"TEMPERAMENT VA DARS JARAYONIDAGI FAOLLIK: O’QITUVCHI UCHUN AMALIY TAVSIYALAR"
;
temperament, ta’lim metodlari, psixopedagogika, individual yondashuv, o‘quv motivatsiyasi, ta’lim samaradorligi, o‘quvchi psixologiyasi, temperament turlari, moslashtirilgan metodlar, pedagogik tavsiyalarAbstrak
Mazkur maqolada o‘quvchilarning individual psixologik xususiyatlari, xususan temperament turlarini inobatga olgan holda ta’lim metodlarini tanlashning psixopedagogik asoslari yoritilgan. Temperament o‘quvchilarning bilim olish uslubi, axborotni qayta ishlash tezligi va muloqotdagi o‘ziga xosliklarini belgilab beradi. Shu sababli, temperamentga mos metodlar nafaqat ta’lim samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasi, faolligi va o‘zlashtirish darajasini ham yaxshilaydi. Maqolada turli temperament turlariga mos metodlar tavsiflanadi, psixologik tadqiqotlar va pedagogik tajribalar asosida tavsiyalar beriladi.
Iqtiboslar
Павлов И.П. (1936). Типы высшей нервной деятельности человека и животного. Москва: Наука.
Теплов Б.М. (1963). Проблемы индивидуальных различий. Москва: Просвещение.
Eysenck, H.J. (1967). The Biological Basis of Personality. Springfield: Charles C Thomas Publisher.
Jung, C.G. (1921). Psychological Types. Princeton University Press.
Abdullaeva G‘.Yo., Mamasoliyev N.I. (2016). Pedagogik psixologiya asoslari. Toshkent: O‘qituvchi.
Shamsiyeva M.T. (2021). Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim metodlari. Samarqand: Zarafshon nashriyoti.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF–60-son farmoni. lex.uz