Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2026-02-11
Статьи
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАГЛЯДНЫХ ПОСОБИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА
Статья посвящена исследованию использования наглядных пособий на уроках русского языка в общеобразовательных учреждениях. Рассматриваются различные виды наглядных материалов, такие как плакаты, схемы, карточки и мультимедийные ресурсы, а также их влияние на усвоение языкового материала учащимися. В статье приведены результаты исследования, проведенного с участием преподавателей и школьников, которые показывают, что наглядные пособия значительно повышают уровень вовлеченности учащихся в учебный процесс, способствуют лучшему усвоению грамматических правил и лексических единиц. Также обсуждаются проблемы, с которыми сталкиваются учителя при использовании наглядных средств, такие как нехватка времени для подготовки и ограниченные технические ресурсы школ. В заключении подчеркивается важность интеграции наглядных пособий в образовательный процесс для повышения его эффективности.
2026-02-10
TERGOV TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHNING METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada tergov harakatlarini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari o‘rganilgan. Tergov jarayonidagi samaradorlikni oshirish, huquqiy normalarga rioya qilish, jinoyatlarni aniqlash va tergov sifatini yaxshilash masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar va metodologiyalarni joriy etish orqali tergov harakatlarining tezkorligi va aniqligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari sud amaliyoti va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida qo‘llanilishi mumkin.
2026-02-10
MILLIY NAQSH ELEMENTLARINI ZAMONAVIY KIYIM DIZAYNIDA QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada milliy naqsh elementlarini zamonaviy kiyim dizaynida qo‘llashning nazariy, badiiy va amaliy jihatlari keng yoritiladi. Milliy bezak san’atining tarixiy shakllanish bosqichlari, naqshlarning ramziy ma’nolari hamda ularni zamonaviy moda talablari asosida qayta ishlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, an’anaviy va zamonaviy dizayn uyg‘unligini ta’minlashda dizaynerning ijodiy yondashuvi, innovatsion texnologiyalar va estetik, tamoyillarning o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari milliy madaniy merosni saqlagan holda zamonaviy kiyim dizaynini rivojlantirish imkoniyatlarini asoslab beradi.
2026-02-10
ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDA INSONIY FAZILATLAR TASNIFI
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidagi insoniy fazilatlar tahlil qilinadi. Asarda odob-axloq, rostgo‘ylik, saxovat, ota-onaga hurmat kabi qadriyatlarning ahamiyati badiiy timsollar orqali ochib beriladi. Navoiy qarashlarining bugungi jamiyat uchun ham dolzarbligi asoslanadi. Maqola dostonni ma’naviy-axloqiy pandnoma sifatida talqin etadi.
2026-02-10
LOYIHAVIY MOLIYALASHTIRISHDA TIJORAT BANKLARIDA RAQOBATNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Mazkur tezisda tijorat banklarida loyihaviy moliyalashtirish jarayonida raqobatni takomillashtirishga doir muhim masalalar o‘rganilgan. Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati shundaki, bank sektori o‘zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarga moslashish, innovatsion xizmatlar va mahsulotlarni joriy etish orqali raqobatbardoshlikni oshirish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta'minlash, kredit siyosatini takomillashtirish va mijozlarga xizmat ko‘rsatishda yangi yondashuvlar yaratish bugungi kunda dolzarb masalalardandir.
2026-02-10
«ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ БАНКОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН: ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ И НАПРАВЛЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ РЕГУЛИРОВАНИЯ»
В тезисе рассматриваются правовые основы использования искусственного интеллекта в предпринимательской деятельности банков Республики Узбекистан. Проанализированы нормы банковского и информационного законодательства, регулирующие обработку персональных данных, управление рисками и цифровизацию финансовых услуг. Обоснована необходимость совершенствования регулирования алгоритмических решений и усиления механизмов правовой защиты клиентов.
2026-02-10
GLOBALIZATSIYA DAVRIDA OLIY TA’LIM TALABALARI UCHUN FALSAFA FANINING MA’NAVIY IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASHDAGI AHAMIYATI
Globalizatsiya jarayoni zamonaviy oliy ta’lim tizimida talabalarning ma’naviy va axloqiy barqarorligini shakllantirishga yangi chaqiriqlarni keltirib chiqarmoqda. Mazkur tadqiqot falsafa fanining oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy immunitetni mustahkamlashdagi pedagogik va metodologik ahamiyatini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada falsafa fani orqali talabalarda tanqidiy tafakkur, axloqiy qaror qabul qilish, ijtimoiy mas’uliyat va madaniy qadriyatlarni mustahkamlash mexanizmlari o‘rganilgan. Shuningdek, global informatsion va madaniy oqimlar ta’sirida yoshlar ongini himoya qilish strategiyalari, falsafiy bilimlarning identitet va ma’naviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli, hamda oliy ta’limda ma’naviy immunitetni rivojlantirishning samarali pedagogik yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalari uchun falsafa fanini zamonaviy kontekstda o‘qitish strategiyalarini shakllantirishda amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-10
ҚАҲАРМАН ОБРАЗЫН ЖАСАЎДА ПЕЙЗАЖЛЫҚ СҮЎРЕТЛЕЎДИҢ ХЫЗМЕТИ
Тәбият көринислериниң сүўретлениўи (пейзажлық сүўретлеўлер) – кеңислик образының көриниси ғана емес, ал персонажлардың кеўил-кейпиятын, сол ўақыттағы рухый ҳалатын аңлататуғын ҳәм оған тәсир ететуғын көркем әдислердиң бири. Автор ўақыя, ҳәдийсе болып атырған ўақыттағы ҳаўа райындағы кескинликти сүўретлеў арқалы персонаж ямаса персонажлардың тәғдиринде де усындай күтилмеген бурылыс жүз бериўине ишара етиўи мүмкин ямаса усындай орында өсимликлер, ҳайўанатлар дүньясы әлемин сүўретлеў арқалы да персонажлардың тәғдирине тәсир ететуғын ҳалатты көрсеткендей болады.
2026-02-11
ADIBLAR E'TIROFIDA ZULFIYAXONIM MEROSI
O‘zbek xalqining sevimli shoiri, go‘zal nazm ustasi va ma’rifatparvar ayol Zulfiya o‘z ijodi bilan milliy adabiyotimizda alohida o‘rin tutadi. Uning she’riyati o‘zbek xalqining dard-u quvonchlarini, sof tuyg‘ularini va hayotiy falsafasini aks ettiradi.Zulfiyaning ijodi nafaqat o‘zbek, balki butun Markaziy Osiyo madaniyati va adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Shu bois uning ijodi va shaxsiyati haqida zamondoshlari bo‘lgan adiblar katta hurmat va ehtirom bilan so‘z yuritganlar. Quyida boshqa adiblarning Zulfiya haqida bildirgan fikrlari va keltirgan e’tiroflariga nazar tashlaymiz.
2026-02-11
ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА МЕҲНАТ МУҲОФАЗАСИНИ БОШҚАРИШДА ИНСОН ОМИЛИ ВА ХАВФСИЗЛИК МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ МАСАЛАЛАРИ
Ушбу мақолада таълим муассасаларида меҳнат муҳофазасини бошқариш жараёнида инсон омилининг ўрни ва аҳамияти илмий жиҳатдан таҳлил қилинган. Ходимлар ва раҳбарларнинг касбий масъулияти, меҳнат муҳофазаси соҳасидаги билим даражаси ҳамда хавфсизлик маданиятининг шаклланганлик даражаси меҳнат муҳофазасини бошқариш самарадорлигининг асосий омиллари сифатида ёритилган. Таҳлилий рақамли маълумотлар асосида инсон омилига асосланган бошқарув механизмларини такомиллаштириш бўйича илмий-амалий таклифлар ишлаб чиқилган.
2026-02-11
OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARIDA REFLEKSIYA VA KREATIVLIK KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHDA AMALIY-TAJRIBAVIY TA’LIM MODELINING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI
Oliy ta’limda nazariya bilan amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish va talabalarning refleksiv-kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish mavzusidagi ushbu maqolada “Talaba tajriba maydonchalari” (mikro-fermalar, startaplar, amaliy loyihalar) modeli taklif etilib, uning fanlararo integratsiya, reflektiv kuzatuv va kreativ yechimlarni rag‘batlantirish tamoyillari tahlil qilinadi. Modelning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi va natijadorligi ko‘rsatiladi.
2026-02-11
TA'LIM ORQALI O'QUVCHILARNING MA'NAVIY DUNYOSINI RIVOJLANTIRISH
maqola tabiiy muhitni estetik rivojlantirish jarayonida bola shaxsining ma'naviy sohasini shakllantirish mexanizmlarini o'rganishga bag'ishlangan. Muallif go'zallik, mehnat faoliyati va ijtimoiy o'zaro ta'sir toifalarining sintezi qanday qilib yaxlit ta'lim kontekstini yaratishini tahlil qiladi.nnotatsiya: maqola tabiiy muhitni estetik rivojlantirish jarayonida bola shaxsining ma'naviy sohasini shakllantirish mexanizmlarini o'rganishga bag'ishlangan. Muallif go'zallik, mehnat faoliyati va ijtimoiy o'zaro ta'sir toifalarining sintezi qanday qilib yaxlit ta'lim kontekstini yaratishini tahlil qiladi. Ushbu sintez jarayonning barcha ishtirokchilari (bolalar, ota-onalar, o'qituvchilar) tomonidan baham ko'rilgan ijobiy hissiy tajribani keltirib chiqarishi va axloqiy me'yorlarni ongli ravishda o'zlashtirish, inson harakatlarining motivlari ustidan aks ettirish va o'z xatti-harakatlarining modellarini yaratish uchun asos bo'lib xizmat qilishi ko'rsatilgan.
2026-02-11
JINOYATLARNI OLDINI OLISH TIZIMINI RAQAMLASHTIRISHDA XALQARO STANDARTLAR TAHLILI
Jinoyatlarni oldini olish tizimini raqamlashtirish masalasi O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya siyosati bilan uzviy bog‘liqdir. Ushbu jarayon nafaqat texnologik modernizatsiyani, balki huquqiy mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqishni ham talab etadi. So‘nggi yillarda Predictive Policing, biometrik identifikatsiya, real vaqt kuzatuv tizimlari va sun’iy intellekt asosida xavf tahlillari kabi texnologiyalar jinoyatlarni oldini olishda markaziy vosita sifatida ishlatilmoqda. Shu bilan birga, bu jarayon inson huquqlari va shaxsiy hayotning daxlsizligi bilan bog‘liq yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Shu bois xalqaro standartlar va tavsiyalar jinoyat profilaktikasini raqamlashtirish jarayonining qonuniy, etik va texnik chegaralarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-02-11
BADIIY MATNLARDA GENDER STEREOTIPLARINING NUTQIY AKTLAR REPRODUKSSIYASI
Tadqiqotda gender stereotiplarining badiiy matnlarda leksik, frazeologik va sintaktik vositalar yordamida ifodalanishi va mustahkamlanishi tahlil qilinadi. Erkak va ayol personajlarining til orqali tuzilishi, ijtimoiy va madaniy jihatdan shakllangan gender rollarining nutqda qanday aks etishiga alohida e’tibor beriladi. Diskurs-tahliliy yondashuvdan foydalangan holda tadqiqotda gender ma'nolarining shakllanishiga hissa qo'shadigan baholovchi lingvistik birliklarning pragmatik va semantik xususiyatlari ochib beriladi.
2026-02-11
O‘ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDA INVESTITSIYA SIYOSATINING O‘RNI VA AHAMIYATI
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasida investitsiya siyosati va inson resurslarini boshqarishning zamonaviy tendensiyalari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Ishda investitsiya siyosatining iqtisodiy o‘sishga ta’siri, investitsiya muhitining shakllanishi va uni belgilovchi asosiy omillar, shuningdek, hududlar kesimida investitsiya faolligini oshirish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash va innovatsion rivojlanishni rag‘batlantirishda investitsiyalarning rolini ko‘rsatadi.
2026-02-11
ILM-FANNING GENESALOGIK NAZARIY–METODOLOGIK ASOSLARI
Ushbu maqolada ilm-fanning genesalogik nazariy-metodologik asoslari keng qamrovli ilmiy tahlil asosida bayon etiladi. Genesalogik metodning falsafiy ildizlari, uning ilmiy bilish jarayonidagi o‘rni, ilm-fan taraqqiyotidagi o‘zgarishlar dinamikasini tushuntirishdagi imkoniyatlari yoritiladi. Ayniqsa, dinshunoslik fanida genealogik tahlilning qo‘llanish sohasi, diniy g‘oyalar evolyutsiyasi, diniy diskursning shakllanishi, diniy institutlar va ijtimoiy tuzum o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Maqola ilmiy bilishning tarixiy, sotsiologik, falsafiy va diskursiv jihatlarini o‘zida mujassam etgan kompleks tadqiqotdir.
2026-02-11
GLOBAL IQTISODIYOTDA EKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
Ekologik muammolar bugungi dunyomiz oldida turgan eng dolzarb muammolardan biridir. Iqlim o'zgarishi, ifloslanish, o'rmonlarning kesilishi va biologik xilma-xillikning yo'qolishi kabi muammolar nafaqat sayyoramiz salomatligiga, balki kelajak avlodlar farovonligiga ham tahdid solmoqda. Ushbu muammolarning dolzarbligi samarali va tezkor echimlarni talab qiladi. Ekologik muammolar o'zaro bog'liq va global miqyosdagi keng ko'lamli masalalarni qamrab oladi. Iqlim o'zgarishi va global isish birinchi o'rinda turadi, bu karbonat angidrid va metan kabi issiqxona gazlarining haddan tashqari chiqarilishi bilan bog'liq. Ushbu gazlar atmosferadagi issiqlikni ushlab turadi, bu esa global haroratning ko'tarilishiga, muzliklarning erishiga va ob-havoning buzilishiga olib keladi.
2026-02-11
YANTOQ O’SIMLIGINING NAFAS YO’LLARIDAGI ALLERGIYANI DAVOLANISHI
Ushbu ilmiy tezisda Yantoq (Alhagi maurorum) o‘simligining nafas yo‘llari allergik kasalliklarida qo‘llanilishi, uning fitokimyoviy tarkibi hamda farmakologik xususiyatlari asosida ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil qilindi. Yantoq tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar va fenolik birikmalar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va immunomodulyator ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Nafas yo‘llari allergik kasalliklari, xususan allergik rinit va bronxial astma patogenezida yallig‘lanish mediatorlari muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari Yantoq ekstraktining yallig‘lanish mediatorlarini kamaytirish, bronxial spazmni yengillashtirish hamda shilliq qavat faoliyatini normallashtirishga ko‘maklashishi mumkinligini ko‘rsatadi.
2026-02-11
BREXIT: IS POLITICAL SOVEREIGNTY WORTH THE ECONOMIC LOSSES?
This article examines the economic consequences of the UK’s decision to leave the European Union in 2016, after over 4 decades of integration. Although the UK remains highly ranked in terms of HDI and GDP indices, Brexit has caused significant economic and political challenges. This article makes firm-level microanalysis, comparisons of the UK with similar developed countries before and after Brexit using reliable macroeconomic data provided by NBER. While the UK gained a political sovereignty and control, the article argues that Brexit’s economic costs outweigh these benefits. Additionally, this study highlights how British citizens’ opinions about Brexit changed over the years and how this decision will shape the UK’s economic trajectory in the upcoming years.
2026-02-12
СТРАТИФИКАЦИЯ РИСКА И ИНТЕНСИВНАЯ ТЕРАПИЯ БОЛЬНЫХ С ОСТРЫМ КОРОНАРНЫМ СИНДРОМОМ БЕЗ ПОДЪЕМА СЕГМЕНТА ST В КЛИНИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ
Нестабильная стенокардия долгие годы рассматривалась как самостоятельный синдром, занимающий промежуточное положение между хронической стабильной стенокардией и острым инфарктом миокарда. Однако в последние годы показано, что нестабильная стенокардия и инфаркт миокарда, несмотря на различия в клинических проявлениях, являются последствиями одного и того же патофизиологического процесса, а именно разрыва или эрозии атеросклеротической бляшки в сочетании с присоединением тромбоза и эмболизации более дистально расположенных участков сосудистого русла. Поэтому в настоящее время нестабильную стенокардию и развивающийся инфаркт миокарда объединяют термином острый коронарный синдром (ОКС). Острый коронарный синдром без подъёма сегмента ST (ОКСбпST) остаётся одной из наиболее распространённых причин госпитализации в отделения неотложной кардиологии и занимает ведущие позиции в структуре сердечно-сосудистой смертности. Несмотря на совершенствование методов диагностики и лечения, летальность и риск повторных ишемических событий у данной категории пациентов продолжают оставаться высокими.
2026-02-12
O‘ZBEK TILIDA EKOLOGIK METAFORALARNING LINGVOKULTUROLOGIK VA KOGNITIV XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi ekologik metaforalarning (ekometaforalar) shakllanishi, ularning milliy-madaniy xususiyatlari va kognitiv asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning til birliklarida aks etishi, xususan, fitomorfik (o‘simlik), zoomorfik (hayvonot) va geomorfik (tabiat hodisalari) kodlarning ko‘chima ma’noda qo‘llanilishi o‘rganiladi. Maqola tilshunoslar, ekologlar, tarjimonlar va filologiya yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
2026-02-12
HUMAN CAPITAL MANAGEMENT AS A KEY FACTOR OF SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT
This thesis examines Human Capital Management (HCM) as a key driver of sustainable economic development, focusing on HR management systems, employee motivation, and competency-based models. Drawing on international reports and empirical research from the World Bank, OECD, ILO, and leading scholars in strategic human resource management, the study analyzes the relationship between investment in human capital and macroeconomic productivity growth. The paper applies comparative and analytical methods to evaluate how structured competency frameworks, performance-based motivation systems, and lifelong learning mechanisms contribute to long-term economic resilience. The findings confirm that countries and organizations investing systematically in human capital demonstrate higher innovation capacity, productivity growth, and social sustainability indicators.
2026-02-12
ОЦЕНКА И ОПРЕДЕЛЕНИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СУММАТИВНОЙ ОЦЕНОЧНОЙ СИСТЕМЫ
В статье исследуются теоретические и прикладные аспекты оценки человеческого потенциала на основе суммативной оценочной системы. Рассматриваются положения теории человеческого капитала, концепции человеческого развития и международные индикаторные подходы к измерению качества человеческих ресурсов. На основе анализа статистических методик Всемирного банка, Программы развития ООН и ОЭСР предлагается модель агрегированной оценки, основанная на нормализации и суммировании показателей образования, здравоохранения, доходов и профессиональной компетентности. Работа базируется исключительно на фактических данных и признанных научных источниках.
2026-02-12
ТЕНДЕНЦИИ УПРОЩЕНИЯ ГРАММАТИЧЕСКИХ КОНСТРУКЦИЙ В СОВРЕМЕННОЙ РУССКОЙ РЕЧИ
В статье рассматриваются процессы упрощения грамматических конструкций в современной русской речи. Анализируются синтаксические и морфологические изменения, обусловленные цифровизацией коммуникации, ускорением темпа жизни и демократизацией языковой нормы. Делается вывод о системном характере наблюдаемых трансформаций.
2026-02-12
ПРОКУРАТУРА ОРГАНЛАРИНИНГ ЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ КУРАШИШ БОРАСИДАГИ ФАОЛИЯТИДА ИДОРАЛАРАРО ҲАМКОРЛИКНИНГ АҲАМИЯТИ
Мамлакатимизда жиноятчиликка қарши курашиш, ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш ва профилактика қилиш борасида кенг кўламли чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Жиноятчиликка қарши курашиш давлатнинг энг муҳим вазифаларидан бири ҳисобланади. Бу борадаги ишларнинг самарадорлиги ва натижадорлигига барча давлат органларининг, энг аввало ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг сайъи-ҳаракатларини бирлаштириш орқали эришиш мумкин. Ушбу фаолиятнинг самарадорлиги кўп жиҳатдан прокуратура органларининг бошқа ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва давлат идоралари билан ўзаро ҳамкорлик даражасига боғлиқ. Замонавий жиноятчилик турларининг мураккаблашуви, трансмиллий хусусият касб этиши ва ахборот технологиялари орқали содир этилаётган жиноятларнинг кўпайиши идоралараро ҳамкорликни янада такомиллаштиришни тақозо этмоқда.
2026-02-12
АДВОКАТНИНГ МУВАФФАҚИЯТ ГОНОРАРИ: МИЛЛИЙ ВА ХОРИЖИЙ ТАЖРИБА
Мамлакатимизда одил судловга эришиш билан боғлиқ ислоҳотлар жараёнида фуқаролар ва юридик шахсларнинг малакали юридик ёрдам олишга бўлган ҳуқуқини таъминлаш муҳим ўрин тутади. Ўзбекистон Республикасининг 1996 йил 27 декабрдаги 349-I-сонли “Адвокатура тўғрисида”ги Қонунининг 91-моддасига мувофиқ, адвокатлик фаолияти адвокат ва ишонч билдирувчи шахс (ҳимоя остидаги шахс) ўртасида тузиладиган юридик ёрдам кўрсатиш тўғрисидаги битим (шартнома) асосида амалга оширилади. Кўрсатилаётган юридик ёрдам учун ишонч билдирувчи шахс (ҳимоя остидаги шахс) томонидан ҳақ тўлаш шартлари юридик ёрдам кўрсатиш тўғрисидаги битим (шартнома)нинг муҳим шартларидан бири бўлиб ҳисобланади.
2026-02-12
YOSH BOLALARDA ASTIGMATISM KASALLIGINI KELIB CHIQISH SABABLAR
Maqola yosh bolalarda astigmatizmning fiziologik kelib chiqish sabablari, uning klinik ko‘rinishlari va bolalarning vizual rivojlanishiga ta’siri bilan bog‘liq. Tadqiqotda astigmatizmning ko‘pincha kornea va linzaning egri chizig‘laridagi nomuvofiqlik, ko‘z o‘qi va retinaning markazi orasidagi farqlar kabi anatomik va fiziologik omillar bilan bog‘liqligi ilmiy tahlil qilindi. Shuningdek, erta tashxis va muntazam vizual monitoringning bolalarning ko‘rish sifati va rivojlanishiga ta’siri ko‘rib chiqildi. Maqola bolalarda astigmatizmni aniqlash, profilaktika va davolash strategiyalarini samarali qo‘llash muhimligini ta’kidlaydi.
2026-02-12
БАНК ФИЛИАЛЛАРИ БАНК БИЗНЕСИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ОМИЛИ СИФАТИДА
Банк соҳасида филиаллар банкни ривожлантириш ва банк хизматларини сотишнинг асосий воситаларидан бири ҳисобланади. Банк филиаллари банкларнинг мижозлар базасини кўпайтириш ва янги ҳудудларда ўз хизматларини таклиф қилиш имконини беради. Банк филиаллари турли йўналишда ёки ихтисослашув асосида фаолиятини ташкил этиши мумкин. Масалан, чакана банк хизматларини кўрсатиш ёки корпоратив мижозлар билан ишлашга йўналтирилган бўлиши мумкин.
2026-02-12
DASTURIY TA’MINOT HAYOTIY SIKLI VA UNING AHAMIYATI
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida dasturiy ta’minot inson hayotining deyarli barcha sohalarida muhim o‘rin egallamoqda. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, bank-moliya tizimi, sanoat va kundalik hayotda foydalanilayotgan ko‘plab tizimlar sifatli va ishonchli dasturiy ta’minotga bog‘liqdir. Shu sababli dasturiy mahsulotlarni yaratishda tartibli, rejalashtirilgan va samarali yondashuv zarur hisoblanadi.Dasturiy ta’minotni yaratish jarayonida qo‘llaniladigan eng muhim tushunchalardan biri bu — dasturiy ta’minot hayotiy siklidir (Software Development Life Cycle — SDLC). Hayotiy sikl dasturiy mahsulotning paydo bo‘lishidan boshlab, uni joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu jarayonlar ketma-ket va tizimli ravishda amalga oshirilsa, dasturiy ta’minot sifati yuqori bo‘ladi.
2026-02-12
INFLYATSIYA VA UNING IQTISODIY TA’SIRI
Ushbu maqola inflyatsiya va uning iqtisodiy ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada inflyatsiyaning asosiy sabablari, uning shakllari (talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, pul inflyatsiyasi va import inflyatsiyasi) va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Inflyatsiya narxlar darajasining o‘sishi sifatida ifodalanadi va iqtisodiy barqarorlikka, ishlab chiqarish va iste’molga, shuningdek investitsiyalar va foiz stavkalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi oshgan sari pulning qadrsizlanishi, iste’mol va investitsiyalar kamayishi mumkin. Shu bilan birga, yuqori inflyatsiya jamiyatdagi tengsizlikni kuchaytirib, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.
2026-02-12
FEATURES OF TRANSLATING NEWSPAPER TERMINOLOGY
This article examines the lexical-semantic, pragmatic, and stylistic challenges involved in translating newspaper terminology. The study aims to establish criteria for the adequate rendering of terms, abbreviations, proper names, and headline units in journalistic discourse. The research methodology integrates corpus-based observation, contextual analysis, and a comparative approach, resulting in a descriptive model for translating newspaper terminology.
2026-02-12
РАЗРАБОТКА И АДАПТАЦИЯ МОДЕЛИ СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ МАЛЫМИ ПРЕДПРИЯТИЯМИ
В статье рассматриваются теоретические и прикладные аспекты разработки и адаптации модели стратегического управления малыми предприятиями. Описаны особенности стратегического менеджмента в малом бизнесе и выявлены текущие проблемы и вызовы, связанные с нестабильностью внешней среды. Обоснована необходимость адаптивного подхода к стратегическому управлению в условиях волатильной экономики. Предложены подходы к построению адаптивной модели стратегического управления, включающие непрерывный анализ окружающей среды, гибкое планирование (включая сценарный подход) и использование инструментов, таких как сбалансированная система показателей. На основе исследования сформулированы рекомендации по практической реализации модели стратегического управления малыми предприятиями в странах с переходной экономикой (на примере Узбекистана).
2026-02-12
BOLALAR ORASIDA O’TKIR ICHAK INFEKSIYASI
Mazkur tezisda bolalar orasida keng tarqalgan o‘tkir ichak infeksiyalarining (O‘II) etiologiyasi, epidemiologiyasi va profilaktik chora-tadbirlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ichak infeksiyalarining kelib chiqish sabablari, yuqish mexanizmlari, tarqalish omillari hamda ularning bolalar salomatligiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan.
2026-02-12
KIBERXAVFSIZLIK: HOZIRGI ZAMON TAHDIDLARI VA ODDIY FOYDALANUVCHILAR UCHUN MASLAHATLAR
Zamonaviy dunyoda internet va raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Mobil telefonlar, kompyuterlar, onlayn banking va ijtimoiy tarmoqlar kundalik hayotimizni qulaylashtiradi. Shu bilan birga, internetdan foydalanganimizda kiberxavfsizlik tahdidlari ham mavjud. Kiberxavfsizlik — bu ma’lumotlarni, shaxsiy ma’lumotlarni va tizimlarni internetdagi xavflardan himoya qilishning ilmiy va amaliy yo‘li. Ushbu maqolada kiberxavfsizlik asoslari, asosiy tahdidlar va oddiy foydalanuvchilar uchun maslahatlar tushunarli tilda bayon qilinadi.
2026-02-12
OLIY TAʼLIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK FAOLIYAT SAMARADORLIGI KOʻRSATKICHLARI VA ULARNI BAHOLASHNING ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
Mazkur matnda oliy taʼlim muassasalarida pedagogik faoliyat samaradorligini baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Unda o‘quv-uslubiy faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalar yutuqlari va kasbiy rivojlanish indikatorlari asosida o‘qituvchi faoliyatini kompleks baholash zarurligi asoslab beriladi. Shuningdek, KPI tizimi, raqamli taʼlim muhiti, talaba fikri (feedback) va ilmiy nashrlar faolligining pedagog samaradorligiga taʼsiri ko‘rsatilib, sifat ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish muhimligi taʼkidlanadi.
2026-02-12
INFRATUZILMANING TURIZM RIVOJLANISHIGA TA’SIRI
Infratuzilmaning turizm rivojlanishiga ta’siri tahlil qilindi. Tadqiqotda transport, joylashtirish, servis hamda axborot-kommunikatsiya infratuzilmasining turistik faoliyat samaradorligini oshirishdagi o‘rni hamda, infratuzilmaning rivojlanishi bilan turistik oqim hajmi va hududlarning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti o‘rtasidagi bog‘liqlik ko’rib chiqildi.
2026-02-13
AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA MILLIY KUTUBXONA
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni, ularning kutubxona faoliyatini modernizatsiya qilishdagi o‘rni hamda foydalanuvchilarga axborot xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, elektron katalog, raqamlashtirish ishlari, masofaviy xizmat ko‘rsatish tizimi va zamonaviy axborot resurslarining rivojlanish bosqichlari yoritiladi. Tadqiqot natijasida AKTning Milliy kutubxona faoliyatini samarali tashkil etish va milliy axborot makonini rivojlantirishdagi muhim omil ekani asoslab beriladi.
2026-02-13
IKKI O‘LCHAMLI FAZODA KESKIN KENGAYGAN BIR POG‘ONALI KANAL ORQALI SUYUQLIK OQIMINING SONLI TADQIQOTI
Ushbu ishda ikki o‘lchamli keskin kengaygan bir pog‘onali kanalda suyuqlik oqimining sonli tadqiqi amalga oshirildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi oqimning ajralish va qayta yopishish jarayonlarini tahlil qilish hamda birinchi qayta yopishish uzunligi Xr, shuningdek ajralish va qayta yopishish nuqtalari X₁, X₂, X₄ va X₅ ning Reynolds soniga bog‘liqligini aniqlashdan iborat. Hisoblashlar Navye–Stoks tenglamalariga asoslangan sonli model yordamida bajarildi. Olingan natijalar Reynolds soni ortishi bilan pastki devor bo‘ylab hosil bo‘ladigan asosiy recirkulyatsiya zonasining kengayishini va qayta yopishish nuqtasining oqim yo‘nalishi bo‘ylab siljishini ko‘rsatdi. Yuqori devorda esa ikkilamchi ajralish va qayta yopishish zonalarining mavjudligi aniqlanib, ularning joylashuvi Reynolds soniga sezilarli darajada bog‘liqligi tasdiqlandi. Tadqiqot natijalari adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar bilan mos kelib, keskin kengaygan kanallardagi ajralish hodisalarini tahlil qilishda amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-13
MUDARABA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA KORXONALAR RISKLARINI KAMAYTIRISH YO‘LLARI
Har bir mamlakat o‘zining iqtisodiy, huquqiy, madaniy va diniy xususiyatlaridan kelib chiqib, islomiy moliyalashtirish tamoyillarini o‘ziga mos shaklda joriy etgan. Bugungi kunda dunyoda 80 dan ortiq davlatda islom banklari faoliyat yuritadi, ularning umumiy aktivlari 4,5 trillion AQSh dollaridan oshgan. Xorijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, islomiy moliyalashtirish tizimining barqarorligi murabaha, ijara, mudaraba, musharaka, salam va istisna kabi operatsiyalarni puxta tashkil etish bilan belgilanadi. Bu bitimlar faqat iqtisodiy foyda emas, balki ijtimoiy adolat, barqarorlik va halollik tamoyillarini ham ta’minlaydi.
2026-02-13
РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ ШАРОИТИДА ИННОВАСИОН БАНК ХИЗМАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Дунё бўйлаб молиявий иқтисодий тизимининг асосий тармоғи ҳиcoбланадиган банк тизими фаолияти хизматлари сони кундан кун кўпайиб, ортиб бормоқда. Анъанавий банк хизматлари бўлмиш депозит жалб қилиш, тўловларни амалга ошириш, кредит ажратиш хизматларининг бугунги кун талабидан келиб чиққан ҳолда таклиф этиш имкони яратилганлиги банклар учун янги даврни бошлаб берди.
2026-02-13
КАЛАМБУР КАК ОДИН ИЗ ВИДОВ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНО – ВЫРАЗИТЕЛЬНЫХ СРЕДСТВ В ПОЭТИЧЕСКОЙ РЕЧИ
В данной статье рассматривается использование каламбуров в речи на примере стихотворений таких поэтов как А.С.Пушкин, В.В.Маяковский, Б.Л.Пастернак, Д.Д Минаев.А также изучение главной цели, которую преследуют авторы, применяя каламбур в своих стихотворениях, что служит почвой для создания комического эффекта.
2026-02-13
