AHOLI SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA ARALASH SAYLOV TIZIMINING TUTGAN O’RNI VA ROLI.

Authors

  • Abdiqodirova Gavxaroy G‘ulomjon qizi Author

Abstract

Ushbu maqolada demokratik islohotlarning muhim bosqichi hisoblangan fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish hamda davlat hokimiyatini shakllantirishda saylov tizimlarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda majoritar, proporsional va aralash saylov tizimlarining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy o‘rganilib, O‘zbekistonda parlament saylovlarining aralash tizimga (majoritar va proporsional) o‘tkazilishining siyosiy va huquqiy zaruratlari asoslab berilgan. Eski majoritar tizimda yuzaga kelgan muammolar, partiyaviy raqobatning sustligi va deputatlarning mahalliy manfaatlar bilan cheklanib qolishi kabi salbiy holatlarning yangi tizim orqali bartaraf etilishi ilmiy jihatdan ochib berilgan. Shuningdek, xalqaro tajriba (Shvetsiya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya) misolida yoshlar o‘rtasidagi siyosiy passivlik muammosi va uning sabablari o‘rganilgan. Maqola yakunida aholining saylov tizimi haqidagi bilimlarini oshirish, masofaviy elektron ovoz berish (e-voting) tizimini joriy etish hamda siyosiy faol fuqarolarni rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha muallifning amaliy taklif va tavsiyalari ilgari surilgan.

References

Downloads

Published

2026-06-16

How to Cite

Abdiqodirova , G. (2026). AHOLI SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA ARALASH SAYLOV TIZIMINING TUTGAN O’RNI VA ROLI . New Uzbekistan Journal of Academic Research, 3(6), 114-118. https://www.in-academy.uz/index.php/YOITJ/article/view/52408
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
3 Views
0 Downloads