TRENERLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING MAHALLIY VA XORIJIY TAJRIBASI
Jild 5 son 16 (2026): Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 151-155
Annotatsiya
Jismoniy tarbiya va sport tizimining samaradorligi ko‘p jihatdan trenerlarning kasbiy salohiyati va ular tomonidan amalga oshirilayotgan o‘quv-mashg‘ulot jarayonining sifatiga bog‘liq. Zamonaviy professional sportda yuqori natijaga erishish faqat sportchining jismoniy imkoniyatlari bilan belgilanmaydi. Mashg‘ulotlarni ilmiy asosda rejalashtirish, sportchini to‘g‘ri seleksiya qilish, individual yuklamalarni belgilash, tiklanish jarayonini boshqarish, psixologik tayyorgarlik, musobaqa strategiyasi va trener bilan sportchi o‘rtasidagi samarali kommunikatsiya yakuniy sport natijasiga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish, sport ta’limi tizimini takomillashtirish hamda yuqori natijali sportchilarni tayyorlashga oid farmon va qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-avgustdagi 500-son qarori. Jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risida.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi. Jismoniy tarbiya va sport sohasida trener-o‘qituvchilar va yo‘riqchi-uslubchilar faoliyati hamda malaka toifalarini berish bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar. – Toshkent, 2025.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi. “ERP Sport” yagona elektron boshqaruv tizimini joriy etish va sportchilar hamda trenerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirishga oid rasmiy materiallar.
Australian Sports Commission. Modern Coaching Approach: Coach Development and Athlete-Centred Coaching Guidelines. – Australia.
Ibroximov O‘.I. Trenerlik kasbi. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2007.
Khan, H., Khan, A., Iftikhar, S. The effects of coaching behavior on the effective performance of athletes. – 2021.
Matnazarov O‘., Jumaniyozov M. Jismoniy madaniyat va sportning psixologik-pedagogik asoslari: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, 2008. – 200 b.
Rosalejos, R.M., Lubos, L.C. Coaches’ coaching competencies and student athletes’ sports achievement // Liceo Journal of Higher Education Research. – 2019.
Salimov U.Sh. Sport bo‘yicha murabbiylarning asosiy malaka va ko‘nikmalari // Журнал универсальных научных исследований. – 2025. – B. 134–136. DOI: 10.71337/inlibrary.uz.universal-scientific-research.114794.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi