IQTISODIY SUDLARDA CHET EL QARORLARINI TAN OLISH VA IJROGA QARATISH

Mualliflar

  • O‘rayev Kamtarbek Alibekovich Muallif

Abstrak

Mazkur maqolada iqtisodiy sudlarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratishning huquqiy asoslari, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari tahlil qilingan. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kengayishi, xorijiy investitsiyalar hajmining ortishi va transchegaraviy tijorat nizolarining ko‘payishi chet el sud qarorlarini tan olish va ijro etish institutining ahamiyatini yanada oshirmoqda. Biroq ushbu jarayonda xalqaro shartnomalar mavjud emasligi, hujjatlarni legallashtirish va tarjima qilish bilan bog‘liq qiyinchiliklar, ommaviy tartib (public policy) mezonlarining turlicha talqin qilinishi kabi muammolar uchramoqda. Tadqiqot davomida qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik hamda tahliliy metodlardan foydalanildi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 248–258-moddalari, 1958-yilgi Nyu-York konvensiyasi, Kiyev bitimi, Minsk va Kishinyov konvensiyalari hamda ayrim ikki tomonlama xalqaro shartnomalar normalari o‘rganildi. Tahlillar natijasida chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini tan olish hamda ijroga qaratish mexanizmining xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi muhim o‘rni aniqlanib, ushbu sohadagi normativ-huquqiy va amaliy muammolar yoritildi. Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish, xalqaro shartnomalar doirasini kengaytirish, protsessual tartib-taomillarni soddalashtirish va ommaviy tartib tushunchasini aniqroq belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Mazkur takliflarning amalga oshirilishi iqtisodiy sudlov samaradorligini oshirishga hamda mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Iqtiboslar

Minsk konvensiyasi (1993). Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya. Minsk, 22-yanvar 1993-yil. – URL: https://lex.uz/mact/-4907818

Kishinyov konvensiyasi (2002). Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya. Kishinyov, 7-oktabr 2002-yil. – URL: lex.uz

Nyu-York konvensiyasi (1958). Chet el arbitraj qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Konvensiyasi. Nyu-York, 10-iyun 1958-yil. – URL: https://uncitral.un.org/en/texts/arbitration/conventions/foreign_arbitral_awards / Rossiya tilidagi matni: https://lex.uz/uz/docs/-3523891

Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi. 24-yanvar 2018-yil (yangi tahrirlari bilan). – URL: https://lex.uz/uz/docs/-3523891

Comity doktrinasi (Hilton v. Guyot, 1895). AQSh Oliy sudi qarori, 159 U.S. 113 (1895). – URL: https://supreme.justia.com/cases/federal/us/159/113/

Born, G. International Commercial Arbitration / Gary Born. – 3rd Edition. – Wolters Kluwer, 2021. – URL: https://www.wolterskluwer.com/en/solutions/kluwerarbitration/born

Dicey, Morris & Collins. Dicey on Conflict of Laws / Lord Collins of Mapesbury, Professor Jonathan Harris. – 16th Edition with Supplement. – Sweet & Maxwell; Thomson Reuters Australia, 2025. – URL: https://store.thomsonreuters.com.au/dicey-on-conflict-of-laws-16e-mwsup/productdetail/132057

Van den Berg, A. J. The New York Arbitration Convention of 1958: Towards a Uniform Judicial Interpretation ("NYAC I") / Albert Jan van den Berg. – Kluwer Law International, 1981. – URL: https://www.newyorkconvention.org/resources/publications/nyac-i

Journal of International Dispute Settlement (JIDS). Oksford universiteti nashriyoti, 1-tom, 2-son, 2010. – URL: https://academic.oup.com/jids/article-abstract/1/2/271/902986?redirectedFrom=fulltext

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD). Rasmiy elektron resurs. – URL: https://www.oecd.org/

Jahon banki (World Bank Group). Business Ready (B-READY) loyihasi maʼlumotlar bazasi. – URL: https://www.worldbank.org/en/businessready [1, 2]

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-06-23

Iqtibos keltirish tartibi

O‘rayev , K. (2026). IQTISODIY SUDLARDA CHET EL QARORLARINI TAN OLISH VA IJROGA QARATISH . Yangi O’zbekiston Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, 3(6), 20-213. https://www.in-academy.uz/index.php/YOITJ/article/view/53293
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads