YASHIL OBLIGATSIYALAR BOZORINI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya
So‘nggi yillarda dunyo iqtisodiyotida barqaror rivojlanish tamoyillarini amaliyotga keng joriy etish, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish va ekologik muammolarni hal etish masalalari xalqaro hamjamiyatning ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Ushbu maqsadlarga erishishda yashil moliyalashtirish instrumentlari muhim o‘rin egallaydi. Xususan, yashil obligatsiyalar ekologik jihatdan barqaror loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb qilinadigan uzoq muddatli moliyaviy resurslarning samarali manbai sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur moliyaviy instrument orqali jalb etilgan mablag‘lar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish, ekologik transport tizimini takomillashtirish, suv resurslarini tejash, chiqindilarni qayta ishlash va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Natijada iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda ekologik barqarorlik ham ta’minlanadi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025–2030-yillarda "Yashil iqtisodiyot"ni rivojlantirish strategiyasi. – Toshkent, 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Moliyaviy barqarorlik sharhi. – Toshkent, 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Yashil moliyalashtirishni rivojlantirish konsepsiyasi. – Toshkent, 2024.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasining statistik to‘plami. – Toshkent, 2025.
ICMA. Green Bond Principles (GBP). – Zurich, 2021.
Climate Bonds Initiative. Sustainable Debt Global State of the Market Report. – London, 2025.
World Bank. World Development Report. – Washington, D.C., 2024.
International Monetary Fund. Global Financial Stability Report. – Washington, D.C., 2025.
OECD. Financing Climate Futures. – Paris, 2024.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi