TRANSPORT VOSITALARINING RAQAMLI MUHITIDA EKSTREMISTIK KONTENT TARQALISHIGA QARSHI KURASHISHNING MA’MURIY-HUQUQIY MUAMMOLARI
Jild 5 son 16 (2026): Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 126-132
Annotatsiya
Maqolada zamonaviy transport vositalarining mustaqil axborot muhitiga aylanishi sharoitida bort Wi-Fi tarmoqlari, axborot ekranlari va multimedia tizimlari orqali ekstremistik kontent tarqalishiga qarshi kurashishning ma’muriy-huquqiy muammolari tadqiq etilgan. Bort tarmog‘i orqali tarqatilayotgan axborotga provayder darajasidagi an’anaviy bloklash choralari yetib bormasligi bilan bog‘liq tub muammo ochib berilgan. Transport vositalarining texnik jihozlanishi bilan protsessual tartibga solish o‘rtasidagi tafovut tahlil qilinib, elektron ma’lumotlarni saqlab qolish to‘g‘risidagi talabnoma instituti (291³-modda), elektron dalillarni xesh-summa orqali qayd etish tartibi hamda umumiy foydalanishdagi simsiz internet tarmoqlarini taqdim etuvchi shaxslarga taqiqlangan manbalarga kirishni cheklash majburiyatini yuklash yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan. Sun’iy intellektga asoslangan monitoring tizimlarining ma’muriy-huquqiy asoslari va shaxsiy ma’lumotlar himoyasi kafolatlari asoslangan.
Kalit soʻzlar:
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi