Статьи

MAHALLALARNING IQTISODIY SALOHIYATI VA BIZNES IXTISOSLASHUVINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI

Том 5 № 15 (2026): Прикладные науки в современном мире 119-120

DOI: 10.5281/zenodo.21785636 2026-07-31 Статьи Open Access

Авторы

  • Yodgorov Farrux Gʻafforovich Agrobank ATB Xududiy dasturlar monitoringi Boshqarma boshligʻi

Аннотация

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan toʻqqiz mingdan ortiq mahalla nafaqat ijtimoiy, balki ulkan iqtisodiy salohiyatga ega hududiy birlik hisoblanadi. Mahallaning iqtisodiy salohiyati deganda, uning hududida mavjud mehnat resurslari, tomorqa yer maydonlari, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish obyektlari, aholining kasbiy koʻnikmalari, hunarmandchilik anʼanalari hamda tadbirkorlik faolligi majmui tushuniladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Taraqqiyot strategiyasida faol mahalla tamoyili asosida har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan [1]. 2022-yildan joriy etilgan “mahallabay” ishlash tizimi va hokim yordamchilari instituti mahallalarning iqtisodiy salohiyatini aniqlash hamda undan samarali foydalanishning tashkiliy asosini yaratdi. Har bir mahallaning “iqtisodiy pasporti” shakllantirilib, unda aholi soni va bandligi, tomorqa maydonlari, mavjud tadbirkorlik subyektlari va rivojlantirish mumkin boʻlgan yoʻnalishlar aks ettirilmoqda.

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-sonli Farmoni.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Statistik byulleteni. 2026-yil mart. – https://cbu.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-sonli Qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-158-sonli Farmoni.

Загрузки

Опубликован

2026-07-31

Как цитировать

Yodgorov , F. (2026). MAHALLALARNING IQTISODIY SALOHIYATI VA BIZNES IXTISOSLASHUVINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI. Прикладные науки в современном мире, 5(15), 119-120. https://doi.org/10.5281/zenodo.21785636
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
3 Views
0 Downloads