BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARNI RAQAMLASHTIRISH VA TAQDIM ETISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya
Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari davlat mablag‘laridan foydalanish holatini aks ettiruvchi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, budjet intizomini nazorat qilish va jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim axborot manbaidir. Shuning uchun hisobotlarni tuzish va taqdim etish jarayonining aniqligi, tezkorligi hamda taqqoslanuvchanligi davlat moliyasini boshqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi sharoitda budjet tashkilotlari faoliyatida raqamli texnologiyalar kengayib borayotgan bo‘lsa-da, ayrim hisobot ko‘rsatkichlarining turli axborot tizimlarida takroran shakllantirilishi, ma’lumotlarni qo‘lda solishtirish va konsolidatsiya qilish, izohli axborotning cheklanganligi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-son “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet hisobining 3-son standarti “Budjet hisoboti”.
“Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”.
Cuadrado-Ballesteros, B., & Bisogno, M. (2020). Public sector accounting reforms and the quality of governance. Public Money & Management, 41, 107–117.
Ouda, H. (2020). Practice-Relevant Accrual Accounting for the Public Sector. Springer.
van Schaik, F. (2021). Reconciliation of budgeting and accounting. Public Money & Management, 43, 473–482.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi