Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-12-08

PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN AYOLLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISH FAOLIYATINING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada ayollar jinoyatchiligining oldini olishda profilaktika inspektorining o‘rni, vazifalari va vakolatlari, shuningdek, ushbu faoliyatni tartibga soluvchi tashkiliy va huquqiy mexanizmlar yoritilgan. Ayollar orasida huquqbuzarlikka sabab bo‘layotgan omillar, ularni erta aniqlash, xavf guruhidagi shaxslar bilan ishlash, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va davlat xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik tizimining me’yoriy asoslari tahlil qilingan. Shuningdek, raqamlashtirilgan profilaktika tizimi, “Ayollar daftari”, psixologik xizmatlar bilan integratsiya va mahalla tizimining o‘rni haqida ham fikr yuritiladi.

V.O.Egamberdiyev, Safarov Davronbek Mahmadali oʻgʻli

4-5

2025-12-08

PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN AYOLLAR JINOYATCHILIGINI OLDINI OLISH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Maqolada ayollar jinoyatchiligi fenomenining ijtimoiy-huquqiy xususiyatlari, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda profilaktika inspektorining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati ilmiy asosda tahlil qilingan. Xotin-qizlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olishda mahalla, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, psixologik xizmatlar va nodavlat sektor bilan hamkorlikning ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ayollarni ijtimoiy himoyalash, psixologik qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish va raqamlashtirilgan profilaktika tizimidan foydalanish bo‘yicha takomillashtirish yo‘llari ishlab chiqilgan.

V.O.Egamberdiyev, Safarov Davronbek Mahmadali oʻgʻli

6-8

2025-12-08

THE IMPORTANCE OF FEEDBACK IN LANGUAGE LEARNING

Feedback is a central component of language learning because it guides learners toward clarity, accuracy, and greater communicative competence. It strengthens motivation, promotes self-reflection, and helps learners understand not only what is incorrect, but why it is incorrect. This article examines how feedback functions in the language learning process, what types of feedback are most beneficial, and how teachers can apply feedback in meaningful, human-centered ways. Through a qualitative analysis of pedagogical theories and classroom practices, the paper highlights the emotional, cognitive, and developmental role of feedback in shaping learners’ progress.

Azimaxon Payg‘ambarqulova, Shohsanam Dushatova

9-11

2025-12-08

TO‘LQINLI ZICHLASHTIRISHLI TOLALI OPTIK ALOQA TIZIMLARI

Ushbu tezisda zamonaviy tolali optik aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan to‘lqinli zichlashtirish texnologiyasi (WDM)ning mazmuni, ishlash tamoyillari, turlari, afzalliklari va qo‘llanilish, sohasi haqida izchil va sodda bayon etiladi. WDM texnologiyasi bitta optik tolada bir vaqtning o‘zida bir nechta yorug‘lik to‘lqinlari orqali ma’lumot uzatishga imkon beradi. Bu texnologiya aloqa tizimlarining sig‘imini oshirish, tezlikni ko‘paytirish hamda global axborot almashuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Jumanazarov Nurmuhammad Nurbek o'g'li

12-13

2025-12-08

DINAMIK MULTIMEDIA XIZMATLARI UCHUN ABONENT KIRISH TARMOQLARIDA AI ASOSIDAGI TRAFIK BOSHQARUVI

Ushbu maqola Abonent Kirish Tarmoqlarida (PON, 5G-RAN) yuqori talabli immersiv Multimedia Xizmatlari (masalan, 8K, VR/AR) uchun ultra-past kechikish va yuqori  QoS (Xizmat Sifati) ni ta'minlash muammosini ko'rib chiqadi. An'anaviy statik Kommutatsiya va Marshrutizatsiya mexanizmlari dinamik trafik o'zgarishlariga moslasha olmaydi, bu esa eng yuqori yuklanish davrida tarmoq tiqilishiga olib keladi.Muammoni hal qilish uchun biz AI (Mashinani O'rganish) asosidagi trafik boshqaruv modelini taklif qilamiz. Model Signallarni Qayta Ishlash usullaridan foydalanib, tarmoq holatini real vaqt rejimida tahlil qiladi va SDN (Software-Defined Networking) arxitekturasi orqali optimal resurslarni dinamik ravishda taqsimlaydi.Taklif etilgan usulning samaradorligi Tarmoqlarni Modellashtirish va Simulyatsiya Qilish (NS-3) orqali baholandi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, AI asosidagi dinamik boshqaruv an'anaviy statik protokollarga nisbatan trafik kechikishini 30% gacha kamaytiradi, shu bilan birga, yuqori ustuvorlikdagi multimedia oqimlari uchun Foydalanuvchi Tajribasini (QoE) sezilarli darajada yaxshilaydi.

Maxammadaliyeva Maftuna Murodali qizi

14-18

2025-12-08

BOLSMAN MASHINASI VA UNING XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda Boltzmann mashinasining nazariy asoslari, uning ehtimollik va energiya funksiyasi tamoyillariga asoslangan ishlash mexanizmi, generativ model sifatidagi imkoniyatlari, shuningdek, o‘qitish jarayonidagi murakkabliklari batafsil tahlil qilinadi. Boltzmann mashinasi va uning soddalashtirilgan varianti — Cheklangan Boltzmann mashinasi (RBM) haqida ma’lumot berilib, chuqur o‘rganish modellariga qo‘shgan hissasi ko‘rsatildi. Modelning amaliy sohalarda qo‘llanilishi va uning afzallik hamda kamchiliklari haqida umumiy tasavvur berildi.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Pirimqulova Maftunaxon

19-22

2025-12-08

LOGISTIK REGRESSIYA VA UNING QO’LLANISHI

Ushbu tezisda logistik regressiya modelining nazariy asoslari, logistika funksiyasining matematik talqini va uning ehtimollikni modellashtirishdagi o‘rni yoritilgan. Logistik funksiyaning sigmasimon shakli, chiziqli kombinatsiyaning ehtimollikka aylanish jarayoni hamda logik transformatsiyasi ilmiy asosda tushuntiriladi. Tadqiqot natijalari logistik regressiyaning ikki kategoriyali natijalarni ishonchli, barqaror va talqin qilish oson bo‘lgan statistika modeli ekanligini ko‘rsatadi.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Abdullajonova Guljahon Azizjon qizi

23-25

2025-12-08

IBN SINONING AQLIY VA AXLOQIY TALIMOTI

Abu Ali Ibn Sinoning aqliy hamda axloqiy ta’limotini фалсафий нуқтаи назардан тадқиқ etishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda mutafakkirning inson mohiyati, aqlning o‘rni, ma’naviy kamolot va axloqiy yetuklik haqidagi qarashlari yoritiladi. Ibn Sino aqlni insonning eng oliy quvvati sifatida baholagan bo‘lib, uni bilish jarayonining asosiy manbai, haqiqatni anglash vositasi deb izohlaydi. U “faol aql” tushunchasi orqali inson tafakkurining bosqichma-bosqich mukammallashuvi va oliy darajadagi bilishga erishish jarayonini ilmiy asosda sharhlab beradi.

Sodiqova SHaxinabonu Sherali qizi

26-29

2025-12-08

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY REFLEKSIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy refleksiya madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, metodik tamoyillari hamda refleksiv kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida diagnostika, trening, videodars tahlili va “refleksiya kundaligi” kabi metodlardan foydalanilgan bo‘lib, ularning ta’lim sifatiga ta’siri tajriba-sinov asosida asoslab berilgan. Maqola yakunida refleksiv madaniyatning o‘qituvchi kasbiy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha umumiy xulosalar keltirilgan.

Sayqanova Begoyim

30-32

2025-12-08

ABAY IJODIDA XALQ OG‘ZAKI IJODI AN’ANALARI

Ushbu ilmiy maqolada Abay Qo‘nonboyev ijodida xalq og‘zaki ijodi an’analari masalasi ilmiy-nazariy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda shoir she’riyatida xalq hikmatlari, maqol va matallar, rivoyat va dostonlar kabi og‘zaki ijod elementlarining badiiy va g‘oyaviy funksiyalari yoritiladi. Shuningdek, Abay ijodida folklor unsurlarining lirik qahramon ruhiyati, shaxs va jamiyat o‘rtasidagi murakkab munosabatlar va axloqiy qadriyatlarni ifodalashdagi roli tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari Abay ijodining folklor merosi bilan uyg‘unligini, shuningdek, qozoq adabiyotidagi psixologik lirika va ma’naviy tafakkur rivojidagi ahamiyatini ochib beradi.

Nalibayev Nurjan

33-35

2025-12-08

FACTORS İNFLUENCİNG THE DEVELOPMENT OF GLOBAL TOURİSM

International tourism is an important industry that currently has a significant impact on economic, cultural and social spheres around the world. This article analyzes the main factors affecting the development of international tourism. It analyzes the global development trends of tourism by studying economic, political, cultural, technological, environmental and social factors. It also expresses opinions on the changes taking place in the tourism sector and future development prospects.

Mukhtasarkhon Akhmadjanova

36-43

2025-12-08

TYPES OF PHONETICS AND THEIR FUNCTIONS IN LANGUAGE TEACHING

This article examines the main types of phonetics and their functional roles in teaching foreign languages. It highlights articulatory, auditory, acoustic, and visual phonetics, emphasizing their importance for developing learners’ pronunciation, listening comprehension, and overall communicative competence. The study provides practical strategies for integrating phonetics into classroom activities, enhancing both teaching effectiveness and learner outcomes.

Nigora Xaydarova , Mukarramoy Khusanova

44-45

2025-12-08

GRAPHIC CHARACTERISTICS OF SYLLABLES-ORTHOEDIC AND ORTHOGRAPHIC SYLLABLES

The concept of the syllable plays a central role in phonetics, phonology, orthography, and language pedagogy. English, with its deep and historically layered writing system, demonstrates a notable gap between spoken and written syllabification. This article explores the graphic and phonological characteristics of syllables, focusing on the difference between orthoepic (phonetic) and orthographic (written) syllables. Through detailed descriptions, linguistic explanations, and examples from contemporary English, the article illustrates how these forms of syllabification shape pronunciation, spelling, reading acquisition, and pedagogical practice.

Nigora Xaydarova, Gulnigor Nizomova

46-48

2025-12-08

THE INFLUENCE OF NATIVE LANGUAGE ON ENGLISH GRAMMAR ACQUISITION

The acquisition of English grammar by second language learners is significantly influenced by the structural, typological, and cognitive properties of their native language. This phenomenon, commonly referred to as native language influence or cross-linguistic transfer, has been widely examined within the field of second language acquisition. The present thesis explores how native language structures affect learners’ acquisition of English grammatical features such as tense, aspect, word order, articles, and prepositions. Drawing on empirical findings from contrastive analysis, error analysis, and interlanguage studies, the thesis demonstrates that native language influence can both facilitate and hinder English grammar acquisition depending on the degree of similarity between the native language and English. The study synthesizes established research to highlight pedagogical implications for teaching English grammar to multilingual learners.

Umida Uktamova

49-52

2025-12-08

OPTIK ALOQA TIZIMLARINING FOTOQABUL QILGIChLARI

Mazkur tezis optik aloqa tizimlarida qo`llaniladigan fotoqabul qilgichlarning fizik tamoytillari, konstruksiyasi va ularning ishlash ko`rsatkichlarini ilmiy jihatdan tahlil qiladi. Optik tolasi aloqa liniyalarida axborot  optik impulslar ko`rinishida uzatilib, qabul nuqtasida ushbu yorug`lik signallarini elektr signallariga aylantirish jarayoni fotoqabulqilgichlar orqali amalga oshiriladi.  Shuning uchun fotoqabul modullari optik aloqa tizimlarining sezgirligi, tezkorligi va umumiy samaradorligini belgilovchi eng muhim elementlardan biri hisoblanadi.

Shamshiddinov Shuxratjon Sharobiddin o’g’li

53-56

2025-12-08

KORXONALARDAGI TEXNOLOGIK JARAYONLARNI OPTIMALLASHTIRISH

Ushbu tezisda korxonalardagi texnologik jarayonlarni optimallashtirish masalalari, uning samaradorlikka ta’siri va ilg‘or usullari haqida so‘z boradi. Optimallashtirish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, resurslardan samarali foydalanish va tannarxni kamaytirish mumkinligi asoslab beriladi. Korxonalardagi texnologik jarayonlarni optimallashtirish zamonaviy ishlab chiqarish tizimlarining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu jarayon ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish, energiya sarfini kamaytirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Tezisda optimallashtirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinib, uning korxona iqtisodiy samaradorligiga ta’siri asoslab beriladi. Shuningdek, ilg‘or usullar – sun’iy intellekt, raqamli modellashtirish va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari yordamida texnologik jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Ushbu izlanish natijalari ishlab chiqarish jarayonlarining innovatsion yondashuvlar orqali optimallashtirilishining ahamiyatini ko‘rsatib beradi.

Mohigul Jalilova

57-60

2025-12-08

WOMEN WIRETERS OF THE 18TH CENTURY

This article analyzes the work of 18th-century women writers and their role in society. The article highlights the role of women writers in society, famous representatives, the characteristics of their work, and their contribution to literature and social life. 18th-century women writers demonstrated such features as personal experience, social criticism, feminist motifs, and the development of the novel genre in their works. Their work was important not only in literature, but also in promoting women's rights and strengthening equality in society. The article will be useful for readers and researchers in studying 18th-century feminist literature and the work of women writers.

Lola Mirqurbonova , Dilafruz Umarova

61-65

2025-12-08

MONOPOLIYALARNING BOZOR NARXIGA TA’SIRI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI

Ushbu tezisda monopoliyalarning bozor narxini shakllantirishdagi o‘rni, iste’molchilar farovonligiga ta’siri va ularni tartibga solish mexanizmlari tahlil qilinadi. Monopoliyalarning mavjudligi narxni yuqoriga ko‘tarish, ishlab chiqarish hajmini cheklash va bozor samaradorligini pasaytirish kabi iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Tadqiqotda monopoliyalarning mikroiqtisodiy asoslari, ularning narx belgilashdagi ustunliklari va raqobatni cheklash natijasida yuzaga keladigan deadweight loss tushunchasi yoritilgan. Shuningdek, maqolada monopoliyalarni tartibga solish mexanizmlari, jumladan: narxlarni nazorat qilish, antimonopoliya qonunchiligi, raqobatni rivojlantirish va tabiiy monopoliyalarda tarif siyosati muhokama qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, jumladan “Raqobat to‘g‘risida” qonun, tabiiy monopoliyalar to‘g‘risidagi qonun hamda monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha farmonlar misol sifatida keltiriladi. Tadqiqot natijalari monopoliyalarning iqtisodiyotga ta’sirini aniqlash, bozor muvozanatini saqlash va davlat siyosatini shakllantirishda amaliy tavsiyalar beradi.

Jumaboyeva Zilola Davlatyor qizi

66-68

2025-12-08

AHOLINING IJTIMOIY FAROVONLIGI KO‘RSATKICHLARINING STATISTIK TAHLILI VA MILLIY IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI

Ushbu tezisda aholining ijtimoiy farovonligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar va ularning milliy iqtisodiy rivojlanish jarayonlariga ta’siri statistik tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda real daromadlar, bandlik darajasi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sifati, iste’mol darajasi va ijtimoiy infratuzilma kabi ko‘rsatkichlar o‘rganilib, ularning iqtisodiy o‘sish bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi aniqlanadi. Statistik usullar sifatida dinamik qatorlar, indekslar tizimi, korrelyatsion-regression tahlil va strukturaviy tahlil qo‘llaniladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, aholining ijtimoiy farovonligining oshishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga, inson kapitali sifatining yaxshilanishiga va iqtisodiy faollikning kuchayishiga xizmat qiladi.

Jumaboyeva Zilola Davlatyor qizi

69-71

2025-12-08

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONLARIDA SIGNAL VA TASVIRLARNI QAYTA ISHLASHDA ADAPTIV MODELLASHTIRISH: KALMAN FILTRI VA CHUQUR O‘RGANISH (LSTM/TRANSFORMER) INTEGRATSIYASI

Ushbu maqola raqamli transformatsiya jarayonlarida signal va tasvirlarni qayta ishlash samaradorligini oshirish uchun adaptiv modellashtirish usulini tadqiq etadi. Maqolaning markaziy maqsadi — shovqinni bartaraf etish va aniqlikni oshirish maqsadida an'anaviy Kalman filtri (KF) ning mustahkam nazariyasini chuqur o‘rganish (LSTM/Transformer) modellarining kuchli ketma-ketlikni modellashtirish qobiliyati bilan birlashtiruvchi gibrid integratsiya usulini taklif qilishdir. Taklif etilgan gibrid model KF ning optimum holatni baholash ustunligini  LSTM/Transformer ning murakkab, chiziqli bo‘lmagan bog‘liqliklarni o‘rganish qobiliyati bilan birlashtiradi. Bu integratsiya noaniqlik sharoitida yuqori aniqlikdagi prognozlash va filtratsiyani ta'minlaydi. Tadqiqot natijalari gibrid yondashuvning shovqinni kamaytirish va obyektni kuzatish (tracking) kabi vazifalarda faqat KF yoki faqat chuqur o‘rganishga asoslangan yechimlarga nisbatan sezilarli darajada yaxshi ishlash ko‘rsatkichlarini (xatoni kamaytirish) namoyish etishini ko'rsatadi. Maqola bu gibrid modelning IoT, avtonom tizimlar va aqlli shahar infratuzilmalarida real vaqt rejimida qo‘llanilishining amaliy ahamiyatini ta'kidlaydi.

Dalibekov L. R., H. A. Azizibloyev

72-75

2025-12-08

OLIGOPOLIYA BOZORIDA BURNO,SHTAKELBERG VA BERTRAN MODELLARI

Ushbu mavzuda oligopoliya bozoridagi firmalararo raqobatning uchta asosiy nazariy modeli Kurno, Shtakelberg va Bertran modellarini qiyosiy o`rganishga bag’ishlangan.Bu uch model oligopoliya sharoitida  narx,ishlab chiqarish hajmi va  firmaning foydasi qanday shakllanishini turli strategik o`zaro bog`liqliklar asosida tushunishga yordam beradi.

Hayitboyeva Muxlisa Bekturdiyevna

76-78

2025-12-08

SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA STOMATOLOGIK TASHXIS QO‘YISH

Sun’iy intellekt (SI) stomatologiya sohasida tashxis qo‘yish va bemorlarni boshqarishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. SI algoritmlari tish röntgeni, intraoral skaner va 3D tasvirlar asosida aniq va tezkor tashxis qo‘yishni ta’minlaydi. Ushbu maqolada SI tizimlarining turlari, stomatologik diagnostikadagi qo‘llanilishi va klinik samaradorligi tahlil qilinadi. SI yordamida kariyes, periodontit, og‘iz saratoni va boshqa stomatologik kasalliklarni aniqlash imkoniyati kengaymoqda.

Mamarahimov Fazliddin Gʻofurjon oʻgʻli, Sobirjonov Muhammadsolih Nodirbek oʻgʻli, Axmedov Xusanjon Mamirdjanovich

79-83

2025-12-08

LA PLACE DE LA LITTÉRATURE DANS LE DÉVELOPPEMENT DES COMPÉTENCES ORALES

Cet article examine le rôle de la littérature dans le développement des compétences orales des élèves. Il explore comment la littérature peut enrichir le vocabulaire, améliorer la fluidité du discours et favoriser la structuration des idées lors de discussions orales. Les résultats de l’étude montrent que les élèves impliqués dans des activités basées sur la littérature ont démontré une meilleure capacité à argumenter, à utiliser des expressions variées et à participer activement à des débats. En outre, la littérature permet non seulement de développer des compétences linguistiques mais aussi de stimuler la réflexion critique et la communication interculturelle. L’étude conclut sur l'importance d’intégrer davantage la littérature dans l’enseignement des compétences orales pour optimiser l’apprentissage du langage.

Shalolakhon Jurayeva, Mukarramkhon Jalolova

84-86

2025-12-08

MA`LUMOTLAR OQIMINI BAHOLASH UCHUN KOMBINATSIYALANGAN HOSILA FORMULAS

Ushbu maqolada ma’lumotlar oqimini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini baholash uchun kombinatsiyalangan hosila yondashuvi taklif etiladi. An’anaviy differensial operatorlar ma’lumotlar notekis oqimga ega bo‘lgan real tizimlarda xatoliklarni oshirishi mumkin. Shu sababli hosilaning vaqt bo‘yicha lokal va global komponentlarini birlashtiruvchi yangi formuladan foydalanildi. Taklif etilgan metod katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashda aniqlikni oshiradi va signal-tezlik tahlilida samaradorlikni kafolatlaydi. Tadqiqot natijasida kombinatsiyalangan hosila yordamida oqim intensivligini bashorat qilishning yaxlit matematik modeli ishlab chiqildi.

Xusanboyeva Sarvinoz O`tkirbek qizi , Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevna

87-92

2025-12-08

XIX ASR OXIRI — XX ASR BOSHLARIDA HAJ ZIYORATI BILAN BOG‘LIQ YO‘L TARMOQLARI VA MUHIM YO‘NALISHLAR

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida musulmon dunyosida Haj ziyorati bilan bog‘liq yo‘l tarmoqlarining rivojlanishi, asosiy transport yo‘nalishlari, dengiz va quruqlik orqali amalga oshirilgan sayohatlarning tarixiy ahamiyatini tahlil qiladi. Tadqiqotda Otomman imperiyasi davridagi yo‘l xavfsizligi, temir yo‘l transportining paydo bo‘lishi, “Hijoz temir yo‘li”ning qurilishi va Markaziy Osiyo ziyoratchilarining Makkaga borish marshrutlari ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, mazkur jarayonlarning siyosiy, iqtisodiy va diniy omillari tahlil qilinadi.

Hikmatullayeva Dilbar Xurshid qizi

93-95

2025-12-08

DEATH AND SADNESS IN POE’S AND HARDY’S WORKS

This paper examines death and sadness in the works of Edgar Allan Poe and Thomas Hardy. Despite different literary traditions, both explore human mortality and suffering. Poe, a Gothic Romantic, depicts death as a mysterious force reflecting the fragility of the human mind, while Hardy, a Realist and Naturalist, presents it as an inevitable aspect of life shaped by fate and society. Analysis of selected poems and stories highlights their emotional depth, tragic vision, and philosophical significance. Death and sorrow emerge as central motifs expressing each author’s worldview, marked by despair, fatalism, and the search for meaning.

Gulzoda Xurramova, Diana Abduramanova

96-98

2025-12-09

CHET TILI O‘QITISHNING INTEGRALLASHGAN KURSI UCHUN “AUDITORIYANI TADQIQ QILISH” MODULINI ISHLAB CHIQISH: METODIK ASOSLAR VA AMALIY TATBIQ IMKONIYATLARI

This article examines the development of an Audience Research Module within the course Integrated Foreign Language Teaching, emphasizing its theoretical foundations and pedagogical significance in teacher education. Audience research—based on needs analysis, individual differences, and learner-centered pedagogy—provides future teachers with essential skills for identifying learners’ linguistic needs, motivation, proficiency level, and learning preferences. The paper outlines the module’s structure, including data-collection methods, analysis procedures, and application strategies for lesson planning and material adaptation. The module serves as an innovative methodological tool for competency-based foreign language teacher preparation.

Axundjanova Moxira Azamovna

99-101

2025-12-09

SUN'IY NEYRONNING MATEMATIK MODELI VA UNING ELEMENTLARI

Ushbu maqolada sun’iy neyronning matematik modeli va uning asosiy elementlari batafsil tahlil qilinadi. Neyronning kirish signallari, vazn koeffitsiyentlari, aktivatsiya funksiyasi va chiqish signali kabi asosiy komponentlari matematik jihatdan ifodalanib, ularning sun’iy neyron tarmoqlaridagi roli va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sun’iy neyron modellarining turli turlari va ularning amaliy qo‘llanilishi haqida qisqacha ma’lumot berilgan. Maqola sun’iy intellekt, mashina o‘rganishi va neyron tarmoqlarini chuqurroq tushunishga qiziqqan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Boqijonova Shaxnoza Zoirjon qizi

102-107

2025-12-09

PEDAGOGIKA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA KATEGORIYALARI

Ushbu maqolada pedagogika fani va ijtimoiy pedagogika yo‘nalishining asosiy kategoriyalari, ularning o‘zaro farqlari va umumiy jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy pedagogikaning jamiyat va shaxs rivojlanishidagi o‘rni, uning hozirgi davrdagi dolzarbligi ham yoritiladi. Kategoriyalar mazmunini ochishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ijtimoiy jarayonlar va amaliy faoliyat tajribalari tahlil qilinadi.

Tairova Madinabonu Baxtiyarovna, Temirova Mushtariybonu Iminjon qizi , Mo’ydinova Malohat Abduvohid qizi

108-111

2025-12-09

KOMMUTATSIYA VA MARSHRUTIZATSIYA QURILMALARI (SWITCH, ROUTER, GATEWAY)

Kommutatsiya va marshrutizatsiya qurilmalari zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlarni samarali uzatish, yo‘naltirish va boshqarishning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Switch, router va gateway qurilmalari tarmoq infratuzilmasining turli qatlamlarida ishlaydi va har biri o‘ziga xos vazifalarni bajaradi. Switch qurilmalari paketli kommutatsiya orqali lokal tarmoq ichidagi ma’lumotlarni tez va samarali uzatadi, tarmoq segmentlarini boshqaradi va collisionlarni kamaytiradi. Routerlar esa paketlarni turli tarmoqlar orasida yo‘naltirish, marshrut tanlash va IP manzillar asosida trafigi boshqarish vazifasini bajaradi. Gateway qurilmalari esa turli protokollarga ega tarmoqlarni bog‘lash, ma’lumotlarni moslashtirish va tarmoq chegarasida xavfsizlikni ta’minlash vazifasini amalga oshiradi. Ushbu qurilmalar birgalikda ishlaganda tarmoqning samarali ishlashi, yuqori tezlik va sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyati ta’minlanadi. Annotatsiyada kommutatsiya va marshrutizatsiya qurilmalarining tarmoqdagi roli, ularning ishlash printsiplari, qurilmalar o‘rtasidagi farqlar, shuningdek amaliy qo‘llanilishi batafsil ko‘rib chiqiladi. Maqola tarmoq infratuzilmasini tushunish, samarali konfiguratsiya qilish va zamonaviy tarmoqlarni loyihalashda foydalanuvchilar uchun nazariy va amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.

Xalilov MuhammadMuso Muhammadyunusovich, Azimova Nasiba Dilshodbek qizi, Obidjonov Jaloliddin Rahimjon o’g’li

112-116

2025-12-09

SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA INNOVATSION MENEJMENTNING O‘RNI

Ushbu Tezisda sun’iy intellektning kelajakga ta’siri kampyuterlarni turli tashkilot va kampaniyalarga innavatsiyalar kiritishdagi o‘rni va innavatsion jarayonlarni boshqarish usullariga tasir qilishi  va sun’iy intellektning menejment jarayonlariga ta’siri xaqida ma’lumotlar beriladi .

Abdullayeva Zarifa

117-118

2025-12-09

XATOLARNI TESKARI TARQATISH ALGORITMI

Ushbu tezis sun’iy neyron tarmoqlarda xatolarni teskari tarqatish (backpropagation) algoritmi va uning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Ishda tarmoqning tuzilishi, o‘qitish jarayoni, xatolikni hisoblash, gradientlarni topish va og‘irliklarni yangilash prinsiplari yoritiladi. Shuningdek, Scikit-Learn, TensorFlow va Keras kutubxonalari asosida algoritmning amaliy ishlashi misollar bilan ko‘rsatib beriladi. Backpropagation algoritmining afzalliklari va cheklovlari, optimallashtirish usullari hamda real loyihalardagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari ushbu algoritm sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish tizimlarida asosiy o‘qitish mexanizmi ekanini tasdiqlaydi.

Ikromaliyeva Oynisa Islomjan qizi

119-124

2025-12-09

PERFECT READING LESSON

This article analyzes the theoretical and practical aspects of designing a perfect reading lesson. It examines effective strategies used during pre-reading, while-reading, and post-reading stages, as well as methods to enhance students’ comprehension and engagement. The importance of differentiation, interaction, and formative assessment in reading instruction is also emphasized. The findings indicate that a well-structured reading lesson significantly improves students’ reading skills, motivation, and self-confidence.

Zilola Abduraxmanova, Rayhona Eshpo'latova

125-129

2025-12-09

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHILARIGA MUSIQA O'QITISH METODIKASINI O'RGATISH MEXANIZMLARINI ISHLAB CHIQISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI

ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bo‘lajak musiqa o‘qituvchilariga musiqa o‘qitish metodikasini o‘rgatish mexanizmlarini ishlab chiqishning pedagogik shartlari, shuningdek, ushbu mavzu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bayon etilgan.

Zakirova Zilola A’zamovna, Xoliqulova Sarvinoz Ilyos qizi

130-133

2025-12-09

QAND OʻRNINI BOSUVCHI XOMASHYOLAR YORDAMIDA UNLI QANDOLAT MAHSULOTLARI ASSORTIMENTINI KOʻPAYTIRISH

So‘nggi yillarda oziq-ovqat sanoatida sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Xususan, shakarning ortiqcha isteʼmoli bilan bog‘liq salbiy omillar (semizlik, diabet, metabolik sindrom) sababli qand oʻrnini bosuvchi xomashyolardan foydalanishga ehtiyoj kuchaymoqda. Unli qandolat mahsulotlari — pechenye, biskvit, batonchiklar, muffinslar va boshqalar — eng ko‘p isteʼmol qilinadigan mahsulotlar qatorida bo‘lib, ularning tarkibida qo‘llaniladigan shakarning kamaytirilishi iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan muhimdir. Ushbu maqolaning maqsadi qand oʻrnini bosuvchi xomashyolardan foydalangan holda unli qandolat mahsulotlari assortimentini kengaytirish, ularning funksional xususiyatlarini tadqiq qilish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Qoʻchqorova Mohigul Qutbiddin qizi

134-136

2025-12-09

INSON UCHUN TASHQI MUHIT AHAMIYATI

Ushbu maqolada inson hayotida tashqi muhitning ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tashqi muhitning tabiiy, ijtimoiy va texnogen omillari inson salomatligi, ruhiy holati hamda shaxs sifatida shakllanishiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritib berilgan. Ekologik muammolarning inson hayotiga salbiy ta’siri, sog‘lom muhit yaratish zarurati va ekologik madaniyatni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada tashqi muhit va inson o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi.

Madumarova Farangiz Mirolim qizi

137-140

2025-12-09

RAQAMLI XAVFSIZLIK VA SHAXSIY MA’LUMOTLAR HIMOYASI

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi masalasi keng tahlil qilinadi. Internet makonida inson shaxsiy axborotining qanchalik himoyasiz ekani, kiberjinoyatchilikning asosiy turlari, ularning jamiyat va shaxs ruhiyatiga ta’siri hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoyalashning samarali usullari ilmiy manbalar va statistika asosida yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli xavfsizlik XXI asrning eng dolzarb global muammolaridan biridir.

Nishonboyeva Dilyora Fayzullo qizi

141-145

2025-12-09

ҚОРАҚАЛПОҒИСТОННИНГ ЎРТАЧА ШЎРЛАНГАН ТУПРОҚЛАРИДА ДУНЁ СЕЛЕКЦИЯСИГА ТААЛЛУҚЛИ БЎЛГАН ДУРАГАЙ ТЕРАКЛАРИНИНГ ЎСИБ-РИВОЖЛАНИШИ

Ушбу мақолада Қорақалпоғистон Республикаси Нукус туманининг ўртача шўрланган тупроқларида хорижий селекцияга тааллуқли бўлган 7 та (Carpacio, UAS 235, 89.М.011, TIE POLO, LUX, Bellini, ITA 199), маҳаллий оқ терак ҳамда маҳаллий селекцияга тааллуқли бўлган “Стремительный” (Озолин) дурагай навларининг йиллик ўсиш кўрсаткичлари баён этилган. Бунда кўчатларнинг йиллик бўйига ўсиши бўйича энг жадал (тез) ўсиш “Tie Polo”,“Lux”, “Bellini” ҳамда “ITA 199” хорижий дурагай навларида аниқланди.  Бунда “Tie Polo” ҳамда “Lux” навлари маҳаллий оқ терак ва“Стремительный” (Озолин)  навига нисбатан йиллик бўйига ўсишини 1,4-1,5 баробарга (150%),“Bellini” ва “ITA 199” навлари эса 1,2 баробарга (121-127 % га) ошириши аниқнанди.

О.Джолимбетов

146-150

2025-12-10

MADANIY KOD TUSHUNCHASINING QISQA TADQIQI

Ushbu tezis tilshunoslik va bir qator boshqa fanlarda qo‘llaniladigan umumiy tushuncha “kod” haqida. Maqolada kod va  madaniy kod tushunchalariga izoh berilib,  paydo bo’lishi va qo‘llanilishi haqida ma‘lumot berilgan. Shuningdek, madaniy kodlarning verballashuv yo‘llari va misollari keltirilgan.

Nurullayeva Dilnoza Arzikul qizi

151-153

2025-12-10

KROTALARIYA(CROTALARIA JUNCEA) URUG‘LARIGA EKISH OLDI BIOPREPARATLAR QO‘LLASH HAMDA EKISH ME’YORLARINI O’SIMLIKNI RIVOJLANISH DAVRLARIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada Krotalariya(Crotalariya juncea) o‘simligini AZOS-UZ biopreparati bilan urug‘lariga ishlov berish orqali o‘simlikning amal davri davomiyligiga ekish me’yori va biopreparatlarning ta’siri aniqlangan. Gektariga 20 kg hisobidan krotalarya urug‘i ekilganda, AZOS-UZ biopreparatdan foydalanganda o‘simlikning amal davri davomiyligini 6-8 kungacha qisqarishi, ekish me’yorlarini oshib borishi esa amal davrini 7-13 kungacha uzaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan.

Yoqubov Shuhrat Quvandiqovich

154-157

2025-12-10