy chora-tadbirlarni aniqlash, samaradorligini baholash va ilgari surish yo‘llarini tahlil qilishdir. Metod sifatida maqolada huquqiy normativlar, xalqaro bitimlar va protokollar, shuningdek, so‘nggi yirik kiberhujumlar (WannaCry, Yahoo, OPM, SolarWinds) holatlari tahlili qo‘llanilgan. Tadqiqot orqali kiberterrorizmning turli davlatlar va infratuzilmalarga salbiy ta’siri, shu jumladan iqtisodiy zararlar, obro‘ga putur yetishi va inson hayoti xavfi aniqlangan. Xulosalar shuni ko‘rsatadiki, kiberterrorizmga samarali qarshi kurashish faqat xalqaro huquqiy me’yorlar va davlatlararo hamkorlik orqali mumkin bo‘lib, u kiberhujumlarni tez aniqlash, ularga samarali javob berish va oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, tadqiqot xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kiberxavfsizlik protokollarini modernizatsiya qilish zarurligini ham ta’kidlaydi.
Библиографические ссылки
Abdixakimov, I. B. (2025). Kiber huquq [Matn]: o’quv qo’llanma. Toshkent: TDYU nashriyoti.
Qi, A., Shao, G., & Zheng, W. (2018). Evaluating China’s cybersecurity law. Computer Law & Security Review, 34(6), 1342–1354. https://doi.org/10.1016/j.clsr.2018.08.007
Kanningem, H. (2021). Preventing and responding to large-scale cyberterrorism attacks [Doctoral dissertation].
Fischer, E. (2017). Cybersecurity issues and challenges. Library of Congress; Washington, DC.
Hindocha, A. (2020). Understanding the U.S.: Cyberattack execution architecture and budgeting. Third Way. Retrieved June 18, 2023, from http://www.jstor.org/stable/resrep25036
Yagya, T., & Ashurova, Y. (2023). Development of cooperation between Russia and China within the Shanghai Cooperation Organization. Materials on Current Issues of International Political Geography, Cham, 77–85.
Theohary, C. A., & Rollins, J. W. (2015). Cyberwar and cyberterrorism: An overview. Congressional Research Service; Washington, DC.
Federal Bureau of Investigation. (2002). Cyber terrorism: Testimony before the special oversight panel on terrorism.
UK Parliament Research Briefings. Retrieved from https://researchbriefings.files.parliament.uk/
United Nations. Retrieved from https://www.un.org/
U.S. Department of Homeland Security. Retrieved from https://www.dhs.gov/
Cybersecurity & Infrastructure Security Agency (CISA). Retrieved from https://www.cisa.gov/
Office of the Director of National Intelligence. Retrieved from https://www.dni.gov/
North Atlantic Treaty Organization (NATO). Retrieved from https://www.nato.int/
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Как цитировать