BYUDJET TASHKILOTLARIDA XAVFLARNI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ICHKI AUDITNING O‘RNI VA ISTIQBOLLARI
Abstrak
Byudjet tashkilotlarida moliyaviy resurslarning maqsadli, tejamkor va natijador sarflanishini ta’minlash davlat moliyasini boshqarish tizimining eng muhim vazifalaridan biridir. Davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar faoliyatida xarajatlar smetasi, davlat xaridlari, ish haqi va stipendiya to‘lovlari, xizmat safarlari, asosiy vositalar hisobi, grant va subsidiya mablag‘lari, shartnomalar ijrosi hamda hisobotlarning ishonchliligi bilan bog‘liq ko‘plab xavflar mavjud. Ushbu xavflar o‘z vaqtida aniqlanmasa, byudjet intizomining buzilishi, mablag‘larning samarasiz sarflanishi, davlat dasturlarining bajarilmasligi va korrupsiyaviy holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli ichki audit xizmatlari byudjet tashkilotlarida nafaqat nazorat vositasi, balki boshqaruv qarorlarini sifatli qabul qilishga ko‘maklashuvchi maslahat beruvchi institut sifatida qaralishi zarur.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-apreldagi 279-son qarori “Davlat moliyasi sohasida xavflarni boshqarish tizimini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 210-son qarori “2025–2030-yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 16-iyuldagi 446-son qarori bilan tasdiqlangan ichki nazorat tizimini takomillashtirishga oid hujjatlar.
Institute of Internal Auditors. Global Internal Audit Standards. 2024. 5. INTOSAI davlat auditi standartlari va davlat sektorida ichki nazorat bo‘yicha uslubiy tavsiyalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari. – Toshkent, 2024.
Allen R., Hemming R., Potter B. The International Handbook of Public Financial Management. – London: Palgrave Macmillan, 2023. – 882 p.
Moeller R.R. Brink’s Modern Internal Auditing: A Common Body of Knowledge. 9th Edition. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2022. – 768 p
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi