O‘ZBEK XALQ DOSTONLARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI VA PO‘LKAN MUHAMMAD JOMROT O‘G‘LI IJODINI O‘QITISH USULLARI
Аннотация
Ushbu maqolada xalq dostonlarining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, ularning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati hamda yosh avlod tarbiyasidagi roli yoritiladi. Ayniqsa, Po‘lkan shoir ijodi misolida dostonchilik an’analarining o‘quv jarayoniga integratsiyalashuvi, ularni o‘qitishning samarali metodik yondashuvlari tahlil qilinadi. Ishda dostonlarni o‘qitishda matn tahlili, muammoli savollar, guruhli ishlash, axborot texnologiyalaridan foydalanish kabi innovatsion metodlar qo‘llanishi taklif etiladi. Shu bilan birga, xalq og‘zaki ijodining bugungi kundagi dolzarbligi va dostonchilik san’atining yoshlar ongida milliy o‘zlikni shakllantirishdagi o‘rni alohida e’tirof etiladi. Ish ta’lim jarayonida dostonlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Библиографические ссылки
Imomov K. va boshq. "O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi". - Toshkent: "O‘qituvchi", 1990.
Sariyev Sh. "Adabiyot". - Toshkent: "Yangi kitob", 2018.