MILLIY XOSLANGAN LEKSIK BIRLIKLARNI SEMANTIK TEGLASH TAMOYILLARI
Annotatsiya
Milliy xoslangan lisoniy birliklar muayyan xalqning tarixiy tajribasi, turmush tarzi, moddiy va ma’naviy madaniyati, urf-odatlari, an’analari, ijtimoiy munosabatlari hamda milliy qadriyatlarini o‘zida aks ettiruvchi til birliklaridir. Ularning semantik ko’lami umumxalq leksikasidan farqli ravishda muayyan etnomadaniy muhit bilan shartlanadi. Ushbu birliklarni semantik tasniflashda lug‘aviy ma’nosi bilan bir qatorda, tarkibidagi milliy-madaniy sema, nominatsiya qilinayotgan predmet yoki hodisaning xalq hayotidagi o‘rni va qo‘llanish konteksti ham hisobga olinadi. Ma’no tasnifi milliy-madaniy mazmunni ochib berish hamda korpusda maxsus teglar yordamida annotatsiyalash uchun muhim nazariy va amaliy asos vazifasini bajaradi.
Iqtiboslar
Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi. – Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010. – 285 b.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2013. – 112 b.
Sayfullayeva R. va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020.
Suyunov B. O‘zbek tili lakunar birliklari semantikasi va tezaurusi. – Toshkent, 2024.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi